Bundesliga. Bavariya yana yutqazdi va tortinchi oringa tushib ketdi, Borussiya D safarda qiyin galabaga erishdi

Germaniya Bundesligasi 13-turidan orin olgan 30-noyabr, shanba kungi uchrashuvlar yakunlandi. Foto: BundesligaDortmundning Borussiya jamoasi Berlinda Hertaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Jeydon Sancho dortmundliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqada otib, Torgan Azar mehmonlarning ikkinchi goliga muallif boldi. 34-daqiqada Vladimir Darida hisobni qisqartishga erishdi. Birinchi bolim yakunlanishi arafasida Borussiya vakillari kamchilik qoldi, Mats Xummels ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Biroq ikkinchi bolimda arilar hisobdagi ustunlikni saqlab qola oldi.Bavariya esa oz maydonida Bayerni qabul qildi. 10-daqiqada Leon Beyli leverkuzenliklarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Tomas Myuller hisobni tenglashtirishga erishdi. Biroq oradan bir daqiqa otib Beyli mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 81-daqiqada Bayer himoyachisi Jonatan Ta qizil kartochka olib maydonni tark etdi, biroq sondagi ustunlikdan myunxenliklar unumli foydalana olmadi.Shu tariqa Paderbornni maglubiyatga uchratgan Leypsig klubi musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. Bavariya (24 ochko) va Borussiya D (23) jamoalari esa mos ravishda 4 hamda 5-pogonada bormoqda.Bundesliga13-tur bahslari30-noyabr, shanbaPaderborn Leypsig 2:3Gollar: 0:1 3 Shik, 0:2 4 Zabitser, 0:3 26 Verner, 1:3 62 Mamba, 2:3 73 Gyasula.Kyoln Augsburg 1:1Gollar: 0:1 43 Niderlexner, 1:1 86 Kordoba.Herta Borussiya D 1:2Gollar: 0:1 15 Sancho, 0:2 17 Azar, 1:2 34 Darida.Hoffenhaym Fortuna 1:1Gollar: 1:0 6 Kramarich, 1:1 87 Xennings.Bavariya Bayer 1:2Gollar: 0:1 10 Beyli, 1:1 34 Myuller, 1:2 35 Beyli.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0