Qarshi tumanida gazsizlikdan qiynalayotgan aholiga saylov otgunicha gaz berildi. Tuman gaz idorasi esa hammasi saylovgacha degan gap-sozlarni rad etmoqda

Qarshi tumanining Xoniyon mahallasidagi 842 ta xonadon tabiiy gazdan uzib qoyilgani, ammo narigi kochadagi Jumabozor mahallasi aholisi gaz bilan toliq taminlangani aholi ortasida noroziliklarga sabab bolayotgani haqida avval xabar berilgan edi. Songgi malumotlarga kora, xoniyonliklarga ham gaz berilgan, ammo mahalla ahli ushbu ijobiy holat faqat parlament saylovlari otguniga qadar davom etishi mumkinligidan xavotirda. Foto: DaryoXoniyonlik Adham Saidov Daryo muxbiri bilan suhbatda takidlashicha, mahalladagi 220 ta xonadonga tabiiy gaz tarmogiga ulanish uchun ruxsat berilgan. Etiborga molik tomoni, mahalladagi 200 nafar bola tarbiyalanuvchi maktabgacha talim tashkiloti, maktab va tibbiyot muassasasi ham gaz bilan taminlangan. Foto: Yelena Urlayeva26-noyabr kuni tabiiy gazga ulanishga ruxsat berishdi. 180190 ta xonadon ulandik. 220 ta xonadonga ruxsat berilgan. Gazga ulanishni istaganlar birin-ketin ulanyapti, deydi Adham Saidov. Ayni vaqtda boshqa bir fuqaro Xudoyor Ergashevning sozlariga kora, tuman gaz idorasi rahbari Zafar Gulov aholiga ulab berilgan gaz tez orada uzilishini aytgan.Mavzuga doir:Aholi Qarshi tumangaz filialini aholiga gaz tarqatishda girromlik qilishda ayblamoqdaQarshi tuman gaz idorasi rahbari bilan suhbatlashgan qishloqdoshlarimiz gazimiz 22-dekabrdagi saylovdan song yana uzilar ekan, deyishdi. Buni Zafar Gulovning ozi aytibdi. Xursandchiligimiz uzoqqa chozilmaydigan korinadi, deydi Xudoyor Ergashev. Fuqaro Adham Saidov esa gaz qayta uzilishi haqidagi gap-sozlardan bexabarligini aytdi. Tuman gaz idorasi rahbari Zafar Gulov ham bu gapni rad etdi.Bugungi kunda xalqni bunday kozboyamachilik bilan aldab bolmaydi-ku, qanday qilib bu gapni aytishimiz mumkin?! Bunday reja yoq. Nasib etsa, aholi doimiy ravishda tabiiy gaz bilan taminlanadi, deydi Zafar Gulov. Qayd etish joiz, faqat Xoniyon mahallasi aholisiga tabiiy gazga ulanish uchun ruxsat berilgan unga qoshni Dasht mahallasi ahli hamon gazsiz. Foto: DaryoUshbu holatga izoh berarkan, tuman gaz idorasi rahbari Zafar Gulov shunday deydi: Hamma qishloqlarni gazga ulab tashlasak, tuman markazidagi ijtimoiy soha obyektlari maktab, bogcha va shifoxonalarga gaz yetkazib berolmay qolamiz. Shuning uchun barcha xonadonlarni birdan gaz tarmogiga ulay olmaymiz.Eslatib otamiz, avvalroq xoniyonliklarning gaz muammosi kotarilgan Daryodagi maqolaga Oztransgazning Qashqadaryo boyicha hududiy filiali etiroz bildirgan, maqolada tilga olingan muammolarni tan olmagan edi. Kompaniya oz raddiyasida Xoniyon mahallasi aholisining tabiiy gazga ehtiyoji yoqligi, uar suyultirilgan gaz bilan taminlanganini takidlagan edi.Mavzuga doir:Tabiiy gaz Qashqadaryodagi gaz idorasi mutasaddilari uchun otamerosmi?

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0