MIB idorasida bor tok nega bizning uyda yoq?. Aholi elektr uzilishlaridan charchaganini aytmoqda

Ozbekistonda sovuq kunlar boshlanganidan beri eng dolzarb muammo energiya taminotidagi, xususan, elektr tarmoqlaridagi uzilishlar bolib turibdi. Ushbu holat nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki rasmiy doiralarda ham faol muhokama qilinmoqda, energiya taminoti mutasaddilari muttasil tanqid qilinmoqda. Daryo muxbirlari hududlardagi elektr taminotidagi uzilishlariga etibor qaratdi. Foto: "Daryo"Qashqadaryo viloyatiQashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Shorbozor qishlogida yashovchi aholining ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatidan malum bolishicha, qishloqda elektr taminoti boyicha muammo kop. Rossiyadan mehmon kelgan, ammo svet yoq, svetsiz mehmon kuzatyapmiz, hamma qoronguda otiribdi. Mana, bolalar ham svetsiz otiribdi, dars qilolmayapti. Televizor ham korsatmaydi, deydi videomurojaat yollagan chiroqchilik.Oz videomurojaatini ijtimoiy tarmoqqa joylagan chiroqchiliklar masullardan suv va gaz bolmasa ham, hatto ish va pul bolmasa ham elektr bilan taminlab berishni soragan. Suv bolmasa ham, gaz bolmasa ham svet berishsin, deydi videomurojaatdagi fuqaro. Xuddi shu qishloqda yashovchi yana bir fuqaroning videomurojaati esa davlat rahbari va energiya taminotiga masul tashkilotlarga qaratilgan.Bizning yoshligimiz otdi. Ammo mana bu bolalarimizning hayoti barbod bolmasin. Ularning ham orzu-havaslari bor. Ularni ham xuddi oz bolangizdek koring, iltimos! Hurmatli Prezident, rahbarlarimiz, tasavvur qiling farzandlaringiz shunday ahvolda otirsa, sizga maqul bolarmidi? Agar bolmaydigan bolsa, Bolmaydi, deb aytinglar, shunga qarab harakatimizni qilamiz, deb aytgan fuqaro oz videomurojaatida.Daryo muxbiri Otabek Qoldoshevning qoshimcha qilishicha, Qarshi tumani Bogobot mahallasida ham elektr toki tez-tez ochadigan bolib qolgan.Andijon viloyatiAndijon viloyatining deyarli barcha shahar va tumanlarida ham elektr energiyasi uzilishi bilan bogliq muammolar kuzatilmoqda. Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan malum qilishlaricha, uzilishlar belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Murojaatlarning asosiy qismi Jalaquduq, Boston (Boz), Paxtaobod, Ulugnor, Asaka, Buloqboshi, Shahrixon, Oltinkol tumanlaridan.Misol uchun, Asaka shahri Tillaxon kochasida yashovchi Akromjon Qosimov ozi yashayotgan hududda elektr energiyasi bir kunda yarim soatdan 89 marotaba ochirilayotganligidan noroziligini bildirdi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri Umidjon Mamarasulov.Mahallamizga ulangan transformator juda eskirgan, bundan tashqari yangi xonadonlar qoshilishi va ulovchilar soni keskin oshishi hisobiga quvvati yetmayapti. Mutasaddilarga bir necha marta murojaat qilganmiz. Har safar hal qilishga vada berishadi. Ammo natija yoq. Achinarlisi, aholida elektr bolmasa-da, mahalla hududida joylashgan Majburiy ijro byurosi idorasida tok doim mavjud. Xalq qoronguda otirsa bolaveradiyu, MIBga mumkin emasmi?, deydi Akromjon Qosimov.Buxoro viloyatiDaryo muxbiri Laylo Hayitovaning xabar berishicha, Buxoro viloyatida ham elektr tokida uzilishlar kopaygan. Malum bolishicha, viloyatning Peshku tumanida uzilishlar ayniqsa kop. Tumanning Afshona, Sadir, Qorgontepa, Sofilar hududlarida har kuni soat 18:00 dan 20:00 gacha elektr toki berilmayapti. Mutasaddilar izohiga kora, uzilishlar aholining elektr energiyasidan kop foydalanayotgani sabab yuz bermoqda.Mutasaddilarning bunday bahonalariga aholining javob tayyor. Shahar aholisi elektrda ishlovchi minglab texnika vositalaridan foydalanadi, lekin ular bunday muammolarga duch kelmaydi. Gazdan uzib qoyishgani kamdek endi elektr energiyasidan ham uzib qoyishyapti. Yana tezak, yana otin. Muammolarimiz qachon yechim toparkin?, deydi ismini oshkor qilishni istamagan suhbatdosh.Mavzuga doir:Samarqandda oquvchilar nega elektrsiz, sovuq maktablarda oqiyapti? Respublika energotizimi bir maromda ishlashi kerak bolgani uchunNamangan viloyatiDaryoning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyevning yozishicha, viloyatda 1-dekabrdan elektr taminotida birmuncha jonlanish kuzatilgan. Biroq tranformator portlashi yoki sim uzilishi kabi holatlar tufayli yuz berayotgan avariyalarni bartaraf etishda sustkashlikka yol qoyilmoqda. Buni ijtimoiy tarmoqlarga bolayotgan koplab murojaatlardan ham payqash mushkul emas, deydi Azizbek Abduvaliyev.Namangan viloyatida elektr taminotidagi muammolar boyicha murojaatlar Namangan shahri, Toraqorgon, Uychi va Chust tumanlarida nisbatan koproq bolmoqda. Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi murojaatlarning kopayishiga elektr energiyasi tizimiga yuklamalarning haddan tashqari ortib ketgani va avariya holatlarining oldini olish maqsadida qollanayotgan cheklovlar sabab bolayotganini tan oldi.Ayni vaqtda korxona vaqtinchalik uzilishlar haqida aholini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali oldindan ogohlantirib bormoqda.Xulosa ornidaEslatib otamiz, 27-noyabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligidagi energiya taminotidagi muammolarga bagishlangan yigilish otkazib, soha mutasaddilarini keskin tanqid qilgan edi. Xususan, hatto metropoliten faoliyati va teleuzatishlar vaqtida ham elektr uzilib qolishini bosh vazir sharmandali holat deya tariflagan edi. Ushbu selektordan kop otmay Ozbekiston 1-dekabrdan boshlab Turkmanistondan elektr energiyasi import qilishi haqida xabar berildi.Mavzuga doir:Ozbekistonga 1-dekabrdan Turkmanenergo elektr yetkazib beradi. Uzilishlar soni keskin kamayishi aytilmoqda

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0