1-dekabr qoraqalpoq tili kuni. Qoraqalpoq xalqi va tili tarixiga nazar tashlaymiz

1-dekabr qoraqalpoq tili kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan bloger va tilshunos Eldar Asanov qoraqalpoq xalqi va tili haqida qiziqarli faktlarni keltiradi.1) Qoraqalpoq tili oltoy oilasi, turkiy tillar guruhi, qipchoq shoxobchasi, sharqiy qipchoq tillarining nogay tarmogiga kiradi. Unga eng yaqin qarindosh tillar qozoq va nogay tillari; Foto: Google Photos2) Nogay tillarining kelib chiqishi Oltin Orda davlati parchalanib ketganidan song shakllangan Nogay Ordasi bilan bogliq. Orda Chingizxonning ogli Jojining nabirasi Nogayxon sharafiga atalgan edi. Joji ulusining bu qismida mangit urugi kopchilikni tashkil etgani bois bazan u manbalarda Mangit yurti deb ham ataladi;3) Nogay Ordasining asoschisi Yedigey ozbek hisoblanadi. Mangit urugidan chiqqan bu sarkarda chingiziy xonlar qolida tumanboshi bolib xizmat qiladi. 1392-yilda u mangitlar ulubeyiga rahbariga aylanadi. Yedigey ozbek 13961411-yillarda Oltin Ordani soxta chingiziylar xonlar orqali boshqaradi va oz ulusining mustaqil davlatga aylanishiga imkon yaratib beradi. Yedigey qoraqalpoqlarning milliy qahramoni hisoblanadi;4) 1465-yilda qozoqlar ozbeklardan ajralib chiqib, Kereyxon va Jonibek Sulton boshchiligida Mogulistonga kochadi. Ozbek xoni Abulxayrxonning vafotidan song ular Oltin Ordaga qaytib, Shayboniyxonni maglub etadi va uni Movarounnahrga chiqarib yuboradi. Shundan song ozbeklar Movarounnahrga yoppasiga kocha boshlaydi, Dashti Qipchoq hududlari esa qozoqlar izmiga otadi;5) Mintaqaning kichik xalqlari qozoqlar tomonidan boysundirilib, sekinlik bilan assimilyatsiya qilinadi. Qoraqalpoqlar ham qozoqlar bilan kurash olib boradi. Qozoqlarning Kichik juzi olchinlar assimilyatsiya qilingan xalqlardan iborat. Bu juz uchta katta qabiladan iborat: alimuli nogaylar, boyuli boshqirdlar, jetiru qoraqalpoqlar; Foto: Google Photos6) XVII asr ortalarigacha Sirdaryoning orta oqimida yashagan qoraqalpoqlar qozoqlar hujumidan qochib, XVIII asr ortalariga qadar Sirdaryo janubidagi Jangadaryoga kochib ota boshlaydi. Ular Xiva xonligiga tegishli hududlarga kochib keladi. Xiva xonlari qoraqalpoqlarga yer ajratib, ularni oz tabaalari sifatida qabul qiladi. Qoraqalpoqlar Xivaga soliq tolash barobarida askar ham yetkazib beradi;7) Yuqorida qoraqalpoqlarning qozoqlar va nogaylar bilan yaqinligi haqida gapirdik. Qoraqalpoqlarning ozbeklar bilan aloqalari ham chuqur tarixga ega. Qoraqalpoqlar Xiva xonligi hududiga kochib kelganida davlat shimolida, Orol boyida kochmanchi ozbeklarning katta guruhi yashar edi. Ularning kattagina qismi qoraqalpoqlar bilan qoshilib ketadi. Oz navbatida, qoraqalpoqlarning bir qismi Xivaning otroq hududlariga, Samarqand atrofiga va Qoqon xonligiga kochib otadi. Samarqand va Qoqon atrofida bugungi kunga qadar qoraqalpoqlar yashaydi, lekin ular ozbeklashib ketgan;8) Umuman, XX asr boshiga qadar Orta Osiyo xalqlari orasidagi etnik chegaralar aniq bolmagan, shu bois ozbek uruglari osonlikcha qoraqalpoqlar tarkibiga, qoraqalpoq uruglari ozbeklar tarkibiga qoshilib ketavergan. Shu bois milliy chegaralanish jarayonida bugungi Qoraqalpogiston hududida yashovchi qabilalar vakillari sorov payti ozini goh ozbek, goh qoraqalpoq deb atagan;9) Ozbeklar va qoraqalpoqlarni yaqinlashtiradigan yana bir jihat qabila-urugchilikdagi umumiylikdir. Qoraqalpoqlar Mangit yurtidan kelib chiqqanini aytdik. Mangitlar ozbeklar tarkibidagi eng katta urug hisoblanadi. Bundan tashqari, Xorazm qongirotlar ham qoraqalpoqlar, ham ozbeklar tarkibiga qoshilgan. Ozbek va qoraqalpoq qongirotlari strukturasi va kelib chiqishi jihatidan yaqin qarindosh hisoblanadi;10) XX asrga qadar Orta Osiyoda adabiy til tushunchasi hozirgidan boshqacharoq qabul qilingan. Ozbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar bir-birini etnos yoki qabilaga qarab ajratganiga qaramay, tilini yagona turkiy til deb bilgan va yozishda chigatoy tilidan foydalangan. Alisher Navoiy davrida shakllangan bu adabiy tilni mintaqaning barcha turkiy xalqlari oz yozma tili deb qabul qilgan. XVIII asrdan yetishib chiqa boshlagan qoraqalpoq ziyolilari Jiyan jirov, Kunxoja Ibrohim ogli, Berdaq va boshqalar Xiva madrasalarida oqib, qoraqalpoq tilida ilk yozma matnlarni yarata boshlagan. Lekin ular yozgan bu yozma matnlar amalda qoraqalpoq xalq shevasi elementlariga ega chigatoy tili edi; Foto: Wikipedia11) XX asr boshigacha qoraqalpoq ziyolilari shoir-yozuvchilar, eshon-xojalargina yozuvdan foydalangan. 1924-yilda qoraqalpoqlar uchun arab yozuviga asoslangan 28 harfdan iborat alifbo ishlab chiqiladi. Osha yil noyabrida shu yozuv asosida qoraqalpoq tilidagi ilk gazeta Yerkin Qaraqalpaqstan chop etiladi. Alifboni hamda ilk darsliklarni yaratishda qoraqalpoq marifatparvari Sayfulgabit Majitov muhim orin tutadi;12) 1928-yilda, SSSR hududidagi barcha turkiy xalqlar singari, qoraqalpoqlar ham lotin yozuviga otadi. Qoraqalpogiston muxtor viloyati hukumati yil oxirida 32 harfdan iborat yangi yozuvni qabul qiladi. 1940-yil 18-iyulda qoraqalpoq tili kirill yozuviga otkaziladi. 1942-yil 1-yanvariga qadar bu yozuvga toliq otiladi. Qoraqalpoq yozuvi 1994-yilda qaytadan lotin alifbosiga otkaziladi; Foto: Wikipedia13) Qoraqalpoq tili nogay tillari tarkibiga kirishi yuqorida aytilgan edi. Bu tillarning boshqa turkiy tillardan asosiy farqi shundaki, XVII asrda ularda sh tovushi tushib qolib, sga aylangan. Lingvistik kompensatsiya qonuniyatiga muvofiq, ch tovushi shga otib, fonetik siljishning ornini toldirgan. Shu bois qozoq, qoraqalpoq, nogay tillarida qashqir qasqir, qush qus, chiroq shiraq deb aytiladi;14) Qoraqalpogiston endi Ozbekiston tarkibiga qoshilgan paytlarda qoraqalpoqcha nomlarni ozbekchalashtirishda yuqoridagi qonuniyat inobatga olingan. Shuning uchun shahar va tuman nomlari ozbekchalashtirilgan: Shumanay Chumanoy, Shimbay Chimboy. Hozir bu qonuniyat inobatga olinmaydi, shu bois qoraqalpoqcha nomlarni ozbek tiliga otkazishda xatolarga yol qoyiladi. Masalan, mashhur arxeologik yodgorlik Jambasqala nomi Ozbekiston tarixi darsliklarida Jombosqala deb beriladi, aslida Yonboshqala bolishi kerak;15) Qoraqalpogistondagi Qanlikol tumani, kopchilik oylaganiday, qon sozi bilan bogliq emas. Tumanning togri nomi Qanglikol; qangli turkiy urug nomi;16) Qoraqalpoq tili fonetikasi va grammatikasi jihatidan qozoq va nogay tillariga yaqin bolishiga qaramay, lugat jihatidan ozbek tiliga yaqindir. Birinchidan, bir necha asrlik qoshnichilik lugat umumiyligiga olib kelgan. Ikkinchidan, XVIII asrdan boshlab avval Xiva madrasalari qoraqalpoq ziyolilariga tasir otkazgan. XX asrda esa Ozbekiston tarkibida istiqomat qiluvchi qoraqalpoqlar ozbek tilining tasirini his etib kelmoqda;17) Qoraqalpoq etnonimi, korinib turibdiki, bu xalqqa xos bosh kiyimidan olingan. Turkiy xalqlar orasida xuddi shunday nomga ega boshqa xalqlar ham bor. Masalan, orta asr rus solnomalarida chyornie klobuki qora qalpoqlilar nomli xalq tilga olinadi. Bundan tashqari, bugungi kunda Eron shimolida va Ozarbayjonning Qozoq tumanida qorapapoq nomli elat yashaydi. Bazilar ularni alohida xalq deb bilsa, bazi tadqiqotchilar ozarbayjonlarning bir qabilasi hisoblaydi;18) Qoraqalpoqlar kochmanchi xalq sifatida butun dunyoga tarqalib ketgan. 2 mingdan ortiq qoraqalpoq Afgonistonda istiqomat qiladi. Turkiyada, Qozogistonda va Rossiyada ham qoraqalpoqlar bor.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0