Toxtamayotgan Liverpul, uygongan Chelsi va Tottenhem, kanareykalardan tarsaki yegan Man Siti. APLda tur tafsilotlari

Futbol boyicha Angliya Premyer ligasining 5-turi 1416-sentabr kunlari bolib otdi. Odatga kora tur tafsilotlarini bir sahifaga joylashga harakat qildik.LiverpulNyukasl Foto: Google ImagesTurning ilk oyini Enfildda bolib otdi. 4 ta turdan song yoqotishsiz odimlayotgan Yurgen Klopp shogirdlari bu safar Nyukaslni sinovdan otkazdi. Oyin qizillar uchun omadsiz boshlandi. 7-daqiqada mehmonlar azosi Yetro Villems gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 28-daqiqaga kelib Sadio Mane Endryu Robertsonning uzatmasini golga aylantirdi. Oradan 12 daqiqa otib Roberto Firminoning uzatmasidan song darvozabon bilan birga bir chiqib borgan Mane dublga erishdi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oyinga yakuniy nuqtani qoyish Muhammad Salohga nasib etdi. Misrlik hujumchi 72-daqiqada Firminoning zargarona uzatmasini kokka sovurmadi. Natijada Klopp jamoasi ketma-ket 5 ta galabani oziniki qildi va musobaqa jadvalida yakka peshqadam bolib turibdi.TottenhemKristal Pelas Foto: APLKetma-ket uch turda galaba qozona olmagan Maurisio Pochettino shogirdlari beshinchi turda bor alamini Kristal Pelasdan olib qoya qoldi. Tottenhem burgutlar darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Qizigi, gollarning barchasi birinchi bolimning ozida urildi. Gollardan ikkitasiga qitadoshimiz Son Hyon Min mualliflik qilgan bolsa, Erik Lamela ham oz hisobiga bitta gol yozdirib qoydi. Yana bir gol esa Serj Oryening faolligi sabab yuzaga keldi. Faqat uni Pelas himoyachisi Patrik van Anholt oz darvozasiga joylab qoydi. Shu tariqa shporlar oz hisobidagi ochkolari sonini 8 taga yetkazib, toplar nisbatiga kora musobaqa jadvalida 3-oringa kotarilib oldi.Manchester YunaytedLester Foto: Google ImagesOzining avvalgi mavqeyini qaytarish harakatidagi Manchester Yunayted mazkur turni oz maydonida tulkilarga qarshi otkazdi. Old Trafford otgan oyinda muxlislar atigi bitta gol kordi, xolos. U ham birinchi bolimning 8-daqiqasida penaltidan urildi. Unga Markus Reshford mualliflik qildi. Qizil iblislar ushbu galabadan song hisobidagi ochkolari sonini Tottenhemniki kabi 8 taga yetkazib oldi.VulverhemptonChelsi Foto: Google ImagesTurning eng serhmahsul oyini borilar va aristokratlar ortasida kechdi. Avvalgi turda Sheffild Yunayted bilan durang qayd etib, muxlislarini ranjitgan Chelsi bu safar qoyilmaqom oyin namoyish etdi. Avvaliga 31-daqiqada Tomori chiroyli va aniq zarbasi bilan London klubini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa otib, Temmi Abraham hisobni 0:2 korinishiga keltirdi. 41-daqiqada yana osha Temmi oz hisobiga ikkinchi golni yozdirib qoydi. Tomonlar tanaffusga 0:3 hisobida yol oldi. 55-daqiqada Abraham het-trikka erishdi. 69-daqiqada tinib-tinchimagan Temmi oz darvozasiga ham gol urib, avtogol sohibiga aylandi. 85-daqiqada esa yozgi transferlar vaqtida Milandan olib kelingan Patrik Kutrone borilarning oyindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bellashuvga yakuniy nuqtani esa songgi daqiqalarda Meyson Maun qoydi 2:5. Qayd etish joiz, Chelsining ushbu oyindagi barcha golini klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari kiritishga erishdi.NorvichManchester Siti Foto: Google ImagesTur sensatsiyasi sozsiz Norij shahrida qayd etildi. Amaldagi chempion Manchester Siti Chempionship golibi bolgan holda Premyer Ligaga qaytgan Norvich mehmoni bolib maglubiyatga uchradi. Avvaliga 18-daqiqada Kenli Makklin mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa otib Todd Kentuell hisobni 2:0 korinishiga keltirdi. Birinchi bolim yakunida esa Serxio Aguero hisobni qisqartirishga erishdi. Ikkinchi bolim avvalida esa APLda javlon urayotgan Teyemu Pukki Ederson darvozasiga ham gol urdi. Qayd etish joiz, u bunga qadar Liverpul va Chelsi kabi grandlar darvozasini ham ishgol qilgandi. Gvardiola shogirdlari esa maglubiyatdan qutulish ilinjida qilgan tinimsiz harakatlari faqatgina 88-daqiqaga kelib oz mevasini berdi. Rodri uzoq masofadan aniq zarba berib, hisobni qisqartirdi. Ammo undan kopiga shaharliklarning kuchi ham vaqti ham yetmadi.UotfordArsenal Foto: StandardDastlabki ikki turda ketma-ket galabalarni qolga kiritib, muxlislari qalbida kelajakka bolgan umidni yoqqan Arsenal bu safar osha umidni yana sonishi yolida bir qadam tashladi. Uotford mehmoni bolgan Unai Emeri shogirdlari bu safar tayyor galabani qoldan boy berdi. Pyer-Emerik Obameyangning 11 daqiqa ichida urgan ikkita goliga mezbonlar ikkinchi bolimda Tom Kleverli va Roberto Pereyralarning gollari bilan javob qaytardi. Qayd etish joiz, mezbonlarning ikkala golida ham Chelsini Arsenalga almashtirgan David Luiz xatoga yol qoydi. Shu tariqa topchilarning galabasiz oyinlar seriyasi uchta oyinga yetdi.Tur raqamlarda 10 uchrashuvda jami 32 ta gol urildi 18 ta gol mezbonlar, 16 tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi Eng sermahsul bahs: Vulverhempton Chelsi 2:5 Faqat 1 ta oyinda 0:0 hisobidagi durang qayd etildi: Aston Villa Vest Hem Faqatgina2 ta oyinda mehmonlar galaba qozondi. 4 nafar futbolchi dublga erishdi: Sadio Mane, Kallum Uilson, Son Hyon Min, Pyer Emerik Obameyang 1 nafar futbolchi het-trik qayd etdi: Temmi Abraham Ortda qolgan5 turdan song ochko yoqotmagan bitta klub qoldi Liverpul Uchrashuvlarda kiritilgan gollarni Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportda tomosha qilishingiz mumkin.APL5-tur bahslari14-sentabr, shanbaLiverpulNyukasl 3:1Gollar: 0:1 7 Villems, 1:1 28 Mane, 2:1 40 Mane, 3:1 72 Saloh.VulverhemptonChelsi 2:5Gollar: 0:1 31 Tomori, 0:2 34 Abraham, 0:3 41 Abraham, 0:4 55 Abraham, 1:4 69, avtogol Abraham, 2:4 85 Kutrone, 2:5 90 Maunt.Sheffild YunaytedSauthempton 0:1Gol: 0:1 66 JenepoTottenhemKristal Pelas 4:0Gollar: 1:0 10 Son Hyon Min, 2:0 21, avtogol van Anholt, 3:0 23 Son Hyon Min, 4:0 42 Lamela.Manchester YunaytedLester 1:0Gol: 1:0 8, penalti Reshford.BraytonByornli 1:1Gollar: 1:0 51 Mope, 1:1 90 Hendrik.NorvichManchester Siti 3:2Gollar: 1:0 18 Maklin, 2:0 28 Kentuell, 2:1 45 Aguero, 3:1 50 Pukki, 3:2 88 Rodri Ernandes.15-sentabr, yakshanbaBornmutEverton 3:1Gollar: 1:0 23 Uilson, 1:1 44 Kelvert-Lyuin, 2:1 67 Freyzer, 3:1 72 Uilson.UotfordArsenal 2:2Gollar: 0:1 21 Obameyang, 0:2 32 Obameyang, 1:2 53 Kleverli, 2:2 81, penalti Pereyra.16-sentabr, dushanbaAston VillaVest Hem 0:0Musobaqa jadvali Foto: Twitter/@PLTopurarlar royxatiTemmi Abraham (Chelsi) 7 ta golSerxio Aguero (Manchester Siti) 7 ta golTeyemu Pukki (Norvich) 6 ta golRahim Sterling (Manchester Siti) 5 ta golPyer-Emerik Obameyang (Arsenal) 5 ta gol

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0