Shomurodov RPLning superyulduzi. Uning gollari bilan Rostov peshqadam, Eldor esa oddiy bozorda palov yeydi

Eldor Shomurodovning ushbu mavsum Rossiya chempionatidagi statistikasi ozgacha. 12 ta oyin, 10 ta gol va 2 ta golli uzatma. Ozbekistonlik hujumchi Rostov safida atigi 3 ta oyindagina gol ura olmadi, xolos. Shomurodov bazi vaziyatlarda, hatto topni bosh bilan boysundirish kerak bolgan holatlarda ham gol kiritmoqda. Bunday holatni yaqindagina Dinamo himoyachilari oz boshidan otkazib kordi. Keyin esa uning navbatdagi goli SSKAni maglub etishga yordam berdi. Navbatda bolsa, Zenit turibdi. 19-oktabr, shanba kuni Rostov Sankt-Peterburgda mehmon boladi. Foto: Sports.ruHozircha Eldor Yevropaning biror klubiga otib ketmaganligidan foydalanib, uning Rossiya Premyer Ligasidagi faoliyatiga nazar solsak zarar qilmaydi. U Rostovda faoliyati avvalida deyarli gol urmadi. Kuchuk (Rostov sobiq bosh murabbiyi) Shomurodovnin qanday ishlatishni bilmadi. Karpin esa uni ong qanot himoyasiga qoydi. Qaysidir vaziyatda klubdagilar uni ijaraga berib yuborish haqida ham oyladi, biroq Shomurodov Rostovda qoldi va top darajali hujumchiga aylandi.Gleb Cheryavskiy esa Shomurodovning qanday topilgani, u qanday qilib Karpinni hayron qoldira olganligi va boshqa kop narsalar haqida hikoya qilishga jazm etdi.Shomurodov Afgoniston bilan chegaradosh hududda ulgaydi va mavsumdan oldin qurbonlik qiladigan osha hudud jamoasida top surdiEldor Termiz shahrida osib ulgaydi. Bu Ozbekistonning eng janubiy qismi bolib, daryodan song Afgoniston sarhadlari boshlandi. Undan bu haqda sorasam ajbalanadi:Afgonistonda umuman bolmaganman va bu davlat bilan hech ham qiziqmaganman. U yerda nima ham qiziq bolishi mumkin axir menga? Men umuman boshqa davlatlar haqida orzu qilganman. Bolaligim aniq aytaman: ogir otmagan. Ota-onam hozir ishlamaydi. Avval otam futbol oynagan, onam esa oziq-ovqat dokonimiz bilan shugullangan, deydi Eldor.Shomurodovning bolaligi xotirjam va ortiqcha sarguzashtlarsiz otgan: kochada futbol oynagan, ammo murabbiy nazoratida. Uning jamoasi qoshni shaharlardagi musobaqalarga borib turgan va doim galaba qozongan. 12 yoshida esa osha vaqtda Ozbekistondagi eng yaxshi futbol akademiyasiga ega bolgan Mashal skautlari uning iqtidorini payqab qoladi.Vaqtida Shomurodovni afsonaviy Rivaldo ishtirokidagi Bunyodkor oyiniga (agar yodingizdan chiqmagan bolsa braziliyalik yulduz faoliyati songida Ozbekistonda top surgan) olib tushishga vada berishadi. Oradan bir necha yil otib esa Shomurodovning ozi ham Bunyodkorda paydo boldi: uni osmirlar terma jamoasidagi oyini orqali payqab qolishadi va mamlakatning osha vaqtdagi asosiy klubiga taklif qilishadi. Ozbekistonlik taniqli futbolchilardan biri Anzur Ismoilov vaqtida Ozbekistonda mavsum oldidan jamoalar qurbonlik qilishi haqida aytgandi.Ha, mavsum oldidan qoy soyiladi. Qaysidir jamoalar buni stadionda, bazilari esa undan tashqarida shunday qiladi. Mening jamoamda esa unisi ham bunisi ham kuzatilgan. Muxlislar yoq, hamma darvoza ortiga otib turadi. Mulla esa Quroni Karimdan duo oqiydi va qoyni maxsus belgilangan kishi soyadi. Bu jarayon juda tez bajariladi, gosht esa muhtojlarga tarqatiladi, deya Anzurning sozlarini tasdiqlagandi Eldor.Eldor Bunyodkorda qanot hujumchisi rolida harakat qilib, 60 ta oyin otkazgan. U bu bahslarda 18 ta gol urishga erishgan. Natijalari esa shunday: Ozbekiston chempionati kumush medali hamda mamlakat kubogi finali. Eldor umuman olgan oz vatanida yomon oyin korsatmadi.Ozbekistonda dostlarimiz bor, aynan ular Eldorni sinab korishni tavsiya etgandi. Osha vaqtda Osiyo mintaqasida Eldor juda ham taniqli futbolchi emasdi. Ammo u Rossiyaga nisbatan aynan osha yerda taniqliroq edi. U 20 yoshida Osiyo konfederatsiyasida liderlardan biri bolgan Ozbekiston terma jamoasining asosiy hujumchisiga aylandi. Agar Suriya maglub etilganda, jamoa otish bosqichiga chiqib, Rossiya maydonlaridagi mundial ishtirokchisiga ham aylanishi mumkin edi.Eldor uchun Osiyoda jamoa topish hech qachon muammo bolmagan: Rostovgacha u momaygina pul evaziga Qatar, BAA yoki Saudiya Arabistoniga yol olishi mumkin edi. Xitoyda esa biroz boshqacha. U yerda yulduzli familiyalarga etibor qaratiladi. Biroq Eldorning qattiq xohishi bor edi: Yevropaga ketish. Bundan tashqari Rossiyaga kelish istagi ham bolgan. Biz esa buni asosiy sifatida qabul qilib, birgalikda hammasini bosim va raqobat kamroq bolgankichikroq jamoa bilan boshlashga qaror qildik. Eldor bunga umuman qarshi bolmadi.Biz uni korish uchun uch marta uchib bordik: va shartnoma imzolash yoki yoqligi borasida umuman shubha-gumon bolmadi. Borgan vaqtimizda bizni qoyil qoldirgan holatni eslayman. U qoyilmaqom gol urgandi: hamma kuchli zarba berishini kutib turgan vaqtda Eldor ohistalik bilan topni darvozaning toqqizligiga tashlab qoygandi. Oshanda uning qanday futbolchi ekanligini tushungandik. Shundan song ezmalik qilib otirmasdan qogozlar bilan uchishga qaror qildik. Shundan song yana bir qiziq vaziyat sodir boldi. Ozbekiston terma jamoasi Borussiya Dning ikkinchi jamoasi bilan nazorat uchrashuvini otkazdi. Biz oshanda koproq Fyodor Smolov transferi haqida gaplashish bilan band edik. Skautlardan biri biz bilan uchrashuvda shunday dedi: Ozbeklarning chap qanotida kuchli, tezkor va boydor hujumchi, Yarmolenko uslubidagi forvard, sizniki emasmi?. Tushunyapsizmi, biz Eldor bilan atigi bir oy oldin shartnoma imzolagan edik. Osha lahzada biz bingoga duch kelganimiz haqida ham oyladik. Foto: Google ImagesRostov bilan bir qatorda Eldorni Ufa, Krasnodar va RPLning bir qator klublariga taklif qilgandi. Shuningdek, SSKA ham qiziqsh bildirgandi.Skautlar oyinchilarni kuzatayotgan vaqt bir qancha omillarga etibor qaratadi. Shuning uchun uni nimanidir otkazib yuborishda ayblash noorin. Biroz muddat avval SSKAning seleksiya bolimi rahbari Maksim Dyukov qongiroq qildi. U juda ham zamonaviy yigit. U xatolarini tan ola biladigan kishilar toifasidan. Vaqtida biz Eldorni taklif qilgandik, ular esa rad javobini bergandi. Dyukov shunday dedi: Qahhor, siz bizni hayron qoldirdingiz. Bizning klubda Shomurodovga nisbatan umuman boshqacha baho berilgandi. U esa endi hammani hayron qoldirdi. Togrisi, biz Eldorni deyarli barcha klublarga taklif etgandik. Faqatginda Rostov buni qabul qildi. Shuning uchun ularga alohida tashakkur izhor qilamiz, deya yodga oladi Eldorning agenti Qahhor Mominov.Shomurodovda avvaliga Rostovda hech narsa oxshamadi. Kuchuk uni jarima maydonchasi ichiga qoydi, Karpin esa Eldorni ozodlikka chiqardiRossiya chempionatiga kelgunga qadar Eldor 4-3-3 sxemasida qanot hujumchisi vazifasini bajargan. Kuchukda esa bunday sxema yoq edi. U asosan 5-2-2-1 sxemasidan foydalanardi. Eldor esa bunday holatda jarima maydonchasi ichidan orin olishga majbur edi.Avvaliga Shomurodovni nima uchun sotib olinganini kopchilik tushunmadi. Faqat bitta narsa kopchilikni tinchlantirib turardi. U 21-22 yoshida mamlakat bosh jamoasi safida 20 ta oyin otkazib ulgurgan edi. Kuchuk qoygan pozitsiyasda esa Shomurodovda hech narsa oxshamadi. Bularning hammasi xato bolib, Eldorga esa kengroq hudud kerak edi. Shundan song uni top uzatishi uchun pleymeyker rolida ham sinab korishdi. Bundan ham hech narsa chiqmadi. Karpin davrida esa uni Arsenalga (Tula) ijaraga berib yuborishlariga ham bir bahya qoldi. Shomurodov ham bunga tayyor edi deb oylayman. Ammo u jamoada qoldi, Karpin esa uni hatto qanot himoyasida ham sinab kordi. Shunda hammasi tugadi, Eldor Osiyoga qaytib ketsa kerak deb oylagandim , deya xotirlaydi Rostov sobiq media ishchisi Nikita Kirilenko.Eldor qanot himoyachisi sifatida kubok oyinida Sizranga qarshi maydonga tushdi. Rostov osha oyinda 4:0 hisobida galaba qozondi. Shomurodov esa gol urdi.Juda ogir va noqulay boldi. Ammo baribir futboldan lazzat olishga erishdim. Agar qanot himoyasida oynar ekansan, koproq yugurishga togri keladi. Sizranga qarshi bahsda esa himoyaga qaytmasa ham bolardi. Shuning uchun meni qanot himoyasiga qoyishdi, degandi uchrashuvdan song Eldor.Himoyadagi sinov uzoqqa chozilmadi: uni Dinamoga qarshi oyinda bu chiziqda oynatib korishdi, keyin esa hujumga qaytarishdi. U yerda esa Shomurodov vaziyatlardan foydalanishda muammoga duch keldi.U bir metr masofadan ham darvozani nishonga ola bilmasdi, deydi Krilenko. Oyinda, mashgulotlarda istalgan joyda. Yani Eldor togri ochilar va zarba pozitsiyasiga chiqib borardi, biroq zarbaga kelganda top yuqoridan otib ketardi. Unga hamma shunday derdi: Shoma, uraqol endi. Keyinroq shunday vaziyat boldiki, u ketma-ket uch marta darvoza ustuni va tosinini nishonga oldi, bu esa Eldorga kuchli tasir qildi, mashgulotlarda bir metr yuqoriga tepib yuborishda davom etdi. Karpin uni uygota oldi deb oylayman. Shomurodov Osiyo Kubogidan qaytib keldi, u yerda kop gol urdi. Valera esa oz uslubida piching qildi: Shoma, nima sen faqat Pokiston, Falastin va qirgizlarga gol ura olasanmi? Sening Osiyo Kuboging saviya emas, sen esa faqat osha yerda oynay olasan, xolos. Keyin hazil aralash muntazam uni qiyshiq tayoq deb atardi. Oylashimcha, Karpin bu niqtashlar bilan uni ilhomlantirdi va qayta uygotdi. Kuchuk davrida unday bolmadi, chunki u Petrosyancha hazil qilardi, Valeraniki esa oddiyroq.Karpin Shomurodovga hazil qilishdan toxtamaydi. Intervyu paytida uzoqdan ovoz keldi: Nima, mashhur bolib qoldingmi, ****, hammaga intervyu beryapsanmi?. Sheriklari ham murabbiydan qolishmaydi.Bir marta bizni Rostov-Arenaga sayohatga olib borishdi, u yerda ozbek quruvchilari ham bor edi. Bu 2018-yilning mart oylari edi, stadion deyarli bitib qolgandi. Biz avtobusdan tushdik, ozbek quruvchilari esa Shomurdovga tashlanib qolishdi: Eldor, Eldor. Barcha oyinchilar hazil qilib ketdi, Eldorga quruvchilar bilan qolishi va shu yerda ishlashi mumkinligini aytishdi. Kimnligini eslay olmayman, Parshivlyuk, Skopinsev yoki Peskovdan biri edi, deydi Kirilenko.Vanihoyat Shomurodov 2019-yilning bahorida ozini korsatishni boshladi: Spartakka galaba golini urdi, keyin esa Krasnodarga qarshi oyinda jamoasini maglubiyatdan qutqarib qoldi. Aynan osha oyinda uning boshi yorilgan va hal qiluvchi golni suzish uchun moljallangan qalpoqda urgandi. Rostov reabilitologi oshanda bu qalpoq zarbaga ozgacha impuls bergani va u shuning uchun yaxshi chiqqanini aytgandi.U qadar qattiq yorilmagan edi, oz miqdorda qonagandi, biroq birinchi marta boglangan bosh bilan oygandim. Avvaliga boshim yorilagini sezmadim, bu qon Martinovichniki deb oyladim. Boshimda oqayotganini his qilganimdan keyin, bu qon menga tegishli ekanini bildim. Nimadir surtishdi, qalpoq kiydirishdi. Bu suzish uchun moljallangan qalpoq ekanini ham bilmagan edim, unda oynash u qadar qulay emas edi, deydi Eldor.Bu qalpoqdan butun boshli shou tashkil qilib yuborishdi, Rostov esa Eldorning omadli qalpogi borasida hazillar qildi.Shomurodov bolaligidan Chelsiga muxlislik qiladi va u yerda oynashni orzu qiladi. U Joze Mourinyo bilan ham yuzlashgan Foto: InstagramMavsum oldidan Karpin Shomurodovni asosiy hujumchi sifatida korayotganini malum qildi. Keyin chempionat boshlandi va qatorma-qator gollar boldi. Shularga qaramasdan Transfermarkt portali Shomurodovning narxini kamtarona korsatmoqda 2,5 million yevro (u yerda Rostov Eldorni 750 mingga sotib olingani qayd etilgan).Transfermarktni tanqid qilish odatiy hol, garchi u yerda jiddiy ishlarni amalga oshirsalar ham, deydi Mominov. Biroq keling rostini aytamiz: bu obyektiv olchov emas, ammo futbolda undan boshqa olchov yoq. Bundan tashqari, u yerda Eldor Rostovga 750 ming yevro evaziga otgani yozilgan. Biroq Rostov uni bu miqdordan ancha kamiga sotib olgan. Hozirda u eng yaxshi topurar, yaqinda shartnomani uzaytirdi, shu sabab narx boshqacha. Aslini olganda futbolchining narxi, unga qancha taklif qilishganiga qarab belgilanadi. Shtutgart uning transferi uchun 10 million yevro taklif qildi. SSKA ham shu miqdordagi pulni berishga tayyor edi. Bu yerda qaror qabul qilishni Rostovga qoldirdik. Bu mavzuga qishda yana qaytishga qaror qildik, bizda shunga oxshash takliflar yana bor. Biroq Rostov yanvardagi transferga rozi bolishi qiyin masala, bu yerda ularning pozitsiyasi malum. Ozbekistonda boldim, Eldor va uning oilasi bilan gaplashdim. Agar yozda top-ligalardan biridan taklif boladigan bolsa, uni, albatta, korib chiqamiz. Bu borada Rostov bilan kelishuvimiz ham bor.Shomurodov haqida hatto Joze Mourinyo ham biladi, ularda birgalikdagi surat bor. Ularni ozaro Eldorning agentligi rahbari German Tkachenko tanishtirgan.Meni German Tkachenko bilan uchrashuvim bor edi. U yana bir mehmon borligini va uni korib hayratda qolishimni aytdi. Va biz turgan joyga Mourinyo kirib keldi. U oshan vaqtda Osiyo Kubogini sharhlayotgan edi, German unga men Ozbekiston terma jamoasi oyinchisi ekanimni aytdi. U bilan suratga tushdik va biroz suhbat qurdik. Aytgancha, u Osiyo Kubogida nechta gol urganimni bilar ekan, buni eshitish men uchun yoqimli boldi, deydi Eldor.Shomurdov uchun Mourinyo faqatgina top-murabbiy emas. U portugaliyalik mutaxassis davridan buyon Chelsiga ishqibozlik qiladi va bir kun kelib u yerda oynashni orzu qiladi.Yoshligimda menda Chelsining kok libosi bolar edi. Osha vaqtlarda jamoaga Abramovich kelgandi. Menga Drogba, Torres yoqar edi, biroq Chelsigacha ham ularning oyinidan zavq olardim. Eng sevimli voqea albatta, Chempionlar Ligasi finali bolgandi. Oshanda Robben penaltini ura olmagan, Drogba esa boshi bilan darvozani ishgol qilgandi. Men avval terma jamoa safida top surishni orzu qilar edim va bu maqsadimga erishdim. Endi esa kuchli beshlik chempionatlaridan birida harakat qilishni istayman. Chelsi haqida orzu qilishim tushunarli, ammo menga Germaniya chempionati ham yoqadi, deydi Shomurodov.Hozirda Shomurodov ingliz tilini organmoqda. Togri hozirda uni Yevropa klublari u qadar yaxshi tanigani yoq.Shomurodov terma jamoa oyiniga Moskva orqali uchishi kerak edi. Eldorning beli ogriydi, terma jamoadagilar esa unga ekonom klassdagi chipta olib berishibdi.U biznes klassda uchishni xohladi. Buning uchun qancha tolashi kerakligini soradi. Xodim unga 28 ming rubl deb javob berdi va ortidan: Nima, sizda pul bormi?, deya qoshimcha qildi.Ha, Moskva shunday beshafqat. Rostovda boshqacha: u yerda selfi yoki avtografsiz besh daqiqa ham yurib bolmaydi, deydi Mominov.Shomurodov juda ham kamtar va oddiy yigit: u Rostovdagi bozorda oddiy ozbeklar bilan birga palov yeydi Foto: Sports.ruEldor Rossiya chempionatidagi eng kamtar yigit bolishi mumkin. Birinchidan, u Rostovda eng kam maosh olgan yigitlardan bolib, u osha maoshini ham umuman bir ozi sarflamagan. Aksincha, u hamma pullarini otasiga yuboradi. Uning otasi esa ayni damda Eldorning moliyaviy masalalari bilan shugullanadi. Bundan tashqari uning kamtar va oddiyligini isbotlovchi bir jihat bor: U Rostovdagi bozorlardan birida oddiy ozbek dostlari bilan palov yeyishga boradi..Bu yerning restoran emasligi meni umuman tashvishga solmaydi. Boisi Ozbekistonda bu kabi joylar juda kop. U yerda hamma ham mening futbolchi ekanligimni bilmaydi. Bu Rostovning bir qismi. U yerda palovni juda yaxshi tayyorlashadi. Kilogrammi 2 ming rubl turadi, deya hikoya qiladi Eldorning ozi.U bu yerga kelganda Rostovdagi ozbeklar bilan tanishgan. Ular esa Eldorga Almaz bozorini tavsiya etishgan. Osha bozorda asosan ehtiyot qismlar va ayrim tekstil mahsulotlari sotiladi. Eldor meni ham osha yerga paloy yeyishga taklif qildi. Agar u bolmaganida balki, men umuman osha bozorga bormagan bolardim. Joyi ham bir navi edi. Ammo atmosfera ozgacha: stollar bor, oyoqlaring bilan otiraverasan. Hammasi ozbekcha: hatto hojatxonalar ham. Bolalar esa polda otirib, oyinchoq mashinlarni oynaydi. Togri, ozbeklar bizdan katta farq qiladi. Agar ularning vatandoshi ozga yurtda ozini korsata, hamma undan gururlanadi. Ularda esa Eldor bor. Ular Eldorni kutib olib, palov olib kelishdi, nonlardan qoyishdi. Bunday palovni hech qaysi restoranda tayyorlay olishmaydi, deydi Kirilenko.Restoranlar haqida gap ketar ekan, Eldor umuman alkogolli ichimliklarni ichmasligini takidlash joiz. U hech qachon alkogolli ichimlik istemol qilmagan. Men unga alkogolsiz pivo taklif qilgandim, ammo Eldor uni ham istemol qilishni rad etgan. Issiq edi, biz kafeda otirgandik. Bundan tashqari vaqtida uxlashga yotish, erta turish, mashgulotga birinchi bolib borish, songgi bolib ketish bular oson ish emas. Koplab futbolchilarga Eldorni namuna qilib korsataman. Togri, bular kichik narsalar, ammo shunday jihatlar ham katta natijalarga olib keladi, deydi Qahhor Mominov.Endi esa hikoyamizning kuliminatsion nuqtasiga kelamiz. Shomurodov barcha hujjatlari solingan hamyonini taksida unutib qoldiradi. Keyin esa uni shourma qiladigan ozbek dokonidan topadi.Otamning ozbek dostlari bor. U bir kuni menga yozyapti: Shomurodovdan sorachi, hujjatlarini yoqotib qoymadimikan?. Oyin tugashi bilan Eldordan soradim. U esa Ha, aka hamma hujjatlarim va plastik kartochkamni yoqotib qoydim, deya yodga oladi Kirilenko.U taksi haydovchisiga qongiroq qilgani, biroq u hech narsadan bexabardek ketib qolganini aytdi. Shundan song Eldorga otamning tanishlari borligi va ulardan biri hujjatlarini topgan bolishi mumkinligini aytdim. Eldor bilan hujjatlarni ertasiga birga olish ketishga borishga kelishib oldik.Vaziyat esa quyidagicha bolgan: Haydovchi Eldor hamyonini mashinada unutib qoldirganini korgan. Har qanday aqlli inson darhol hamyonni qaytargan bolardi. Ammo... Hamyonda haydovchining ikki oylik maoshiga teng pul bor edi, axir. U pulni olib qolgan narsalarni Rostovning bir chetiga tashlab ketadi. Uni esa osha yerdagi ozbeklar topib oladi. Ular Shomurodovning hujjatlari ekanligini biladi. Hujjat qolma-qol bolib, oxir-oqibat shourma qiladigan dokon egasiga keladi. Uning xojayini esa mening otam bilan tanish edi. Shu tariqa ushbu hikoya menga qadar yetib keldi. Biz esa ertasiga birgalikda hujjatlarni olishga bordik. Eldor minnatdorchilik sifatida pul berishni xohlagandi, biroq ular buni rad etishdi.Eldor, sen haqiqatda ham supersan!Rus tilidan Asror Abdunazaro va Nodirxon Xamidxonov tarjimasi!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0