U yigit nega 15 kunga qamaldi tushunganim yoq. Xalq ham bilmaydi. Adolat partiyasi rahbari Abdulloh Tohirov voqeasi haqida

Ozbekistonda hech bir tergov organida, xususan, prokuraturada ham biror fuqaroni 48 soatdan ortiq ushlab turish vakolati bolmasligi lozim. Bu haqda Adolat sotsial-demokratik partiyasi rahbari Narimon Umarov Gazeta.uzga bergan intervyusida aytib otdi. Narimon Umarov.Foto: MSK Xalqaro matbuot markaziMuxbirning: Abdulloh Tohirovning oilasi uning yoqolib qolgani haqida elon qilganidan song, faqat sizning partiyangiz bu oilani qollab-quvvatladi va Bosh prokuratura, IIVdan qolga olish sabablarini ochiqlashni soradi. Ishning yakunidan qoniqish hosil qildingizmi? Ulardan javob ololdingizmi?, degan savoliga, Narimon Umarov shunday javob bergan:Biz ularga vaziyatni oydinlashtirib berib, yigitni qoyib yuborishlari uchun murojaat qildik. Hozircha ijtimoiy tarmoqlar orqali ham, rasman ham javob olganimiz yoq. Bunday holatlar ortiq takrorlanmasligi lozim. Bu mazkur organlarning ozboshimchaligi. Bunday holatlar yillar davomida toplanib kelmoqda. Bunday holatlar juda kop.Shu bois ham biz tergov organlari, prokuror fuqaroni biror nimada ayblab, 48 soatdan ortiq ushlab turish huquqiga ega bolmasligi kerak, deyapmiz. Prokurordan mustaqil tergov qomitasi bolishi kerak.U yigit nima uchun 15 kunga qamalganini men tushunganim yoq. Buning sabablarini butun xalqimiz ham bilmaydi. Agar u nimadadir aybdor bolsa, unga nisbatan qonunchilikka muvofiq ayblov elon qilinishi lozim.Ushbu ozboshimchalik bu organlar ozini haq deb hisoblagani uchun yuz berdi. Lekin ular hech qayerda hech narsani izohlab berishgani yoq. Biz bunday holatlar batamom yoq bolishini xohlaymiz. Prokuratura avvalo qonuniylikni taminlashi kerak, jazolovchi organga aylanib qolmasligi lozim. Ular xalqqa qarshi emas, xalq uchun ishlashlari kerak. Vaholanki, ozi qonunni buzib turibdi. Prokuratura hatto siyosiy partiyalarga javob berishni ham oziga ep kormayapti.Narimon Umarov, Adolat sotsial-demokratik partiyasiEslatib otamiz, andijonlik Abdulloh Tohirov 26-oktabr kuni, taxminlarga kora, Anlijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshligining mashinasi bilan toqnashuv sodir etganidan song, bedarak yoqolgan edi. Uning yoqolgani haqida dastlab, 2-noyabrda ijtimoiy tarmoqlarda, 4-noyabrdan boshlab internet-nashrlarda xabarlar tarqatilgan edi. Foto: Kun.uz7-noyabr kuni IIV Abdulloh Tohirov ishi bilan boshqa idora shugullanayotgani haqida bayonot berdi, ertasiga Yoshlar Ittifoqi ham IIVning ushbu xabarini tasdiqladi. Adolat sotsial-demokratik partiyasi esa ushbu holatda ozboshimchalikka yol qoygan organ xodimlariga nisbatan chora korish, shuningdek, yigitning ikki hafta davomida qayerda ushlab turilgani haqida mutasaddilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berishni talab qilib chiqdi.9-noyabrga otar kechasi Abdulloh Tohirov uyiga qaytgani malum boldi, lekin u otgan kunlar davomida aynan qayerda va nima uchun saqlab turilgani haqida axborot berilmadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0