Ozbekistonning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash konsepsiya loyihasi elon qilindi

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidanOzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi togrisidagi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga muhokamauchun qoyildi. Foto: ReutersLoyiha shu yilning 21-noyabr kuni normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga qoyilgan, qaror loyihasi muhokamasi 6-dekabrga qadar davom etadi.Loyihada bir qancha foydali takliflar berilgan.Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligijamoatchilikniOzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi ijobiy imijini ilgari surish sohasidagi davlat siyosatiniamalga oshirish jarayoni va uning natijalari yuzasidan keng xabardor qiladi.Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xorijda mamlakatning ijobiy imijini faol ilgari surish boyicha tizimli siyosiy-diplomatik ish olib borilishini taminlash yuklatilgan.Ozbekistonning xalqaro maydondagiijobiy imijini mustahkamlash va ilgari surishning asosiy tamoyillarisifatida quyidagilardir korsatilgan: xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xorijiy nodavlat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan konstruktiv va ochiq muloqot olib borishga tayyorlik; xolislik, tizimlilik, doimiylik va izchillik; ilmiy jihatdan asoslanganlik; ozaro ishonch va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga olish va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligi; tinchlik, insonparvarlik, bagrikenglik, inson huquqi va manfaati qadriyatlari goyalariga sodiqlik; hukumat qarorlarini qabul qilishda mamlakatning ijobiy xalqaro imijini mustahkamlash siyosatining asosiy yonalishlarini har tomonlama inobatga olish. Imij siyosatining asosiy yonalishlari ham belgilandi:Madaniy-gumanitar sohada: Ozbekistonning dunyodagi ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surishga qaratilgan xalqaro PR-tadbirlarini tizimli tarzda ishlab chiqish va amalga oshirish; mamlakatning tasviriy qiyofasini boyitish maqsadida mintaqalar va mamlakatning madaniy va tarixiy merosini jahon aloqa kanallarida ommaviy ravishda namoyish etish; Ozbekistonda xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan huquqiy va iqtisodiy sharoitlar togrisidagi malumotlarni taqdim etuvchi axborot portallarini takomillashtirish; raqobatbardosh, sifatli talim tizimini shakllantirish va aholining uzluksiz talim olishi uchun imkoniyatlar yaratish, chet el fuqarolarini Ozbekiston oliy oquv yurtlariga va kasb-hunar talimi muassasalariga oqishga jalb etish; Ozbekiston oliy oquv yurtlarining reytingini oshirish, ularni dunyodagi eng yaxshi 1000 ta universitetlar royxatiga kiritish;Axborot sohasida: Ozbekistonning tashqi siyosiy manfaatlarini muntazam ravishda ilgari surish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida milliy raqamli diplomatiyani rivojlantirish va keng targibot ishlarini olib borish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini va ijobiy imijini mustahkamlash;Ozbekistonning xalqaro maydondagiimijini ilgari surishning asosiy mexanizmlariquyidagilardir:Ijtimoiy-siyosiy sohada: inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalarga qoshilish va ratifikatsiya qilish, xalqaro huqukiy hujjatlar doirasida qabul qilingan majburiyatlarni bajarish, xalqaro meyorlar va standartlarga rioya qilish; Ozbekiston nomzodlarini xalqaro tashkilotlar organlari va tuzilmalariga, shu jumladan rahbarlik lavozimlariga korsatish va ilgari surish; xorijiy jamoatchilik, biznes, ilmiy-akademik, ekspert va media doiralar bilan munosabat va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; Ozbekistonning chet eldagi dostlar doirasini kengaytirish, jumladan, parlamentdagi dostlik guruhlari, Ozbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan dostlik jamiyatlari faoliyati, Ozbekiston shaharlarining xorijiy shaharlar bilan dostona aloqalarini rivojlantirish va respublika viloyatlarining xorijiy mamlakatlar hududlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari orqali; chet elda yashayotgan vatandoshlarimizni Ozbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash faoliyatiga jadal ravishda jalb etish;Iqtisodiy va ekologik sohalarda: ichki va tashki davlat qarzini past darajada saqlash; yuqori texnologiyali sanoat va qishloq xojaligiga ega bolgan ilgor mamlakatlar qatoriga qoshilish; mamlakatning yashil iqtisodiyotga otishini jadallashtirish, qayta tiklanadigan va boshqa muqobil energiya manbalarini, ekologik toza, chiqindisiz texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish; Ozbekiston milliy brendini, shuningdek Respublikaning alohida shaharlari va viloyatlarini, shu jumladan ziyorat-turizm brendini yaratish va faol targib qilish; Ozbekiston Respublikasining ijobiy imijini targib qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratish;Madaniy-gumanitar sohada: Ozbekiston xalq sanati markazlari va obyektlarini turistik yonalishlarga kiritish; xalqaro ilmiy aloqalarni faol rivojlantirish, shu jumladan qoshma ilmiy tadqiqotlar otkazish, Ozbekiston olimlari va mutaxassislarining xalqaro konferensiyalar, simpoziumlarda maruzachilar sifatida ishtirokini kengaytirish; Ozbekistonning universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari qoshida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar tashkil etish; milliy va xorijiy ijtimoiy-siyosiy, ekspert, ilmiy va ishbilarmon doiralar ishtirokida tematik va ixtisoslashgan platformalar, forumlar, ilmiy klublar (yetakchi universitetlar bilan) tashkil etish; Imijelogiya, Jamoatchilikka yonaltirilgan diplomatiya, Mamlakat brendi kabi ixtisoslashtirilgan dasturlar va fanlarni ishlab chiqish va ularni xodimlarning malakasini oshirish kurslari va oliy talim muassasalarining oquv dasturlariga joriy etish;Axborot sohasida: dunyoning yetakchi televideniye, radio va internet ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ornatish va ular bilan xalqaro maydonda ozbek milliy brendlari va Ozbekistonning ijobiy xalqaro imijini ilgari suruvchi qoshma media-mahsulotlar, reklama roliklari, hujjatli filmlar va badiiy filmlarni tayyorlash masalasini ishlab chiqish; turizmni yorituvchi xorijiy sayyohlik operatorlari, jurnalistlar va blogerlar uchun mamlakat boylab muntazam ravishda reklama va axborot-turlarini tashkil etish; Ozbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasidavlatning imij siyosatini samarali amalga oshirish boyicha amaliy choralarni koradi vachet ellarda mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash va rivojlantirish ishlariga bosh boladi.Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.Konsepsiya va Yol xaritasiningsifatli va oz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishOzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0