Zarafshonda 3 yoshli qizcha 15 metr chuqurlikdagi oraga tushib ketdi (foto)

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida uch yoshli qizcha baxtsiz hodisa oqibatida chuqurga tushib ketdi. Bu haqda Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati30-noyabr kuni soat 11:30 da Zarafshon shahrida joylashgan Miraj-1 bogdorchilik dala hovlilarida yashovchi Lobar Mardova Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qongiroq qilib, Vishnyova kochasi 94-uyning orqa tomonidagi oqava suvlarini tortib olish uchun moljallangan 15 metr chuqurlikdagi oraga 2016-yilda tugilgan Dilnoza Maqsudova tushib ketgaligini aytib uni chuqurlikdan olib chiqishda yordam sorab murojat qiladi. Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmatiVoqea joyiga Zarafshon shahar FVB boshligi podpolkovnik T.Yeshmuratov boshchiligida leytenant R.Ahmedov va leytenant U.Xusanovlar yetib borgan va tezlik bilan chuqurlik atrofi hamda chuqurlikning tuproq devorlari mustahkamligi organib chiqilgan. Shundang song leytenant U.Xusanov arqon yordamida chuqurlikga tushirilgan hamda 3 yoshli Dilnozani FVB xodimlari arqon yordamida sog-salomat yuqoriga olib chiqqan. Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmatiDilnozaga voqea joyining ozida birinchi tibbiy yordam korsatilgan va Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga jonatilgan. Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0