Samarqandda ikki kishini tuproq bosib qoldi, ulardan biri voqea joyida halok bo‘lgan

Samarqand shahrining Rudakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasida kommunikatsiya quvuri o‘tkazish ishlari olib borilayotgan vaqtda 30-noyabr kuni soat 17:30 atrofida tuproq massasi ko‘chib tushishi natijasida ikki kishi tuproq ostida qolgan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: Telegram / @samshaharSamarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, “Staplast” kompaniyasi ishchisi, 1997-yilda tug‘ilgan M.T. jiddiy tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam xizmati orqali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialiga olib ketilgan. 1981-yilda tug‘ilgan U.R. voqea joyida vafot etgan.Samarqand shahrida ishchilarni tuproq bosib olishi bilan bog‘liq hodisa so‘nggi bir oy ichida ikkinchi marta kuzatilmoqda — avvalroq, 13-noyabr kunduzi Hishrav ko‘chasida suvoqova quvurlarini ta’mirlash ishlariga jalb etilgan ikki ishchini tuproq bosib qolib, ularning ikkisi ham voqea joyida halok bo‘lgan edi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0