Toshkentda egasiz reklama konstruksiyalari demontaj qilinadi

Toshkentda noqonuniy o‘rnatilgan va mavjud tartib-qoidalarga to‘g‘ri kelmaydigan kontent, jumladan, narkotik moddalar tarqatilishini ilgari suruvchi reklama konstruksiyalarini aniqlash bo‘yicha muassasalararo ishchi guruhi tuzildi. Bu haqda O‘zbekiston kommunikatsiya agentliklari assotsiatsiyasi (O‘KAA) ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. Foto: Facebook / Muhammadsharif MamatqulovAssotsiatsiya rahbariga ko‘ra, narkotiklar sayti reklamasi joylashtirilgan bannerni o‘rnatgan kishilar shaxsini hatto IIBB kuchi bilan ham darrov aniqlab bo‘lmagan. Chunki bir yildan oshiq vaqt davomida bozor o‘z holiga tashlab qo‘yilgan va nazorat o‘rnatilmagan.“Bizning assotsiatsiya qator tashkilotlar bilan birgalikda tegishli hujjatlar loyihasi ustida ishlamoqda. To‘g‘ri, spayslar targ‘ib qilinishi bilan bog‘liq vaziyatda buning oldini ololmadik, biroq yuz bergan holatdan barcha xulosa chiqarib oldi. Toshkentdagi 200—300 ta egasiz konstruksiyalar demontaj qilinadi”, — dedi O‘KAA raisi Alisher Najmiddinov.O‘KAA rahbariyati egasiz konstruksiyalarni aniqlash va yuzlab ekani aytilayotgan ushbu bilbordlarni utilizatsiya qilish uchun sudlarga murojaat etish maqsadida muassasalararo ishchi guruhi tuzishni taklif qildi.Mavzuga doir: Toshkentda giyohvand moddalar sotiladigan saytni reklama qiluvchi bannerlar aniqlandi

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0