On minglab tadbirkor kasod boladi, yuz minglab odam ishsiz qoladi. Ozbekiston mebelsozlari tayyor mahsulot qolib, xomashyo DSPga aksiz joriy etilishiga qarshi

Ozbekiston mebel va yogochni qayta ishlash sanoati assotsiatsiyasi yogoch-qirindili plitalar (DSP) hamda ularning muqobil turlari importiga aksiz joriy etish rejasiga qarshi chiqdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.Statistikaga kora, Ozbekistonda oxirgi yillarda mebel ishlab chiqarish hajmi deyarli 10 baravar 2010-yildagi 164,1 milliard somdan 2018-yildagi 1,695 trillion somgacha oshgan. Mebel mahsulotlari Rossiya, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda.Assotsiatsiya raisi Jahongir Ikromovning Savdo-sanoat platasiga yollagan maktubida qayd etilishicha, mebel mahsulotining asosiy xomashyosi koproq Rossiyadan keltiriladigan DSP hisoblanadi. Shu bois assotsiatsiya, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qollab-quvvatlash goyasini yoqlagan holda, DSP importiga 1 kubometr uchun 25 dollar miqdorida aksiz joriy etish rejasini maqullamaydi.Assotsiatsiya vakillariga kora, aksiz joriy etilgan taqdirda Ozbekistonda mebel mahsulotlari qimmatlashi, ishlab chiqaruvchilar kamayishi, minglab ish orinlari qisqarishi, aholining malum bir tabaqalari mebel sotib olishga qurbi yetmasligi va tayyor mebelga aksiz ornatilmagani sababli bozorni import mahsuloti egallashiga olib kelishi mumkin.Maktubda keltirilishicha, mazkur qaror loyihasi bir necha korxona manfaatini kozlab ishlab chiqilganini payqash qiyin emas. Vaholanki, qamish va gozapoyadan DSP ishlab chiqarish sohasida bir necha yuz, mebel ishlab chiqarishda esa 700 mingdan ortiq odam mehnat qiladi. Aksiz kiritilgan taqdirda ularning kop qismi ishsiz qoladi, on minglab tadbirkorlik subyektlari yopilish tahdidi ostida qoladi.Malumot uchun, joriy yil yanvaroktabr oylarida Ozbekistonga 448652 kubometr DSP olib kelingan va asosiy qismi 90 foizdan ortigi mebel ishlab chiqarishda foydalanilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0