Ahmadboydan jabrlanganlarning pullari plastik kartochkaga otkazib berilmoqda

Ahmadboy ishi boyicha MIBga 12 mingta ijro hujjati kelib tushgan, deb xabar bermoqa OzA. Bu haqda Toshkent viloyati prokurori ishtirokida OAV vakillari uchun otkazilgan matbuot anjumanida MIB viloyat boshqarmasi vakili malum qilgan. Foto: OzAQayd etilishicha, ayni paytda jabrlangan aholi vakillariga plastik kartochka ochilib, mol-mulk xatlovidan majburiy tarzda undirilgan mablaglarni ularga otkazish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.Matbuot anjumanida, shuningdek, viloyat prokuraturasining 10 oylik faoliyati yuzasidan viloyat prokurori Salom Samadov jurnalistlarga malumot bergan.Unga kora, 2019-yil davomida viloyatda 2 153 nafar mansabdor shaxs intizomiy, mamuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, jismoniy va yuridik shaxslar manfaati yolida sudlarga 27,5 milliard somlik 1 479 ta ariza kiritildi, yetkazilgan 3 milliard som zarar ixtiyoriy undirildi, qopol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 143 ta jinoyat ishi qozgatilgan.Viloyat prokurori sektori hududida ishchi guruh tomonidan 2019-yil 1-noyabr holatiga 156 631 ta (100 foiz) xonadonlarning oilaviy sharoiti uyma-uy yurish orqali organilib, 5 639 ta muammolar mavjudligi aniqlangan. Aniqlangan muammolarning 4 668 tasi yoki 82,5 foizi hal etilib, 991 tasini hal etish boyicha tegishli idoralarga topshiriqlar berilgan. Aniqlangan muammoli masalalardan 3 964 tasi qanoatlantirilgan, 704 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0