Qashqadaryoda besh kishi komir, tort kishi tandir chogidan zaharlandi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 25-noyabrga otar kechasi soat 02:40 da bir oilaning 5 nafar azosi is gazidan zaharlangan holda keltirilgan.Xabar berishlaricha, Qarshi shahar Kat mahallasida yashovchi 37 yoshli Sh.T., 32 yoshli G.X., 13 yoshli Sh.N., 11 yoshli Sh.N. va 4 yoshli E.N. xonadonda komir yoqish natijasida is gazidan orta ogir darajada zaharlangan.Xonadon sohibining kechqurun komir chogida kabob tayyorlagani va qolgan chogni uyga olib kirib qoygani noxush hodisaga sabab bolgani aytilmoqda.Shuningdek, 26-noyabr kuni soat taxminan 22:00 da Qarshi tumani Parguza qishlogida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.B. xonadonida tort kishi is gazidan zaharlangani qayd etilgan. Aniqlanishicha, ushbu noxush hodisaga tandirda yoqilgan otin chogi uyga olib kirilganligi sabab bolgan.Mazkur oiladan xonadon sohibi 45 yoshli Sh.B. yengil zaharlangan, unga ambulator yordam korsatilgan. Oilaning boshqa azolari 41 yoshli T.V., 17 yoshli J.T., 9 yoshli Sh.T. is gazidan otkir zaharlanish orta ogir darajasi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga yotqizilgan.Bemorlarga tajribali shifokorlar tomonidan malakali tibbiy yordam korsatilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat Sogliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0