Iroq bosh vaziri iste’fo so‘radi

Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy parlamentga iste’fo so‘rab murojaat yo‘lladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Foto: APBosh vazir 29-noyabr kuni hukumat rahbarligi lavozimidan iste’foga chiqarishni so‘rab vakillar palatasiga rasmiy xat yuborgan. Oktabr oxirida Iroq prezidenti Bahrom Solih Abdul Mahdiyning iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Foto: APIroqda 1-oktabrdan buyon hukumatga qarshi aholining norozilik namoyishlari davom etmoqda. Xalq hukumat iste’fosi, korrupsiyaga qarshi kurash, ishsizlikni bartaraf qilish va aholining turmush sharoitini yaxshilashni talab qilmoqda.Norozilik namoyishlari vaqtida politsiya va olomon o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 300 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi, 15 mingdan ortiq aholi vakillari turli jarohatlar oldi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0