Burkina-Fasoda cherkovga uyushtirilgan hujum oqibatida14 kishi halok bo‘ldi

G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Faso davlatining sharqiy qismida joylashgan cherkovga ibodat chog‘i uyushtirilgan hujum oqibatida 14 kishi otib o‘ldirildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Foto: ReutersQurbonlar orasida o‘smirlar ham bo‘lgan. Jangarilarning shaxsi hozircha aniqlangani yo‘q.Hujum Futuri qishlog‘ida amalga oshirilgan. Ushbu qishloq joylashgan mintaqa notinch hisoblanadi va tez-tez bunday hodisalar yuz beradi.Ma’lumot uchun, Burkina-Fasodagi Salmossi qishlog‘ida 11-oktabr kuni masjidga hujum uyushtirilgan va 16 kishi o‘ldirilgandi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0