Ozbekistonda Forbes jurnali chop etiladi. Jurnalning ilk soni martda chiqadi

Qozogistonlik tadbirkor Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali faoliyatini yolga qoymoqchi, deb xabar beradi Spot. Foto: Forbes.kzBizning kompaniyamiz Forbes jurnalini Ozbekistonda nashr etish huquqini olganini mamnuniyat bilan malum qilmoqchiman. Yangi loyihani yaratish har doim meni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi. Bunday brend ostida keyingi loyihani ishga tushirish ikki karra yoqimli. Bu hayotiy energiya beradi va qoshimcha ijobiy munosabat yaratadi, deydi tadbirkor.Tadbirkorga ko'ra, Forbes nashrining O'zbekistonda ochilishi juda dolzarb, chunki respublika biznes yuritish nuqtai nazaridan juda istiqbolli.Ozbekiston dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri bolib, yirik investorlar uchun juda qulay shart-sharoitga ega. Qoshni mamlakat iqtisodiyotida roy berayotgan ozgarishlar, Ozbekiston hukumatining investorlarga yaratayotgan shart-sharoitlari katta qiziqish uygotmoqda. Qozogiston va Ozbekiston juda yaqin mamlakatlardir. Biz uzoq vaqt davomida bir davlat SSSR doirasida mavjud edik. Va mentalitet jihatdan biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Ijodiy va biznes elita hatto ittifoqning parchalanishidan keyin ham yaqin aloqada bo'lib, bir-biri bilan aloqalarni saqlab qoldi. Bularning barchasi bizga Ozbekistonda media-loyihani qisqa muddatda rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishishimiz mumkinligi haqida tassurot uygotadi, - deya qoshimcha qildi tadbirkor.Uning fikricha, aholisi 33 million kishidan oshadigan Ozbekiston yirik mushtariylar auditoriyasiga ega. Shuning uchun, hech bolmaganda, ushbu respublika fuqarolarining bir qismida sifatli tahlil va biznes jurnalistikasiga talab bor.Biz bunday materiallarni tayyorlash, ushbu auditoriyaga kerak boladigan kontentni yaratish borasida katta tajribaga egamiz, dedi Armanjan Baytasov.Yangi jurnal tahririyati binosi Toshkent shahrida boladi. Mushtariylarga nashrning bosma va sayt korinishlaridagi versiyasi taqdim etiladi. Jurnal hozircha faqat rus tilida, sayt esa rus va ozbek tillarida boladi.Dekabr oyidan jurnal tahririyatiga kelgan rezyumelar korib chiqila boshlaydi, keyin esa jurnalistlar bilan suhbat jarayoni boshlanadi. Forbes Uzbekistanning ilk soni 2020-yilning mart oyida chop etilishi rejalashtirilgan.Ozbekistonda OAV ustav fondinning faqat 30 foizigina xorijiy hamkorga tegishli bolishi mumkin. Baytasov bu masalani qanday hal qilishi hozircha nomalum, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0