Qashqadaryoda hokimlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlatga 55,8 mln som zarar yetkazdi

Ozenergoinspeksiya Qashqadaryo hududiy bolimi tomonidan MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Qashqadaryo HET AJ xodimlari ishtirokida doimiy organishlar otkazilib, qoidabuzarliklarni aniqlash va oldini olish borasida hamkorlikda ishlar yolga qoyilgan, deb xabar beradiOzenergoinspeksiya Qashqadaryo hududiy bolimi. Foto: Ozenergoinspeksiya Qashqadaryo hududiy bolimiOrganishlar natijasiga muvofiq, elektr tarmogiga noqonuniy ulanish, elektr hisob sxemalarining buzilishi, istemolchilar tomonidan texnik hujjatlarsiz elektr tarmoqlariga ulanish, mavjud hisoblagichlar va transformator punktlarini shartnomalarga kiritmaslik holatlari aniqlandi.Jumladan, Guzor tuman hokimligiga qarashli binoda ornatilgan hisoblagich dasturda ochirilganligi korsatilgan bolsa-da, amalda ozboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib foydalanayotganligi aniqlanib, bayonnoma tuzildi va 55 896 300 som (124 214 kVt.s) hisoblanmagan energiya qiymati aniqlandi.Shuningdek, Qarshi shahrida otkazilgan organishlarda Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli kocha chiroqlari elektr taminoti hisob nuqtalari organilganda bitta hisob nuqtasida hisoblagichsiz ozboshimchalik bilan ulanganligi, yana bir hisob nuqtasida hisob-sxema buzilganligi, yani hisoblagich ajratib qoyib ishlatilayotganligi, 4 ta hisob nuqtasida mavjud transformator punkti va hisoblagichlar shartnoma va dasturga kiritilmasdan ishlatilayotganligi aniqlanib, jami 335 618 600 som (745 819 kVt.s) ga qayta hisob qilindi va undirishga yonaltirildi.Yuqoridagi holatlarda uzoq davr mobaynida istemolchilarning energiyadan noqonuniy foydalanish holatlari nazoratsiz qoldirilganligi uchun masuliyatini oshirish boyicha majburiy ijro byurosi va elektr taminoti korxonasi xodimlariga korsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0