Kanadadagi yetti ozbekistonlik halok bolgan aviahalokat yuzasidan qoshimcha malumot berildi

Ozbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi malumotlariga kora, 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida asli ozbekistonliklarni tashiyotgan samolyot halokati sodir bolgan joy tegishli tuzilmalar tomonidan toliq organib chiqilgan, samolyotning barcha parchalari puxta tahlil qilish uchun Toronto shahridagi maxsus tekshiruv markaziga yetkazilgan. Foto: Twitter / TSB of CanadaTIV matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda Kanada mamurlari bilan birgalikda halok bolganlarning jasadlarini aniqlashtirish va ularni qarindoshlariga topshirish boyicha ishlar olib borilmoqda.Elchixona Kanada TIV va huquqni himoya qilish idoralari vakillari, aviahalokatda vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlari, Toronto shahri va AQShning Texas shtatidagi ozbek diasporasi bilan yaqin aloqada bolib turibdi.Shuningdek, 2-dekabr kuni Ozbekiston elchisi Javlon Vahobov Toronto shahrida Kanada transport xavfsizligi kengashi vakillari va mahalliy tergov idoralari bilan uchrashuvlar otkazadi. Foto: Twitter / TSB of CanadaQayd etilishicha, elchixonaga butun dunyodan taziya sozlari yetib kelmoqda. Kanadaning Ozbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Annik Gule barcha kanadaliklar nomidan aviahalokatda halok bolganlarning oila azolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi hamda har tomonlama yordam korsatishga tayyorligini tasdiqladi. AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi ozbek diasporasi vakillari tomonidan Ozbekiston elchixonasi say-harakatlari har tomonlama qollab-quvvatlanmoqda.Eslatib otamiz, hodisa 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida yuz bergan. Samolyotda ikki oila Obloqulovlar va Nabiyevlar oilasi bolgan (samolyot esa Obloqulovlar oilasi boshligiga tegishli bolgan). Halok bolganlarning uch nafari bolalar bari Obloqulovning farzandlari. Malumotlarga kora, aviahalokat yuz bergan vaqtda kuchli shamol kuzatilayotgan bolgan. Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligidanmalum qilishlaricha, ular dam olish kunlarini Kingston shahrida otkazish uchun uchib ketayotgan bolgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0