Hududgaztaminot Qibraydagi ommaviy zaharlanish holati yuzasidan rasmiy malumot berdi

1-dekabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida bir oilaning 16 nafar azosi is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizilgani, jabrlanganlarning 11 nafari bolalar ekanligi haqida xabar berilgan edi.Hududgaztaminot AJ mazkur holat yuzasidan organish otkazdi. Foto: DaryoQayd etilishicha, Hududgaztaminot AJ va Hududgaz Toshkent MChJning Qibraytumangaz filiali xodimlari Qibray tumani Alisherobod mahalla fuqarolar yigini Yangi tong kochasida joylashgan xonadonga vaziyatni organish uchun zudlik bilan yetib borgan.Mutaxassislar tomonidan xonadondagi barcha gaz jihozlari va quvurlari qatiy nazoratdan otkazilganda, xonadonda gaz sizib chiqishi va is gazidan zaharlanish holatlariga olib keluvchi sabablar mavjud emasligi aniqlandi. Faqat, xonadonga ornatilgan isitish moslamasining joylashuvi tasdiqlangan texnik rejaga zid ravishda, ozboshimchalik bilan ozgartirib olingani aniqlanib, darhol gaz taminotidan uzildi. Xonadon egasi ozi istiqomat qiluvchi hududda gaz taminotida uzilishlar bolmaganligi va gaz taminoti korxonasiga hech qanday etirozi yoqligini malum qildi, deyiladi xabarda.Surishtiruvlar natijasida,voqea aslida bir kun avval mehmondorchilik uchun xonadonga kelgan qarindoshlarning qolbola konserva mahsulotlarini istemol qilishi natijasida 7 fuqaro jumladan, ikki ayol va 5 nafar bola oziq-ovqatdan zaharlanib shifoxonaga yotqizilgani aniqlandi. Hududgaztaminot AJ ommaviy axborot vositalar va internet nashrlardan bunday baxtsiz holatlar, ayniqsa inson hayoti hamda salomatligi bilan bogliq kongilsiz xabarlarni tarqatishda holatni organib, rasmiy va aniq malumotlar asosida elon qilishlarini, gaz istemolchilaridan esa xonadon va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yoqligiga muntazam etiborli bolishlarini hamda ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlarini soraymiz, deyiladi xabarda.Malumot uchun, 1-dekabr kuni Qibrayda bir oilaning 16 nafar azosi is gazidan zaharlangani haqidagi xabar Ozbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti saytida elon qilingan edi.Mavzuga doir:Qibrayda bir oilaning 16 azosi is gazidan zaharlandi. Ularning 11 nafari bolalar

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0