Inter oz maydonida galaba qozonib, A Seriyada peshqadamga aylandi

Futbol boyicha Italiya A Seriyasining 14-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni navbatdagi 3 ta bellashuv bolib otdi. Foto: ReutersAntonio Konte boshqaruvidagi Milanning Inter jamoasi Juzeppe Meatssa stadionida SPALni sinovdan otkazdi.Uchrashuvning 16 hamda 41-daqiqalarida neradzurrilar hujumchisi Lautaro Martines ikki bor raqib darvozasiga gol urgan bolsa, 50-daqiqaga kelib mehmon jamoa yarim himoyachisi Mattia Valoti oz hisobiga bitta gol yozdirib qoydi.Shu tariqa milanliklar oz maydonida kechgan bahsda SPALni 2:1 hisobida maglub etdi va muhim 3 ochkoga ega boldi.Mazkur galabadan song Inter ochkolari sonini 37 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni oz qoliga oldi. SPAL esa 9 ochko bilan 19-orinda bormoqda.Shu kuni Stefano Pioli qol ostidagi Milan mehmonda Parma bilan bahsga kirishdi.Bellashuvdagi yagona gol 88-daqiqa urildi. Unga Milan klubi himoyachisi Teo Ernandes mualliflik qildi.Natijada Milan yagona gol evaziga galaba qozondi va 3 ochkoni qolga kiritdi (1:0).Qayd etish joiz, Milan 17 ochko toplab, musobaqa jadvalida 11-pogonani band qilib turibdi. Parma esa 18 ochko yigib 9-orinda bormoqda.A Seriya14-tur bahsi1-dekabr, yakshanbaInterSPAL 2:1Gollar: 1:0 16 Martines, 2:0 41 Martines, 2:1 50 ValotiLatsioUdineze 3:0Gollar: 1:0 9 Immobile, 2:0 36, penalti Immobile, 3:0 45, penalti LuisParmaMilan 0:1Gol: 0:1 88 TeoYanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0