Iroq vazirlari hukumat rahbari istefosiga qaramay oz vazifasini bajarishda davom etadi

Iroq hukumati bosh vazir istefoga chiqqaniga qaramay oz vazifalarini bajarishda davom etadi. Bu haqda Iroq vazirlar mahkamasi tomonidan rasmiy bayonot berilgan, deb xabar qilgan TASS. Foto: AnhaHukumat azolari bosh vazir istefosidan keyin vazifasini bajaruvchi maqomini oladi va toliq hajmda oz vakolatlarini bajarishda davom etadi, deyiladi Iroq vazirlar mahkamasining bayonotida.30-noyabr, shanba kuni vazirlar mahkamasining favqulodda majlisidan keyin bosh vazir Odil Abdul Mahdiy parlamentga istefo sorab murojaat yollagan.Abdul Mahdiy Oliy sud rahbari bilan maslahatlashuvdan keyin oz lavozimidan ketishga qaror qilgan.Istefoga chiqishim mamlakatdagi inqirozga barham berish uchun ham zarur ahamiyat kasb etadi. Boshqaruvimdagi vazirlar mahkamasi qiyin sharoitlarda shakllantirilgandi va milliy qutqaruv hukumati sifatida faoliyat olib bordi, deydi sobiq bosh vazir.Odil Abdul Mahdiy va hukumat vakillari iqtisodiyotga komak berish uchun juda kop ishlar amalga oshirilganini takidlab, mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari hamda xavfsizlik sohasidagi vaziyat islohotlar va loyihalarni amalga oshirishga xalaqit qilmasligiga umid bildirgan. U Iroq hukumatini 2018-yil 24-oktabrda qabul qilib olgandi.Iroq konstitutsiyasiga kora, bosh vazir istefosi deputatlar tomonidan tasdiqlanishi lozim. Parlamentda eng kop ovoz olgan nomzod yangi bosh vazir lavozimini egallash uchun harakatlarni boshlaydi, prezident unga hukumat shakllantirishni ishonib topshiradi. Ushbu jarayonga qonunchilikka muvofiq 15 kun vaqt ajratiladi. Muddat tugagach yangi hukumat rahbariga oz mahkamasini shakllantirish uchun bir oy vaqt beriladi.Ayni vaqtda shialar harakati yetakchisi Muqtad as-Sadr uning Sairun siyosiy guruhi qonunchilik organida fraksiya azolarining soni boyicha ustunlikka ega bolsa ham yangi hukumat tarkibiga kirishga intilmasligini bildirgan. Sairun guruhi fraksiya azolari soni boyicha parlamentda ikkinchi orinda turgan Fath siyosiy bloki bilan avval hukumatda neft vazirligi lavozimida faoliyat olib borgan Abdul Mahdiy shakllantirgan mahkamani qollab-quvvatlagandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0