Kurdlar Suriyaning hududiy yaxlitligi tarafdori ekanligini bildirdi

Kurdlar Suriyadagi vaziyatni siyosiy yol bilan hal etish va mamlakatning hududiy yaxlitligini taminlash tarafdori ekanligini malum qildi. Bu haqda Suriya demokratik kuchlari kurd koalitsion guruhi qomondoni Mazlum Abdi Al Hadath telekanaliga bergan intervyusida malum qilgan, deb yozmoqda TASS. Foto: ReutersBiz Suriyaning hududiy yaxlitligini taminlash, shuningdek, mamlakat shimolida sakkiz yildan beri amalga oshirilayotgan kurdlar avtonom hukumati loyihasi doirasida oz huquqlarimizning tan olinishiga erishish tarafdorimiz, deydi kurdlar qomondoni.Abdi kurdlarning Rossiya bilan hamkorlikda Suriya hukumati bilan muzokaralarni davom ettirishini ham malum qilgan.Muzokaralar davom etmoqda, lekin Damashq va kurdlar ortasidagi nizolarga hali ham barham berilgani yoq. Ozaro yaqinlashuv pozitsiyasiga juda yaqin turibmiz, deydi Mahdi Abdi.Suriya demokratik kuchlari qomondoni kurd jangari guruhlarining keyinchalik Suriya hukumati armiyasi tarkibiga kirishi ehtimoli borligini bildirdi.Ushbu hodisa hukumat bilan siyosiya kelishuv amalga oshsagina sodir bolishi mumkin. Biz ungacha qolimizda qurol bilan har narsaga tayyor holda kurashni davom ettiraveramiz, - deydi Abdi.Mavzuga doir:Suriya Turkiyani Ostona va Sochida imzolangan kelishuvlarni buzganlikda aybladiKurdlar masalasi2011-yilda Suriyada inqiroz boshlangach, kurdlar mamlakatning uchta viloyati Qamishli, Kobani va Afrinida oz avtonom boshqaruv organlariga asos soldi. 2017-yilda Suriya demokratik kuchlari otryadlari IShID tashkiloti ixtiyoridagi Xaseke va Raqqa viloyatlarini terrorchilardan tozaladi, Dayr-Az-Zor viloyatidagi neft konlarini ham IShID vakillaridan tortib oldi. AQSh koalitsiyasi homiylik qilayotgan kurd jangarilari Suriya hududining 27 foiziga egalik qila boshladi.Turk qoshinlari Suriya demokratik kuchlarining asosiy bogini hisoblanuvchi Xalq oz-ozini himoyalash kuchlari kurd jangarilariga qarshi uchta harbiy operatsiya otkazgan. Operatsiya oqibatida Aleppoda Afrin hududi qurshab olingan va Suriya shimoli-sharqida qochoqlar uchun xavfsiz zona tashkil qilinmoqda.Mavzuga doir:BMT, Iordaniya, Livan va Iroq Nur-Sultonda Suriyadagi vaziyat muzokaralarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi22-oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdogon Sochida Suriya shimolidagi beqaror vaziyatni onglashga qaratilgan xalqaro memorandum imzoladi. Ushbu hujjatga kora kurdlar Turkiya tashkil qilayotgan 30 kilometrlik xavfsiz zona hududini tark etgan va rus harbiy politsiyasi va turk qoshinlari 12 ta qoshma patrul tadbiri otkazgan.IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0