Elmira Bositxonova: Ona sifatida maktablarda ikkinchi smena bolishini qoralayman

Davlat dasturlari asosida maktablarda oquvchilar uchun sifatli va arzon ovqatlanish xizmatlari tashkil qilinadi. Bu haqda 29-noyabr kuni Ozbekiston bosh vaziri orinbosari Xotin-qizlar qomitasi raisi Elmira Bositxonova onalik va bolalikni muhofaza qilish boyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib otdi. Elmira Bositxonova.Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiDaryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning xabar berishicha, anjumanda mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik muhitini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilingan.Muloqotda jurnalistlar maktablarda kopchilik oquvchilar ikkinchi smenada oqishi, lekin ovqatlanish uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani, kop joylarda hatto oshxonalar yoqligi haqida savol bilan murojaat qildi. Ushbu savolga javob berarkan bosh vazir orinbosari kelgusida maktablarda oquvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilishini takidlagan.Davlat dasturlari asosida maktablarda oquvchilar uchun sifatli va arzon ovqatlanish xizmatlari tashkil qilinishini kozda tutilgan. Lekin men maktablarda ikkinchi smenada oqish tizimiga qoshilmayman. Ona sifatida maktablarda ikkinchi smena bolishini qoralayman.Elmira Bositxonova, Ozbekiston xotin-qizlar qomitasi raisiMavzuga doir:U atlasni masxaraboz kiyimi, manaviyat sozini oyinchoq qildi. Bositxonova xonanda Lolaning shov-shuvli klipiga munosabat bildirdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0