Qozogistonda Birinchi prezident kuni nishonlanmoqda

1-dekabr kuni 2012-yildan beri Qozogistonning birinchi prezidenti kuni davlat bayrami nishonlanadi. Ushbu kun birinchi prezident Nursulton Nazarboyevga respublika oldida qilgan xizmatlari uchun minnatdorlik ramzi sifatida bayram qilinadi, deb yozgan RIA Novosti. Foto: SputnikNazarboyev Qozogistonning prezident sifatida qariyb 30 yil boshqardi va davlat rahbari sifatidagi vakolatlarini 2019-yilning 20-martida topshirdi. Ushbu voqeadan keyin senat spikeri bolgan Qosim-Jomart Toqayev prezident vakolatlarini qabul qildi.Nazarboyev Xavfsizlik kengashi rahbari va Nur Otan partiyasi yetakchiligini ozida saqlab qoldi. Oktabrda Toqayev Nazarboyevning kadrlar siyosati boyicha vakolatlarini yanada kengaytirdi va mamlakatda vazirlarni lavozimga tayinlash Xavfsizilik kengashi bilan kelishgan holda amalga oshirilishi haqida yangi Farmon chiqardi. TIV, IIV va mudofaa vazirligi rahbarlari bundan mustasno.2015-yil 26-apreldagi prezidentlik saylovlarida Nazarboyev beshinchi bor galaba qozongan va 98 foiz ovoz olgan. Uning prezidentlik muddati 2020-yilda poyoniga yetishi lozim edi. Qozogiston konstitutsiyasiga kora Nazarboyev Qozogistonning birinchi prezidenti sifatida prezidentlikka cheklanmagan miqdorda oz nomzodini qoyish huquqiga ega.Mavzuga doir:Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo kunini tasis etishni taklif qildiQozogistonning birinchi prezidenti kuni yakshanbaga togri kelib qolgani uchun dushanba 2-dekabr sanasi bayram va dam olish kuni deb elon qilingan.Qozogistonning birinchi prezidenti kunida respublikaning barcha viloyatlarida tantanalar, sport musobaqalari va madaniyat tadbirlari otkaziladi.Nazarboyev 2018-yil iyul oyida Xavfsizlik kengashi rahbarligi lavozimini umrining oxirigacha egallash huquqini belgilash haqidagi qonunni imzolagan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0