Namanganda 82 yoshli otaxonni poyezd urib ketdi

Namanganda 82 yoshli otaxon poyezd urishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Tergov departamenti ma’lum qildi. Foto: IIV Tergov departamentiVoqea bugun, 2-dekabr kun soat 05:50 larda sodir bo‘lgan. Elektrovoz mashinisti 28 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi yuk poyezdini Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Qo‘shminor—Pop” temir yo‘l oralig‘ining 115 kilometri 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 82 yoshli T.M.ni urib yuborgan. Oqibatda u hodisa joyida vafot etgan. Foto: IIV Tergov departamentiYuk poyezdi soat 05:50 da to‘xtab, soat 06:37 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketgan.Hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0