Toylarni bir xil ssenariy asosida otkazib bolmaydi. Ozbekiston madaniyat vaziri oz orinbosarining fikrini notogri deb baholadi

Yagona ssenariy asosida toy otkazish umuman notogri fikr. Bu haqda Ozbekiston madaniyat vaziri Bahodir Sayfullayev jurnalistlar bilan bolib otgan ochiq muloqotda aytib otdi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.Avvalroq madaniyat vaziri orinbosari Kamola Oqilova toy va marosimlarni otkazish boyicha milliylik va zamonaviylikni ozida mujjasam etgan ssenariylar ishlab chiqish kerakligi haqida fikr bildirgan edi.Mavzuga doir:Hukumat vakili toylarni namunaviy otkazish boyicha ssenariylar ishlab chiqishni taklif qildiOshanda Oqilova xonim toy va marosimlarni otkazish tartib-qoidalarini tayyorlash boyicha Madaniyat vazirligining Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi va Ozbekkonsert tomonidan ish boshlanganini qoshimcha qilgandi.Kuni kecha bolib otgan jurnalistlar bilan ochiq muloqotda esa Ozbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev toylarni otkazish boyicha yagona ssenariy ishlab chiqish haqidagi gaplar Kamola Oqilovaning shaxsiy fikri ekanligini malum qildi. Baxtiyor Sayfullayev.Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiMuovinim Kamola Oqilova Ozbekkonsert bilan toylar boyicha yagona ssenariy ishlab chiqyapmiz, deb oz shaxsiy fikrini bildirgan edi. Bu umuman notogri fikr va bu uning shaxsiy fikrlari.Respublikamizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Har birining oziga xos mentaliteti, urf-odati bor. Masalan, ozbek bilan koreysning yoki boshqa millatga mansublarning toyini bir xil qila olmaysiz.Men, uzr soragan holda, bir xil ssenariy asosida toy otkazish taklifi Kamola Oqilovaning shaxsiy fikri ekanligini yana bir bor takidlamoqchiman. Bir xil ssenariy asosida toylarni otkaza olmaymiz.Xohlagan taqdirimizda ham majlislarga bir xil kiyinib kela olmaymiz-ku. Inchinun, urf-odatlarni saqlab qolamiz, ananalarimizga hech qachon xiyonat qilmaymiz. Har kim oz ananasiga xos toy otkazadi.Bahtiyor Sayfullayev, Ozbekiston madaniyat vaziriEslatib otamiz, 2019-yil oktabri boshida Ozbekiston Senati toylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar otkazilishini tartibga solish togrisidagi nizomni elon qilgan edi. Nizom toy va marosimlarni otkazishda shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yol qoymaslik, mahallalardagi ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qatiy boysunishni talab qiladi.Keyinroq esa Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga Toylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar otkazish tartibini buzish deb nomlangan yangi moddani qoshish togrisidagi qonun loyihasi jamoatchilik etiboriga havola qilindi. Qonun shu tahrirda tasdiqlansa, toy nizomini buzgan toy egalari bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (30-noyabr holatiga kora 2,23 million som), toyxona egalari esa 30 baravari (6,69 million som) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.Mavzuga doir:Iqbol Mirzo: Dabdabali toy qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerakSenator Iqbol Mirzo esa dabdabali toy qilayotganlarga shunchaki jarima solish bilan cheklanmay, ularni xalq oldida sharmanda qilishni ham taklif etgandi. Keyinroq xuddi shu senator toy-marosimlarga faqat ikki sanatkor chaqirilishini nazarda tutuvchi tartibni sanatkorlar ishtirokida qayta korib chiqish maqsadga muvofiqligi haqida fikr bildirgan edi.Mavzuga doir: Illat, dard, balo!. Shavkat Mirziyoyevning dabdabali toylar haqidagi barcha fikrlari (video)

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0