Londonda koprikda amalga oshirilgan teraktning yangi tafsilotlari malum qilindi (video)

IShID Londonda 29-noyarbda amalga oshirilgan terakt uchun masuliyiatni oz zimmasiga oldi, biroq terrorchilik tashkiloti pichoq bilan odamlarga hujum qilgan erkakning oz odami ekanligini isbotlaydigan dalil taqdim qilmagan. 28 yoshlierkak ozodlikka chiqqan mahbuslar reabilitatsiyasi konferensiyasiga kelgani, xudkushlar nimchasida bolgani, ozini portlashini aytib barchaga tahdid qilgani, pichoq bilan besh kishiga zarba berib, ikki odamning hayotiga zomin bolgani malum qilingan. Usmon Xon ushbu jinoyatlardan keyin London koprigi tomon qochgan, u yerda terrorchini politsiya xodimlariotib tashlagan. Hukumat sodiq bolgan voqeani terakt deb atagan. Foto: APMeduza teraktning yangi tafsilotlarini oshkor qildi. Jinoyatchini politsiya yetib kelguniga qadar tadbirga kelgan oddiy fuqarolar xavfsizlantirgan. Uni qolga olganlar orasida qotillik jinoyatini sodir etib qamalgan sobiq mahbus ham bolgan. 42 yoshli Jeyms Ford 2003-yilda nogiron qizni oldirib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, jazoning 15 yil muddati afv qilish shartisiz otalishi belgilab qoyilgan. Ford afv qilingan va koloniya-manzilgohida jazo muddatining songgi kunlarini otayotgan bolgan. U konferensiya kunidan bir kun ilgari ozodlikka chiqqan. Fordning yaralangan ayollardan birini qutqarishga ham uringani aytilmoqda. Usmon Xonni xavfsizlantirganlar orasida ot ochirgich ushlagan va yakkashoh shohi bilan qurollangan erkaklar ham bolgan.Hujum uyushtirgan erkak terrorchilikda ayblanib sudlangan va qamalgan. Qamoqda ozini terrorchilik tasiridan ruhiy yordam olish boyicha dasturga kiritishlarini soragan. 2012-yilda Al-Qoida terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda va London fond birjasiga hujum uyushtirganlikda ayblangan pokistonlik muhojirlarning ogli, Usmon Xon sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Xon advokatining sozlariga kora, mijozi qamoqda bolgan vaqtida Al-Qoida mafkurasi xato ekanini anglab yetgan va terrorchilik tasiridan ruhiy yordam olish boyicha dasturga kiritishlarini soragan. Politsiya Londondagi hujum vaqtida Usmon Xonning sheriklari bolmaganini bildirgan.Speechless. Members of the public with nothing but a narwhal tusk and a fire extinguisher tackle a murderous terrorist. Heroism, pure and simple. pic.twitter.com/QAlVkFiexs Matthew Thompson (@mattuthompson) November 30, 2019Norasmiy malumotlarga kora halok bolganlarning biri Kembrij universiteti bitiruvchisi Jek Merritt. U mahbuslar reabilitatsiyasi dasturining koordinatorlaridan biri va konferensiya tashkilotchisi bolgan. Hujum oqibatida vafot etgan ayolning va yaralangan uch nafar fuqaroning ism-shariflari nomalumligicha qolmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0