Haftalik dayjest: Elektr va gaz taqchilligi, Babayanni kuzatish, BBC Uzbek 25 yoshda

Bu hafta kuchli debatlari, sovuq havosi, elektr va gazsiz aholining namoyishlari bilan tarixga yozildi. Demak, bir boshdan boshladik.Mustaqillik boshlarida uzoq qishloqlardan boshlangan elektrsizlik oz yolida dastlab tuman markazlarini, songra viloyat markazlari va shaharlarni bosib otib, nihoyat Toshkent shahriga ham kirib keldi. 27-noyabr kuni Toshkent metrosining bir nechta stansiyasida elektr ochib qoldi. Eskalatorlar toxtadi. Shu kuni TVda jonli uzatilayotgan partiyalarning saylovoldi debati elektr uzilishi sababli toxtab qoldi. Foto: Gazeta.uzViloyatlarda esa ahvol bundan-da qiyinlashganidan odamlar namoyishga chiqdi. Nukusda odamlar hududni tabiiy gaz bilan taminlab berishni talab qilib, mashina ballonini yoqib norozilik namoyishi otkazdi. Xuddi shunday holat Andijonda ham yuz berdi. Hamma viloyatda, jumladan, poytaxtda ham AYoQShlar oldida kilometrlab chozilgan turnaqator navbatlar shakllandi. Sirdaryodagi avtoshoxobchada gaz berilmayotganidan norozi haydovchilar yolni tosib qoydi. Yuqorida sanalgan barcha joylarga hokimlik vakillari va mutasaddilar yetib borib, chora korishga vada berdi.28-noyabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov shoshilinch yigilish otkazib, sohadagi ahvolni sharmandali deb atadi. Shundan song Turkmanistondan elektr olib aholiga beriladigan boldi. Qishda elektr uzilishlari keskin kamayishi aytildi.* * *Futbolga oid xabarlarimiz ham bor. Aniqrogi futbol ichidagi emas, futbol atrofidagi xabarlar. Hafta boshida Paxtakor stadioni buzilishi aytildi. U qachon qaytadan qurilishi aniq emas, hozir loyihalar tanlanmoqda.16 yillik faoliyatida besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami nomiga loyiq korilgan hamyurtimiz Ravshan Ermatov hakamlik ishiga yakun yasadi. Bu haqda OFK qarorgohida tashkil etilgan maxsus marosimda malum qilindi. Ermatov mazkur marosimda OFK tomonidan Osiyo futboliga qoshgan hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Ermatov uchta jahon chempionati final bosqichida qatnashgan va unda rekord darajada (11 oyin) kop uchrashuvda ishlagan.Biz faqat Xitoydan import qilmaymiz, balki Xitoyga eksport ham qilamiz. OzTJ sobiq murabbiysi Samvel Babayan Xitoy klubi bilan shartnoma imzoladi. Babayan 1-dekabr kuni Xitoyga uchadi va Chanchung Yatay klubida ishlay boshlaydi.* * *29-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi bolib otdi. Unda Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozogistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlar ishtirok etdi. Uchrashuv chetdan aralashuvlar orqali emas, ishtirokchilar tashabbuslari bilan otkazilayotgani ahamiyatlidir. Foto: Prezident matbuot xizmatiGurbanguli Berdimuhamedovga OzFA faxriy akademigi unvoni berildi. MO yetakchilari Koksaroy qarorgohida daraxt otqazdi va tilla suvi yuritilgan gulchelaklarda sugordi. Shuningdek, ular marhum prezident Islom Karimov haykali poyiga gul qoydi. Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo kunini tasis etishni taklif qildi. Besh qardosh davlat rahbarlari uchrashuvida ozaro aloqalarni mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish, madaniy-gumanitar sohalarda faol munosabat ornatish, strategik hamkorlik masalalarida fikr almashildi.* * *Ozbekistondan toqqiz ming kilometr olisda ikki ozbek oilasi halokatga uchradi. AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida fojia kelib chiqqan. Samolyotda Obloqulovning turmush ortogi va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari bolgan. Bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli Ozbekistondan bolgan Bobomurod Nabiyev va uning turmush ortogi ham bolgan. Samolyot quyuq ormonga qulab, bortdagi barchani hayotdan olib ketgan. Halokat sababi yomon ob-havo bolishi mumkin. Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiev.Foto: Zambarakning oqi* * *Qizgin muhokamlardan chetda qolgan bolsa-da, bir qiziq xabarni dayjestimizga qoshdik. Senat raisi Tanzila Norboyeva forumda 2020-yilda Ozbekistonda yoshlar parlamenti tuzilishi mumkinligini aytdi. Xosh, ular nima ish qiladi? Yoshlar parlamenti azolari yoshlarga daxldor qonunlar tayyorlanishi, takomillashtirilishida senatorlar bilan birga ishtirok etadi.Aytish lozimki, yoshlar parlamentarizmi dunyo uchun yangilik emas. Biroq davlat hokimiyati organlari juda shishib va murakkablashib ketgan tizimda yana bir qoshimcha bogin tashkil etilishining natijasi haqida bashorat qilish qiyin.* * *Nufuzli BBC teleradiokorporatsiyasining ozbek xizmati ozining 25 yilligini nishonladi. BBC aniq va xolis mezonlar asosida ishlashi bilan xorij OAV orasida ajralib turadi.BBC ozbek xizmati Ozbekistondagi jarayonlarga tanqidiy yondashsa-da, ijobiy ozgarishlarni ham baholi qudrat yoritib keladi. BBC Ozbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa vaqt ichida jahonning ayrim nufuzli nashrlari tomonidan, hattoki Xitoyning islohotchi lideri Den Syaopinga qiyoslanganini alohida qayd etgan.BBC uzoq yillar axborotdan tosilgan mamlakat holatini chetdan turib yorituvchi darcha vazifasini otagan va ozbekistonliklarga haqqoniy axborotni yetkazishda harakat qilgan. Shu munosabat bilan AOKA direktori Komil Allamjonov va uning orinbosari Saida Mirziyoyeva BBC Ozbek xizmatini 25 yilligi bilan Toshkentdan tabrikladi. 25 yillik tarixda Toshkentdan bunday etirof kuzatilmagan edi.Daryo yangiliklarini kuzatib boring. Ozbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi voqif boling.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0