Qirgiziston deputati: Mamlakat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshilgach, barcha frontlarda yutqazdi

Qirgizistonga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshilishi arafasida berilgan vadalar hali ham bajarilgani yoq, mamlakat bu ittifoqqa qoshilishdan faqat yutqazdi. Bu fikr Qirgiziston parlamenti azosi Kenjebek Bokoyev tomonidan bildirildi. Foto: EADailyAgar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Qirgizistonga foyda keltirmaydigan bolsa, u holda bunday ittifoq tarkibidan chiqish kerak, dedi Qirgiziston parlamenti deputati Kenjebek Bokoyev parlamentning Iqtisodiy va fiskal siyosat masalalari boyicha qomitasi yigilishida.Uning aytishicha, YeOIIga kirish oldidan Qirgizistonga malum bir vadalar berilgan, biroq hozir bu vadalar bajarilayotgani yoq. Masalan, ittifoq mamlakatlari ichida mahsulotlarning tosiqsiz tashilishini taminlash vada qilingan edi, biroq hozirda Qozogistondan Qirgizistonga yoqilgi-moylash materiallarini olib kirish imkonsiz.Bizga mamlakatlar ortasida pul mablaglarining erkin aylanmasi yolga qoyiladi, deyishgandi. Lekin bu ham bolgani yoq, aksincha, cheklovlar mavjud. YeOIIga qoshilgach, Qirgiziston barcha frontlarda, ayniqsa, qishloq xojaligida yutqazdi. Nega Rossiya va Qozogistondan Qirgizistonga hayvonlar tirik holda olib kirilishi mumkin-u, lekin Qirgizstondan ularga olib kirish mumkin emas?, deya savol qoydi qirgizistonlik deputati.Malumot uchun, hozirda Rossiya, Qozogiston, Belarus, Armaniston va Qirgiziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi azolari hisoblanadi; Moldova kuzatuvchi-davlat maqomida. Bundan tashqari, Vyetnam, Eron, Xitoy, Kuba va Serbiya bilan erkin savdo hududi togrisidagi kelishuvlar imzolangan.Songgi vaqtlarda ushbu ittifoqqa Ozbekistonning ham qoshilishi ehtimoli faol muhokama qilinmoqda. Ozbekiston Senati raisi birinchi orinbosari Sodiq Safoyevning sozlariga kora, ittifoqqa qoshilish imkoniyatlari Ozbekiston hukumati tomonidan songgi uch yildan beri organilmoqda. Ozbekistonni 2030-yilga qadar kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida Ozbekiston ushbu ittifoqqa 20222025-yillarda azo bolib kirmoqchi ekani bildirilgan.Mavzuga doir: Rossiyalik vazir Ozbekiston 2020-yilda YeOIIga qoshilishini aytdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0