Turkiya Ozbekiston bilan harbiy operatsiyalar otkazish borasidagi tajribalarini ortoqlashdi

Ozbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Turkiya Qurolli Kuchlarini zamonaviy harbiy mojarolarda, Afgoniston va Yaqin Sharqda yuzaga kelayotgan vaziyat sharoitida qollash tajribasi mavzusida xalqaro harbiy-ilmiy anjuman otkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati malum qildi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiUnda har ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari masul zobitlari, Ozbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Turkiya Milliy mudofaa universiteti vakillari, professor-oqituvchilar ishtirok etdi.Turkiya bilan ikki tomonlama hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan ushbu tadbirning asosiy maqsadi zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatlari boyicha malumot va fikr almashish uchun maydon yaratish, ularda Qurolli Kuchlar bolinmalarini Turkiya armiyasi misolida qollash tajribasini organishdan iborat. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiAnjumanda dunyoda va mintaqada yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik hamda zamonaviy harbiy mojarolarda Turkiya Qurolli Kuchlarini qollash tajribasi, harbiy mashgulotlar mobaynida qoshinlarni boshqarish, ularning har tomonlama taminoti va jangovar tayyorgarlik tizimini takomillashtirishga doir maruzalar tinglandi.Shuningdek, Turkiya vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv otkazilib, unda ikki mamlakat oliy harbiy talim muassasalarida harbiy kadrlar tayyorlash va pedagogik faoliyat boyicha tajriba almashish masalalari boyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiYalpi majlisdan song anjuman ishi mavzuviy shobalarga bolingan holda davom etdi. Ishtirokchilar harbiy boshqaruv tizimi va ularning jangovar harakatlardagi taminotini tashkillashtirish boyicha tajriba almashdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0