Konstitutsiya kuniga bagishlangan marafon 1-dekabr kuni Toshkentning ayrim kochalari yopiladi

Ozbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi tashabbusi bilan 1-dekabr kuni Toshkent kochalari boylab soglomlashtirish marafoni otkaziladi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.Xabar berishlaricha, marafon 8-dekabr Ozbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil qilinmoqda. Marafonda Akademiya shaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boshqa tashkilot hamda vazirliklardan tashrif buyurgan mehmonlar qatnashadi.Soat 10:00 da Akademiya saf maydonidan start oladigan marafon munosabati bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi Kichik xalqa yoli Taraqqiyot kochasi Ashxobod sayilgohi istirohat bogi Mirzo Ulugbek shoh kochasi Parkent kochasi Qurolli Kuchlar akademiyasi yonalishidagi kochalar qisman yopiladi.Unda ishtirok etish istagini bildirganlarni ushbu salomatlik marafoniga taklif etib qolamiz, deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.Toshkent shahar hokimligidan qoshimcha qilishlaricha, marafon soat 11:00 gacha davom etadi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soraymiz, deyiladi hokimlik xabarida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0