Sud Rossiyada 18 mln rubl pora bilan qolga tushgan polkovnikni qamoqqa olmaslikka qaror qildi

Yekaterinburgdagi Lenin tumani sudi pora bilan qolga tushgan Sverdlovsk viloyati Tergov boshqarmasi rahbarining orinbosari Mixail Busilkoni 2 oy muddat uy-qamogida saqlashga hukm chiqardi. Bu haqda TASS xabar berdi. Mixail BusilkoFoto: Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati Tergov qomitasi tergov boshqarmasiUy-qamogi ehtiyot chorasi 2020-yil 28-yanvargacha qollaniladi. Ushbu ehtiyot chorasi himoyachi tomonidan taklif qilingan.Busilko 30-noyabr, shanba kuni ashyoviy dalillar bilan qolga olingan. Tergov malumotlariga kora, pora jinoiy ishni toxtatish haqidagi qarorni bekor qilish maqsadida taklif etilgan.Busilko bilan birga pora berishda vositachilik qilgan advokat ham hibsga olingan. U ham aybini tan olgan. Sud ishida ishtirok etayotgan advokat pora miqdorining ikki million rubl bolganligini bildirgan. 43 yoshli adliya polkovnigi Mixail Busilko Yekaterenburgda 18 million rubl (qariyb 280 ming AQSh dollari) miqdorida pora olayotgan vaqtida qolga olingan.Mavzuga doir: Uyidan 186 mln dollar topilgan Rossiya FXX polkovnigi oz ishxonasining yonida pora olganligi malum boldi Moskvada FXXning 3 nafar polkovnigi hibsga olindi Avval may oyida Rossiya XX K boshqarmasi ikkinchi bolimini boshqargan polkovnik Kirill Cherkalinga nisbatan 850 ming dollar miqdorida pora olishda ayblovelon qilingan, keyinchalik jinoyat ishi doirasida otkazilgan tintuvlar natijasida jami qiymati 12 milliard rublga teng bolgan pul qimmatliklariroyxatga olingandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0