Rossiya hududiy tergov boshqarmasi polkovnigi 18 million rubl pora bilan qolga olindi

Rossiya tergov qomitasi hududiy boshqarmasining birinchi orinbosari, 43 yoshli adliya polkovnigi Mixail Busilko Yekaterenburgda qolga olindi. Bu haqda Kommersant xabar berdi. Foto: Mir 24Xabarga kora Busilko 18 million rubl (2milliard 663 million som yoki qariyb 280 ming AQSh dollari) miqdorida pora olayotgan vaqtida hibsga olingan. Pullarni unga advokat taklif qilgan. Polkovnikni qolga tushirish operatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati va tergov qomitasining 4-tergov boshqarmasi Yekaterenburg dislokatsiyasi hamkorligida amalga oshirilgan.Busilko vaqtinchalik qamoq izolyatoriga joylashtirilgan va yaqin vaqt ichida sud unga nisbatan ehtiyot chorasini qollaydi. Tergov vakillari gumonlanuvchini qamoqqa olishni soragan. FXX polkovnikning hibsga olingani boyicha rasmiy malumot berishni istamagan.Tergov qomitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko polkovnikning hibsga olinganini tasdiqlagan. Shuningdek, Busilkodan tashqari Vladimir viloyati advokatlar palatasi vakili ham qamoqqa olinganini malum qilgan. Polkovnikka Rossiya qonunchiligiga muvofiq Pora olish, advokatga esa Pora berishda vositachilik qilganlik yuzasidan ayblovlar elon qilinishi mumkin.Mavzuga doir: Uyidan 186 mln dollar topilgan Rossiya FXX polkovnigi oz ishxonasining yonida pora olganligi malum boldi Moskvada FXXning 3 nafar polkovnigi hibsga olindi Avval may oyida Rossiya XX K boshqarmasi ikkinchi bolimini boshqargan polkovnik Kirill Cherkalinga nisbatan 850 ming dollar miqdorida pora olishda ayblov elon qilingan, keyinchalik jinoyat ishi doirasida otkazilgan tintuvlar natijasida jami qiymati 12 milliard rubl (taxminan 1,5 trillion som)ga teng bolgan pul qimmatliklari royxatga olingandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0