Eron hukumati Iran International kanalini terrorchilarga aloqadorlikda aybladi

Eron axborot vazirligi fors tilida Buyuk Britaniyadan turib efirga uzatiluvchi Iran International kanalini mamlakat hududida terrorchilik harakatlariga aloqadorlikda aybladi. Vazirlikning bu haqidagi bayonoti 30-noyabr, shanba kuni tarqatilgan, deb yozmoqda TASS. Foto: IranianukAxborot vazirligi ushbu kanal va uning xodimlarining Eron dushmanlari bilan hamkorlik qilganligi, terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga aloqadorligini malum qiladi, deya vazirlik xabarnomasini elon qilgan Fars agentligi. Shuningdek, vazirlik mamlakat hududida tashkilot xodimlarining hisob raqamlariga cheklovlar qoyishni taklif qilgan.Mavzuga doir:Eron norozilik namoyishlarni uyushtirgan davlatga qaqshatqich zarba bermoqchiVazirlik malumotiga kora, suniy yoldosh orqali translyatsiya qilinuvchi Iran International kanali Saudiya Arabistonining pullari evaziga tashkil qilingan va Buyuk Britaniyada litsenziya olgan. Vazirlik matbuot xizmatiga kora, OAVning maqsadi Eronda tartibsizliklarni yuzaga keltirish, mamlakatning turli burchaklarida jamoat va shaxsiy mulklarga zarar keltirishdan iborat.Mavzuga doir:Tehronda norozilik namoyishlaridan keyin hukumatni qollab-quvvatlashga qaratilgan miting otkazildiIran International Eron fuqarolari uchun suniy yoldosh orqali telekorsatuvlarni efirga uzatuvchi taniqli kanallardan biri hisoblanadi. 16-noyabrda boshlangan va bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari vaqtida ushbu telekanal Eron hukumatini keskin tanqid qilgan.Mavzuga doir:Eron Saudiya Arabistoni, Isroil, Angliya va AQSh qizil chiziqdan otsa, ularni yoq qilib yubormoqchiEronda aholining norozilik namoyishlari 16-noyabrda hukumatning benzin narxini oshirish haqidagi qarorni imzolagani oqibatidaboshlangan. Eron politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ularga nisbatan oqotar quroldan foydalangan.Noroziliklar tufayli 16-noyabr kuni Eronda internetochirib qoyildi.Vashington Eron hukumatining mamlakatda boshlangan noroziliklar tufayli internetni ochirib qoyganini keskin qoraladi va namoyishchilar tomonida ekanliginimalum qildi.Eron benzin narxi oshgani tufayli moddiy zarar korgan aholiga korilgan zararni qoplash uchun subsidiyalarajratgan. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy mamlakatda benzin narxining oshishi sabab boshlangan xalq noroziliklarini xorijdagidushmanlarning fitnasideb atagan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy esa ushbu norozilik namoyishlari ortida maqsadi mamlakat xavfsizligiga tahdid qilish bolgan AQSh hamda Isroil turganini taxmin qilgan.Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida politsiya qolga tushirgan bezorilar ot qoyilgan har bir bino uchun 60 AQSh dollari miqdorida mukofotga ega bolganinitan olgan.AQSh namoyishlar vaqtida internet ochirilgani uchun Eron aloqa vaziriga nisbatan sanksiyaqollagan. Eron vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlarning mamlakatdagi norozilik namoyishlarida ishtirok etgani aniqlansa, ularga qaqshatqich zarba berilishinivada qilgan.AQSh davlat departamenti esa Facebook va Twitterni Eron hukumati vakillarining akkauntlarini bloklashgachaqirgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0