Payariqda sakkiz ming yillik rasmlar va buyumlar topildi

Payariqdagi qishloqlarning birida soy yon daralarida qoyatosh rasmlar topildi, deb xabar berdi OzA. Foto: OzASamarqand viloyati Payariq tumani Alamli qishlogi fuqarosi Norpolat Toqboyevning murojaati yuzasidan Samarqand davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri Normahammad Xolmatov rahbarligida arxeologik guruh tashkil etildi.Guruh azolari Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi arxeologik tadqiqodlar instituti katta ilmiy xodimi Azbiddin Xolmatov, magistrant Yoldoshxon Isayev belgilangan manzilda bolib, kishilik tarixi tosh asriga oid makon joyida tekshiruv ishlarini amalga oshirdi. Foto: OzANatijada Alamli qishlogidagi Orta hovuz manzilida mezolit-neolit yodgorligini aniqlashga erishildi. Makon yer sathidan 3 dona tosh buyum, yani tosh ozagi, qirgich qurol, qayroqtosh bolagi topildi. Shuningdek, makon joylashgan soy yon daralarida koplab qoyatosh rasmlar ham borligi aniqlandi.Bundan korinadiki, Payariq tumani yerlari odamzod tomonidan tosh asridan buyon ozlashtirilib kelingan. Kelgusida bu yodgorlik makonida qazilma ishlarini amalga oshirish, qoyatosh rasmlarini organish, qoshni soylarda ham keng arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq, deyiladi xabarda. Foto: OzA

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0