KXDR TIV Yaponiya bosh vazirini raketalar turlari haqidagi xato uchun tanqid qildi

KXDR TIV Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abeni Shimoliy Koreyada sinovdan o‘tkazilgan raketalarning turlari borasida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun keskin tanqid qildi. Tashqi ishlar vazirligining bayonoti KCNA agentligining saytida e’lon qilingan, deb yozmoqda “Interfaks”. Foto: ITVShimoliy Koreya diplomatlarining so‘zlariga ko‘ra Abe KXDRda sinovdan o‘tkazilgan raketa tizimlarini ballistik raketalari bilan adashtirib yuborgan.Pxenyan sinovdan o‘tkazilgan qurol-yarog‘ning qanday turdagi raketa ekani yashirmay oshkor qilingani va hatto suratlari ham e’lon qilinganini bildirgan. Bayonotda Yaponiya bosh vazirining xato gapirib, o‘zini-o‘zi uyatga qo‘yganligi ham qayd etilgan.Mavzuga doir:  Yaponiya bosh vaziri hukumatining ikki vaziri iste’foga chiqqani uchun xalqdan kechirim so‘radi Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi Kim Chen In 2019-yil oxirigacha Tramp bilan yana uchrashishi mumkin KXDR bir nechta nishonga zarba bera oladigan yuqori kalibrli raketani 29-noyabrda sinovda o‘tkazgan.1-avgustda AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Pxenyan ballistik raketa sinovlarini to‘xtatishni kelishib olganini ta’kidlagandi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0