Senatda ikki nafar sudya Oliy sud sudyaligiga tasdiqlandi

Oliy Majlis Senati azolari 24-yalpi majlisda Ozbekiston Oliy sudi tarkibiga ozgartirishlar kiritish togrisidagi masalani ham korib chiqdi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar berdi. Foto: DaryoKonstitutsiyaning 80-moddasi 3-bandiga va Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qarori bilan Shuhrat Abbosov10 yil muddatga, Rahmatilla Orziqulov 10 yil muddatga Ozbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.Muqaddas Gulomovava Hamro Berdiqilichev boshqa ishga otayotgani munosabati bilan Ozbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan. Shuhrat AbbosovFoto: DaryoShuhrat Abbosov 1979-yilda Buxoro shahrida tugilgan. 2000-yili Buxoro davlat universiteti tarix fakultetini, 2004-yilda Samarqand davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. 20052008-yillarda fuqarolik ishlari boyicha (FIB) Buxoro viloyat sudi majlis kotibi, sud mutaxassisi, bosh mutaxassis, 20082011-yillarda FIB Romitan tumanlararo sudining raisi, 20112014-yillarda FIB Gijduvon tumanlararo sudining raisi, 20142017-yillarda FIB Navoiy viloyat sudi raisining orinbosari, 2017-yildan shu kunga qadar Ozbekiston Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi azosi, Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimida ishlab kelgan. Rahmatilla OrziqulovFoto: DaryoRahmatilla Orziqulov 1982-yilda Jizzax viloyatida tugilgan. 2000-yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Mirzo Ulugbek xojaligining huquqiy maslahatchisi vazifasida boshlagan. 20022008-yillarda jinoyat ishlari boyicha (JIB) Jizzax viloyat sudining sud majlis kotibi, arxiv mudiri, katta mutaxassis, bosh mutaxassis vazifalarida ishlagan. 20082011-yillarda JIB Paxtakor tumani sudining raisi, 20112016-yillarda JIB Jizzax viloyat sudining sudyasi, 2017-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasining surishtiruvchisi, 20172018-yillarda Ozsanoatqurilishbankning Jizzax viloyat filiali huquqiy maslahatchisi bolib ishlagan. 2018-yilda JIB Jizzax shahar sudi raisi lavozimiga tayinlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0