2-dekabr xalqaro qullikka qarshi kurash kuni. Insoniyat qullikka qarshi qanday kurash olib borganini esga olamiz

2-dekabr xalqaro miqyosda qullikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana qanday voqea bilan bogliq, umuman, qullik otmishda qanday bolgan, bugun qanday korinishlarda mavjud bu haqda Daryo kolumnisti Gayrat Yoldosh hikoya qiladi.Qullik insoniyat paydo bolganidan beri bor. Qadimgi dunyo tarixi manbalarida qullar haqida juda kop yozilgan. Yaqin-yaqingacha jangu-jadal va urushlarda asir tushgan insonlar qulga aylantirilgan. Foto: Google PhotosOrta asrlarga kelib Yevropada urush asirlarini qulga aylantirish birmuncha barham topdi. Ammo, boshqa tarafdan, endi yevropaliklar Amerika qitasini kashf etib, u yerga Afrikadan ozod insonlarni olib kelib, qul qilib sota boshladi. Ozini eng madaniyatli inson deb biladigan yevropalik ziyolilar ham gap aylanib qulga, quldorlikka taqalganda buni odatiy hol deb qabul qilar edi. Bunday holat XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi.Quldorlik jahon miqyosida kamayishida AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning xizmatlari beqiyosdir.1861-yilda prezident etib saylangan Linkoln 1862-yilda AQShda qullikni tugatish haqidagi qarorga imzo chekdi. 1893-yilda esa qullarni ozod qilish haqida proklamatsiya elon qildi. Janub va shimol ortasida fuqarolar urushi kelib chiqdi. Janub shtatlari quldorlikni tugatishga qarshi edi.1865-yili fuqarolar urishi tugab, janub shtatlari maglubiyatga uchraganiga qadar Linkoln imzo chekkan qarorni amalga oshirish imkoni bolmadi.1865-yilda AQSh konstitutsiyasiga 13 ta ozgartirish kiritish haqida deklaratsiya qabul qilindi. Qullikni bekor qilish AQSh konstitutsiyasida belgilab qoyildi. 1865-yilda uni dastlab tortta shtat ratifikatsiya qildi. Birin-ketin boshqa shtatlar ham qabul qildi.Qonunni oxirgi bolib 2013-yilda Missisipi shtati ratifikatsiya qildi. Foto: Google PhotosLinkolnning qullikni bekor qilish haqidagi qarori va qullarni ozod qilish haqidagi proklamatsiyani imzolashining ahamiyati shundaki, AQShga Afrikadan qul olib borish toxtadi. Togri, qonun chiqqanidan song ham kimlardir bu ish bilan yashirincha shugullanib turdi. Ammo, oradan biroz otib, baribir bu ish barham topdi.Ikkinchi jahon urushidan song yangi tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoda qullik va odam savdosini tugatish uchun bir qator deklaratsiya va konvensiyalar qabul qildi. Jumladan, 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, shuningdek, boshqa bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda barcha insonlar qadr-qimmati va huquqlarida erkin va teng bolib tugiladi, deb belgilab qoyilgan.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingandan song 1949-yil 2-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi N 317 raqamli Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash togrisidagi konvensiyani qabul qildi. Oshandan beri 2-dekabr xalqaro miqyosda odam savdosiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.BMT qabul qilgan konvensiya 28 moddadan iborat bolib, u yerda insonlarni qullika va fohishalikka majburlash jinoyat ekani va insonlarni qullikka va fohishalikka majburlaydigan insonlar adolatli jamiyatlarda jazosiz qoldirilmasligi lozimligi aniq yozib qoyilgan va davlatlardan konvensiyani ratifakatsiya etib, unga qoshilish soralgan.Ozbekiston konvensiyani 2003-yil 12-dekabr kuni ratifikatsiya qilgan va unga qoshilgan.Konvensiya qabul qilinganiga bugun rosa 70 yil toldi.BMT va Xalqaro mehnat tashkiloti odam savdosiga qarshi qator konvensiyalar qabul qildi. Ozbekiston ularning aksariyatini ratifikatsiya qilgan. Qullikka qarshi xalqaro konvensiya qabul qilinishi.Rasm muallifi: Benjamen HaydonOdam savdosiga qarshi kurash masalasida milliy qonunchiligimizda ham bir nechta huquqiy hujjat bor:Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi: 135-modda: Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, 137-modda: Odam ogirlash, 138-modda: Zorlik ishlatib gayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish;Odam savdosiga qarshi kurashish togrisidagi qonun (2008-yil 17-aprelda qabul qilingan);Ozbekiston Prezidenti 2008-yil 8-iyulda qabul qilgan Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-911-sonli qaror;Vazirlar Mahkamasi 2008-yil 5-noyabrda qabul qilgan Odam savdosi jabirdiydalarga yordam berish va ularni himoya qilish boyicha Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish togrisidagi qaror.Shuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilikning (shu jumladan, odam savdosining) xavfli korinishlariga qarshi kurash haqida umumiy 29 ta shartnoma va kelishuv imzolangan.Ozbekiston odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2005-yili MDH doirasida Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish togrisidagi kelishuvga qoshilgan. Nihoyat, 2006-yilda sakkiz azo mamlakat doirasida Odam savdosiga qarshi kurashning 20072010-yillarga moljallangan dasturi qabul qilingan edi. AQShdagi qullar.Foto: WikipediaUmuman, bugun dunyoda turli xalqaro konvensiyalar va barcha mamlakatlarning milliy qonunchiligida odam savdosi va qullikka qarshi qonunlar qabul qilingan. Shunday bolsa-da, bugun ham xalqaro darajada odam savdosi va insonlarni qul qilish davom etmoqda. Bir paytlar odam savdosi va qullik oshkora tarzda olib borilgan bolsa, hozir bu ish yashirincha jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilyapti. Aksariyat hollarda odam savdosi qurbonlari va fohishalikka majburlanayotgan ayollar mehnat muhojirlari bolmoqda.Eng yomoni, odam savdosi va ayollarni fohishalikka majburlash jinoyatlari dunyoning notinch hududlari bilan birgalikda rivojlangan davlatlarda ham roy bermoqda. Oz yurtidan begona yurtlarga ish izlab borgan insonlar ozga muhitda til bilmasligi, borgan davlatidagi qonun-qoidalarni bilmasligi oqibatida odam savdosi qurboniga aylanib, ogir vaziyatlarga tushib qolmoqda. Erkaklar ogir ishlarga, ayollar esa fohishalik qilishga majburlanmoqda.Odam savdosi jinoyatidan jabrlanayotganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo boylab millionlab ayollar va bolalar aldov yoli bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.Bunday insonlar ayrim hollarda ichki azolar oldi-sotdisi bilan shugullanuvchi xalqaro jinoiy todalar qoliga tushib qurbon bolmoqda.BMT malumotiga kora, dunyoda har yili taxminan 5 million kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda.Bugungi kunda odam savdosi tufayli aylanyotgan mablag miqdori giyohvand moddalar va qurol-yarog savdosidan song uchinchi orinda turadi.Odam savdosi qurbonlari va undan jabr korayotganlar bugun 50 million kishi atrofida deb taxmin qilinadi.Afrika va Osiyo qitalaridagi Sudan, Mavritaniya, Somali, Angola, Liviya, Pokiston, Hindiston, Nepal, Myanma, Suriya, Iroq kabi mamlakatlarda, ular BMTning Odam savdosiga qarshi konvensiyasiga qoshilgan bolsa-da, qul savdosi oshkora davom etmoqda.Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga kora bugun odam savdosi ortidan olinayotgan daromad yiliga 150 milliard dollarni tashkil etmoqda.Bu mablagning 100 milliard dollarga yaqini ayollarni fohishalikka majburlash ortidan ishlab topiladi. Qolgan mablag esa odamlarni sanoat, qurilish va qishloq xojaligida qul qilib ishlatish ortidan daromad qilinadi.Odam savdosidan orttiriladigan daromadni hududlar boyicha taqsimlansa, birinchi orinda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi turibdi. Bu mintaqada odam savdosidan yiliga 50 milliard dollardan oshiq daromad olinmoqda. Nintaqada bitta odam yiliga 5 ming dollar foyda keltiradi.Yevropa mamlakatlari va AQShda odam savdosi ortidan bitta odam Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan kora bir necha baravar koproq foyda keltiradi. Odam savdosi bu mintaqada yiliga qariyb 50 milliard daromad keltiradi. Rossiya imperiyasidagi qullik.Foto: WikipediaYevrosiyo mintaqasida ozbekistonlik mehnat muhojirlari koproq boradigan Rossiyada ham odam savdosi ancha rivojlangan. BMT va boshqa koplab xalqaro tashkilotlar xulosasiga kora, Rossiyada har yili millionlab mehnat muhojirlari odam savdosi jabrdiydalariga aylanadi.Global Slavery Index hisobotiga kora, Rossiya odam savdosi boyicha dunyoda 7-orinda turadi.Ozbekistonga kelsak, afsuski, nafaqat xorijliklar, balki oz yurtdoshlarimiz tomonidan ham hamyurtlarimizni aldab xorijga sotib yuborish holatlari judayam kop. Bu holatga qarshi tegishli organlar samarali ishlar olib boryapti. Ammo fuqarolarimizning huquqiy savodxonligi past ekani, xorij mamlakatlarida qullik asoratiga tushib chorasiz qolishlari odam savdosi bilan bogliq jinoyatlarning oldini olishga va hammasiga chora korishga tosiq bolyapti. Umuman olganda, hali bu sohada qilinadigan ishlar kop.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0