Avtotransport xizmatlari sifatini yaxshilash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisiga korsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini yaxshilash, yurtimizning chekka qishloq va tumanlarini viloyat markazlari bilan boglashda jamoat transporti qatnovini yolga qoyish, respublika tashqarisiga transportda chiqishda xavfsizlikni taminlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2018-yil 5-mart kuni qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari togrisida gi PQ-3584-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda.Jumladan, qarorga asosan tashkil etilgan Uzautotrans Service MChJga shaharlararo va xalqaro qatnovlarni yolga qoyish uchun avtobuslarni sotib olish boyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida Ozmilliybank tomonidan Xitoy Davlat Taraqqiyot bankining 20 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratildi. Ajratilgan kredit evaziga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 168 ta avtobus sotib olindi. Bugungi kunda mazkur korxonada 400 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.Har bir avtoulov saloni 51 ta yolovchiga moljallangan bolib, ular uchun maksimal darajada qulaylik yaratilgan. Orindiqlar yumshoq, har bir orindiq tepasida havo deflektori va individual yoritish chiroqlari mavjud. Konditsioner va monitorlar safarlar chogida juda qol keladi.Uzautotrans Service MChJ korxonasi ushbu yangi avtobuslarda samarali faoliyat korsatishni tashkil etish maqsadida maxsus tanlov asosida haydovchilarni saralab oldi. Ularning malakasi maxsus oquv dasturi asosida oshirilib, xorijiy davlatlar hududida harakatlanayotganda etibor qaratilishi lozim bolgan jihatlar haqida toliq tushunchalar berildi.Yolovchilarni uzogini yaqin qilish va kozlangan manzilga sog-salomat yetkazish maqsadida har bir avtobusda 2 ta dan malakali haydovchi xizmat korsatadi. Rul boshqaruvida bolgan haydovchiga ham alohida qulayliklar yaratilgan. Haydovchining ish joyi yaxshi jihozlangan. Orindigi esa ogirlikka qarab avtomatik tarzda sozlanadi va uch nuqtali xavfsizlik kamariga ega. Shuningdek, zarurat bolganda orindiqning balandligi va ogish burchagini ozgartirish mumkin.Bugungi kunda 29 ta yonalishda qatnovlar yolga qoyilgan bolib, ulardan 19 tasi shaharlararo 10 tasi esa xalqaro qatnovlardir. Dekabr oyidan boshlab RFning bir nechta shaharlariga muntazam qatnovlarni yolga qoyish rejalashtirilmoqda.Takidlash kerakki, bundan 40 yil avval bunyod etilgan poytaxtimizdagi Toshkent avtovokzali zamonaviy qiyofaga keltirilib, bu yerdagi shart-sharoitlar songgi talab darajasiga kotarildi, yolovchilar va mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratildi va mahalliy va xalqaro yonalishlarda amalga oshirilayotgan qatnovlarni tizimli yolga qoyish maqsadida keng kolamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.Mazkur avtovokzalda bir vaqtning ozida 2200 nafar yolovchiga xizmat korsatish imkoni yaratilgan. Vokzal parkida 31 ta avtobuslarga chiqish perronlari va 80 ta avtobus uchun joy mavjud. Shuningdek, vokzal songgi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda zamonaviy VIP zal, ona va bola xonasi, tibbiyot xonalari, mehmonxona va hostel tashkil etilgan.Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan fuqarolarning avtovokzal hududida erkin harakat qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ikkita lift, ikkita eskalator, maxsus panduslar, shular jumlasidan.Takidlash kerakki, Ozmilliybank tomonidan moliyalashtirilayotgan shu kabi istiqbolli loyihalar, mamlakatimiz rivoji uchun ulkan hissa qoshmoqda. Shu bilan birga, Uzautotrans Service MChJ korxonasi avtobuslarining yonalishlarga qoyilishi respublikamizda jamoat transporti yonalishida yangi rivojlanish davrini boshlab beradi desak mubolaga bolmaydi.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0