Akfa Medline tugma yurak xastaligi bilan ogrigan bolalarga yordam berdi

Akfa Medline tibbiyot markazi 6 nafar tugma yurak xastaligi bilan ogrigan kichik bemorlarni Janubiy Koreyada shifo topishlariga yordam berdi.Mana qariyb 2 yildirki, Akfa Medline tibbiyot markazi shifolanishga ehtiyojmand bolgan, kam taminlangan oilalarning bemor farzandlariga xayriya tarzida yordam qolini chozib kelmoqda.Shu yilning avgust oyida Akfa Medline klinikasi hamda janubiy Koreyaning gospitali bilan birgalikda Sen yashaysan! xayriya aksiyasini uyushtirishdi. Buning natijasida ogir yurak yetishmovchiligi bilan tugilgan 6 nafar bolakay Janubiy Koreyaga jonatildi.Akfa Medline hamda Janubiy Koreyaning tajribali shifokorlari hamkorligida amalga oshirilgan murakkab operatsiyadan muvaffaqiyatli chiqqan bolajonlar 26-noyabrda Vatanimizga sog-salomat qaytib kelishdi.Shuni takidlash joizki, gospitalning doktorlari bolakaylarga tekin tibbiy xizmat korsatishdi. Murakkab kardiojarrohlik amaliyotida ishtirok etgan Akfa Medline klinikasining yosh kardiojarrohlari shu tajribalarga asoslanib, endi oz Vatanimizda tugma yurak xastaligi bilan ogrigan bolakaylarni muvafaqqiyatli operatsiya qilish va ularga, oilalariga quvonch bagishlash imkoniyatiga ega boldilar.Akfa Medline tibbiyot markazi rahbari Kamola Mirzaaliyeva boshchiligidagi guruh shifo topib kelayotgan bolakaylarni va ularning ota-onalarini Toshkent Xalqaro aeroportida gullar, sovgalar va samimiy tilaklar bilan kutib olishdiki, bu davolanib, hayotga qaytgan bolajonlar shodligini ikki hissaga kopaytirdi.Sen yashaysan! xayriya aksiyasi 6 nafar bolajonning darddan xalos bolishiga komak berdi. Shu xayriya aksiyasi sabab jajji bemorlarga ikkinchi umrni hadya qilgan Akfa Medline klinikasiga nafaqat shu bolajonlar, balki minglab bemor bolakaylarga sogayish va yashashga umid bagishlash baxti nasib etdi.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0