Times: Jonson Trampning Britaniyaga tashrifi chog‘ida u bilan iloji boricha kamroq muloqot qiladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson AQSh prezidenti Donald Tramp Birlashgan Qirollikga kelasi haftada qiladigan tashrifida u bilan iloji boricha kamroq muloqot qilmoqchi. Bu haqda The Times xabar bergan. Foto: Getty ImagesNashrning yozishicha, hukmron Konservativ partiya ushbu yo‘l orqali Trampning mamlakatda 12-dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga ta’sirini kamaytirmoqchi.Britaniya bosh vaziri va AQSh prezidenti tashrif davomida ikki marta uchrashadi, biroq ikkala uchrashuvda ham ikki tomonlama muloqot ko‘zda tutilmagan.Tramp Buyuk Britaniyaga 2-dekabrda keladi va mamlakatni NATO sammiti (3 – 4-dekabr) yakuniga yetganidan keyin tark etadi.Mavzuga doir: Tramp Kim Chen In bilan yaqin orada uchrashishini ma’lum qildiKonservativ partiya Amerika yetakchisining tashrifini eng katta muammo deb atamoqda. Sababi Trampning Londonda nimalar deyishi mumkinligini oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi.Avval AQSh prezidenti Jonson haqida bir necha marta iliq fikrlar aytgan va Buyuk Britaniyaga shunday bosh vazir kerakligini ta’kidlagandi. Saylovlar oldidan bu kabi fikrlar bosh vazirning keskin tanqidga uchrashiga olib kelishi mumkin.Mavzuga doir: Britaniya bosh vaziri toshqin yuz bergan shahardagi do‘konda pol artib chiqdiJonson 12-dekabrda o‘tadigan saylovlar vositasida Breksit bo‘yicha vaziyatni o‘nglashga urinmoqda. Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqini 2019-yil 29-martida tark etishi lozim edi, ammo Palata deputatlari Bryussel va bosh vazir Tereza Mey bilan kelishilgan hujjat loyihasini uch marta bekor qildi.Mavzuga doir: Jonson Yevroittifoq haqidagi kelishuvni yil oxiriga qadar parlamentga kiritishini va’da qildiYevropa Ittifoqi Breksitni avvaliga aprel yoki mayga, keyinroq 31-oktabrga qoldirdi. Mey esa iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Jonson Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini 31-oktabrda kelishuv yoki usiz tark etishini bildirib, fikrida qat’iy turdi. Biroq Parlament 19-oktabrda qabul qilgan qonun tufayli Yevropa kengashiga Breksitni 2020-yil 31-yanvargacha kechiktirish yuzasidan so‘rov yubordi. Breksit kechiktirildi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0