Jahongir Ortiqxojayevning ham Ozbekistondan qochib ketgisi kelganmi? Toshkent hokimi bilan katta intervyu

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev Spot nashriga intervyu berdi. Madina Rozmatova Spotdagi Xatolar va saboqlar loyihasi uchun davlat xizmatiga otgani uchun biznesdan rasman voz kechgan biznesmen, Akfa Group xoldingi asoschisi suhbatlashdi. Daryo shahar boylab sayr formatida tayyorlangan ushbu suhbatni toliq havola qiladi. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot***Biz fotograf bilan intervyuga barvaqt keldik. Xususan, men ozim bir soat avval shu yerda edim. Ikkalamiz ham qordek oppoq qabulxonada deyarli odam kirmagan kabinet ostonasidan otish uchun ancha kutdik. Aslida bu kabinetda uning sohibi, kiraverishdagi lavhada ismi-sharifi yozib qoyilishi lozim bolgan kishining ozi ham kam boladi. Dastlabki daqiqalarda Jahongir Obidovich bizga intervyu berishni deyarli rad etdi.*** Siz hokim etib tayinlangan birinchi biznesmensiz. OAVda sizning ishlaringiz keng muhokama qilinadi va erishilgan ayrim natijalar haqida siz Alter Egoga bergan intervyuingizda hikoya qildingiz. Men siz bilan biznesdan chiqqan odam sifatida biznes-tafakkur va ishga biznes yondashuv haqida suhbatlashishni istardim. Men hozir biznes bilan shugullanmayman, boshqaruvdan chiqqanman, barcha aktivlarni boshqalarga berganman. Biroq oz xatolarim va muvaffaqiyatsizliklarim haqida hikoya qilishga tayyorman. Jahongir Ortiqxojayev ham xato qiladimi? Albatta. Hamma ham xato qiladi. Biznesdagi muvaffaqiyatsizliklar meni bugungi kunga olib chiqdi va har doim ham hamma ishga muvaffaq bola olmaysiz, bu tabiiy hol. Umuman biznesmen men uchun oddiy soz emas, bu unvon, unga loyiq bolish lozim. Ish va natijalar bilan, piar bilan emas. Sen tadbirkor, turli korxonalar egasi bolishing mumkin, biroq biznesmen deb atalish uchun uni tushunish, u qanday qurilganini bilish lozim. Shu jumladan, mamlakat makroiqtisodiyotiga hissa qoshish kerak. Akfa Group eng boshidan muvaffaqiyatli biznes boldi. Yoq, Akfa Group oz tarixiga ega kompaniya. Uning oz qiyinchiliklari, turli davrlari bolgan. Oylaymanki, u Akfa nima ekanini odamlar bilganlaridan keyingina muvaffaqiyatli boldi.Hamma biznesni muvaffaqiyatli qilish mumkin, biroq negadir faqat taniqli kompaniyalarni muvaffaqiyatli deyish qabul qilingan.Umuman muvaffaqiyatning ozi nima? Chamasi sizni bilganlari va yutuqlaringizni tan olganlari. Masalan, tez ovqatlanish qahvaxonalari kop, biroq McDonalds, KFCni muvaffaqiyatli deb hisoblash qabul qilingan. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Maktab davridan biznes bilan shugullanganingizni aytgansiz. Akfani tashkil etish goyasi qayerdan kelgan? Mutlaqo tasodifan. Men hamisha biznes bilan shugullanishimni bilardim. Boshqa fikrlar hatto xayolimda ham yoq edi.SSSRning yoq bolishi, ogir zamonlar. Bozorni qoyib yuborishlari bilan atrofimdagi barcha biznes bilan shugullana boshladi. Men tasodifan bu biznesga kirdim, lekin deraza profillarini sotishni, tabiiyki, rejalashtirmagan edim. Bu taxminan 2000-yillarda yuz berdi.Oshanda, 1992-yili xususiy kompaniyalar tashkil etishga ruxsat berildi va men ozimning birinchi Jahongir MChJni ochdim. 76 kvadrat metrmaydonda sartaroshxonam va poyabzal tamirlash ustaxonam bor edi, ozim esa 17 yoshdaman. Bundan avvalroq esa poyabzal sotardim, Oloy bozorida ikkita savdo nuqtam bor edi.18 yoshimda bir boksli avtoservis ochdim. Volga avtomobillari tamiridan boshladim, keyin esa xorijiy avtomobillarga otdim u vaqtlarda badavlat odamlar Opelda yurishardi. Yodimda, xorijiy mashinalar uchun birinchi ehtiyot qismlar olib kelish uchun Dubayga borgandim.Osha vaqtlarda xorijiy mashinalarda prokurorlar, militsiya xodimlari va mafiozlar yurishardi. Shunday qilib 19 yoshimda ularning hammasi bilan ishlashimga togri keldi. Bu biznes 2000-yilgacha mening asosiy ishim edi. Meni shaharda shunday taniy boshlashdi. Siz uni keyin yopdingizmi? Avtoservisni aytyapman. Yoq, parallel ishladim. 2001-yili mening yonimga logistika va kargo boyicha tovar tashish bilan shugullanuvchi bir turk keldi. Aynan u menga alyumin profillar sotishni taklif qildi. Biz omborga bordik, men tovarga qaradim hech narsani tushunmadim.Bilasanmi, men qanday qilib bu ishga aralashib qoldim? Mening Rustam ismli bir sinfdoshim bolardi. U menga maslahat berdi bu juda yaxshi, daromadli ish ekanini aytdi. U vaqtlarda bu ishda turklar yakkahokim edi, ulardan boshqa hech kim deraza romlari sotmasdi.Xosh, nima uchun oshanda meni chaqirishdi kimdir, kim uchundir tovar olib kelgan, u esa sotilmagan. Men profilni bir haftaga oldim va hammasini darrov sotib yubordim. Qayerdadir bir yil ishladim, sotib oldim, sotdim. Bu vaqt ichida taxminan 40 ming dollarishladim va taxminan shunchaga tushdim ham. Qanday qilib bu pullarni yoqotdingizmi? Menga profilni sotgan turklarning ozi oyogimdan chaldi. Biz tovarni realizatsiya qilishdan avval ulardan olish haqida kelishgan edik, ular menga jonatishdi va har kuni pulni yuborishimni sorashdi.Men bir sozli odamman. Qarzga botdim, oz pullarimni berdim. Zarariga sotdim. Biroq oshanda mening qolimda 150 kishi ishlardi. Va ehtimol, shuning uchundir, men bu ishlarni tashlamadim. Bazilari endigina maktabni bitirgan bu oddiy bolalarni yoqotish dahshatli va alamli edi. Bu jamoani saqlab qolish uchun qarindoshlarim, yaqinlarim, akamdan qarz oldim.Oshanda xatolardan muhim saboq oldim. Sening qancha puling borligi emas, balki sen bilan qanday odamlar ishlayotgani muhim. Odamlar tufayli siz biznesda qoldingiz. Afsuslanmadingizmi? Sira ham. Birinchi muvaffaqiyatsizlikdan keyin xodimlarimdan birini Turkiyaga jonatdim, aytmoqchi, u hozir ham kompaniyada ishlaydi, unga qayerga borish va tovar borasida kim bilan kelishib olishni tushuntirdim. Xodim mening gapimga quloq solmadi va boshqa joydan tovarni arzonroq narxda olib keldi.Qarangki, turk hamkorlarimiz yil davomida bizni aldab kelishgan va tovarni ancha qimmatga sotishgan ekan. Biroq, mening nazarimda, bu bizni ular bilan musobaqalashishda belimizni yanada mahkam boglashga va bu raqobat urushida yutib chiqishimizga yordam berdi.Bir yildan song servis va brendga kiritgan mablaglarimiz va jamoa yordamida biz bozorda yetakchi bolib oldik. Yoqotilgan pullar ornini bir yarim oydayoq toldirdik. Va bu endi Akfa kompaniyasi edi. Sen hayron bolasan, ammo Akfa keyinroq va kutilmaganda paydo boldi. Biz savdoda yetakchilik qilib turgan paytlarimizda bizga Akpa nomi ostidagi turk kompaniyasi murojaat qildi. U hech narsani eslatmayaptimi?Shunday qilib, bu turk xoldingi rahbari men uni oz ustozim deb bilaman Adnan Chalishkan bizning yonimizga keldi va hamkorlik qilishni taklif etdi. Uch yil birga ishlagandan keyin men kompaniyaga ular brendining Ozbekistondagi vakolatxonasi eksklyuziv huquqlarini sorab murojaat qildim.Senga tushunarli bolishi uchun, bu 2000-yillarning boshlari edi, u vaqtlarda reklama, marketing sozlarini Toshkentda kam odam eshitgan, biz esa brendga kop mablag kiritgandik. Butun shahar boylab tashqi reklamalar ornatilgan, biz muntazam ravishda uni turli formatlarda, hamma boradigan joylarda aylantirardik.Albatta, qaysidir bir vaqtda biz oylab qolardik nega faqat bizning jamoa reklama beradi, tovarni esa istagan kishi sotadi. Eksklyuziv shartlar borasida bizga rad javobini berishdi va men Akpa bilan barcha kelishuvlarni toxtatdim.Adnanbeyning ukasi bor edi, u oshanda menga shunday dedi: Akpa katta va kuchli brend. Mahsulotimizni har qanday holatda sotib olishadi, sendanmi, boshqadanmi, ahamiyatsiz. Bu yerda noqulay holat yuzaga keldi, bu ish meniki emasligini aniq tushundim.Bu muvaffaqiyatsizlik orqali navbatdagi biznes-saboq edi. Oz brendingizni yolga qoying, ozgalarnikiga faqat agar sizda eksklyuziv sharoitlar bolsagina mablag kiriting. Natijada boshqalarning brendini ommalashtirdim hamda oz kompaniyamni tashkil etib, uni mohiyatan yoq qildim. Ozingiz bunyod etgan narsa vayron bolayotganini tushunganingizda dahshatga tushdingizmi? Shaxsan ozim uchun yoq. Menga yana jamoam uchun tavakkal qilish qorqinchli edi, endi jamoam 200 kishidan ortiq, ularga oz vaqtida maosh berish, boqish lozim. Biroq negadir men hammasi yaxshi bolishiga ishonardim. Negadir hech qachon ozim uchun qorqinchni sezmadim. Va turklardan ham xafa bolmadim, hissiyotlarning biznesga aloqasi yoq bolsa kerak. Ishlab chiqarishga ham siz Akpa bilan bolgan voqea tufayli kirgan ekansiz-da? Akpa bilan hamkorlikdan voz kechganimdan keyin ozimga va ularga tez orada butun mamlakat yana faqat mendan sotib oladi, deb vada bergandim yetti oydan keyin shunday boldi ham. Ammo bunga qadar Adnanbek bilan biznesim haqida suhbatlashdik.Ozbekistonga har oyda 10 tonnadan ortiq alyumin profil olib keldim, u esa meni telba deb atadi. Faqat logistikaning ozi 70 ming dollarga tushdi. Nafaqat u, boshqa kopchilik menga: Zavod och. Savdo-sotigingga qara, senga savdo emas, balki ishlab chiqarish bilan shugullanish koproq foyda keltiradi, deyishdi. Foto: Yevgeniy Sorochin / SpotMen derazalar uchun profillar va aksessuarlar sotishda davom etdim. Menga nima uchundir zavodni eplay olmaydigandek, bu juda qiyin, qimmat va ilojsizdek korinardi. Oxir-oqibat 2005-yili zavodni birga ochdik.2011-yilga kelib, ishlab chiqarish hajmi bir necha ming foizga osdi. Biz barcha detallar, aksessuarlarni ishlab chiqara boshladik, butun siklni yolga qoydik. Osha vaqtda Ozbekistonda 6 mingdan ortiq, MDH boyicha 500 dan ortiq mijozlarimiz bor edi oshandayoq eksportni boshlagandik.Men hozir xususiy mijozlar togrisida emas, balki B2B bozori haqida gapiryapman. Barcha kichik sexlar butlovchi qismlarni bizdan sotib olar, ulardan deraza yasab sotishardi. Akfada u vaqtlarda 7500 kishi ishlardi. Siz yolga qoygan, biroq, yurishmagan, keyin yopishga togri kelgan loyihalar bormi? Albatta, bolgan. Yaxshiki, ular xolding ichidagi kichik bizneslar, qandaydir aralash yonalishlar, kichik kompaniyalar edi. Biz ishlab chiqarishni kengaytirayotganda kop xatolar qildik ishlab chiqarishda juda qimmat loyihalarni yolga qoydik, importdan qimmat tovarlar ishlab chiqardik.Men ish bermaydigan kompaniya yoki loyihani yopishni orqaga surishni kop qiziqmaslik kerak bolgan juda xavfli oyinga tenglashtiraman. Sen hammasini yutishing yoki hammasini yutqazishing mumkin. Lotereyadagi kabi.Shuning uchun biznes yuritganimda hamisha qoidalardan chetga chiqmaslikka harakat qilganman foyda keltirmaydigan, muvaffaqiyatsiz, istiqbolsiz loyihalarni yopishni uzoq chozish kerak emas. Oxir-oqibat baribir yutqazasan. Maglubiyatni darhol tan olish kerak, bu arzonroq tushadi. Men odatda kompaniyani yopganman, boshqaruvchilarni ishdan boshatganman, shunaqasi ham bolgan. Oz xatolarni tan olish qiyin. Yoq. Mening nazarimda juda qattiq tavakkal qilmaganman. Muvaffaqiyatsizliklarga ham xotirjam munosabatda bolishga harakat qilganman. Chamasi, 15foiz kompaniyalarni qisqartirganmiz.Eng qiyini odamlaringni yoqotish.Biznesdan chiqishimdan oldin biz top-menejment bilan bu mavzuni muhokama qilgandik. Hisoblab korsak, Akfa Group faoliyati davomida top-menejmentdan atigi uch kishi boshabdi. Qolganlar 25 yildan ortiq vaqtdan beri kompaniyada ishlaydi. Sizda pul yetmagan vaqtlar ham bolganmi? Aslida yaxshi biznesmenga hamisha pul yetmaydi. Hamisha. Biznesda men shunday madaniyatni shakllantirdimki, boshqaruv kengashi doim yangi imkoniyatlar qidiradi. Bu ham pul doim yetishmasligi lozimligi bilan bogliq.Biznesmenda ortiqcha pul bolsa, tamom, u notogri yolda. Agar pul yetarli bolsa, biznes rivojlanishdan toxtaydi.Men kompaniya rahbari bolgan vaqtlarimda biz doim hal etilishi lozim bolgan muammolarimiz bolishiga harakat qilardik, oz boshimizga ish orttirardik. Nazarimda, bu men vujudga keltirgan biznes ichidagi korporativ madaniyat asosi bolib qoldi.Tabiiy, juda murakkab davrlar boldi, men biznesni yigirma yillar avval boshlaganman. Bu shunday davr ediki, sobiq bezorilar biznesmen bolib qoldi, hamma narsa kocha qonunlari bilan hal etilardi. U vaqtlarda hamma shunday ishlardi. Barcha mafiya va militsiyadan qorqardi. Jahongir Ortiqxojayevga qachondir qiyin bolganiga ishonging kelmaydi. Bolgan, albatta. Biznesing qancha katta bolsa, masuliyat ham shuncha baland boladi. 2011 yili menejment bilan kelgusida qaysi yoldan borishimizni jiddiy muhokama qildik. Tashqaridan bu telbalik bolib tuyular biznes gullab-yashnayapti, savdo ketyapti va men intensiv rivojlanishni toxtatib turish haqida qaror qabul qilish uchun kengash chaqiryapman.Ayni oshanda kompaniya gullab-yashnab turgan bir paytda biz diversifikatsiya togrisida qaror qabul qildik. Chunki bozorda eng yirik ishtirokchi bolib qolish ancha xavfli edi.Birinchidan, monopol bolib qolish xavfi mavjud, biz esa hech qachon bunga intilmaganmiz. Ikkinchidan, tanglik yuz bersa, kompaniyani yopishga togri keladi. Biz yangi ishlab chiqarishni, bu safar maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasini ochishga qaror qildik. Oshanda qaroringizga nima tasir korsatdi? Otam. U SSSRda xizmat korsatgan muxandis, butun umr gazchi bolib ishlagan. Ichiqarish togrisida oylagan paytimda, u menga elektronika, maishiy texnika tomon borishni maslahat berdi. Artel shunday paydo boldi. Bu yangi tavakkal edi. Biz hamkorlarim bilan uch yonalishga bolindik va har birimiz ishlab chiqarishning yangi liniyasini barpo etishga ketdik. Siz Artelni ochganingizda yangi muvaffaqiyatsizliklar yuz berdi. Albatta. Men uchun ishlab chiqarish ochish, zavod qurish bu qandaydir boshqacha lazzat beradi. Biznesda shaxsan meni hamisha bu jarayon hayajonga solgan qachon barpo etasan, ish orinlari ochasan, qachon bu ulkan mashina ishlay boshlaydi.Biz Artelni ochishga qaror qildik, va eng boshida hammasi silliq ketayotgandek edi. Chet elga bordik, ularning tajribasini orgatdik, bitimlar imzoladik, kreditlar topladik. Zavod barpo etdik, gaz plitalarining birinchi turkumi chiqdi, bozorga tovar chiqardik u esa sotilmaydi. Vaqt otadi, tovar ishlab chiqariladi va omborda qoladi. Hech kim sotib olmaydi.Men shaxsan Malika"ga (Toshkentdagi maishiy texnika bozori. Fleshka Spot izohi) bordim, sotuvchilardan ular nega Artelni sotmayotganlarini soradim. Yosh yigit, sotuvchiga yaqinlashaman, faqat ugina mening savolimga javob berdi.Bozorda yozilmagan qoida bor edi u yirik ishlab chiqaruvchilar va import ortasida bolingan. Agar yangi ishlab chiqaruvchini olsang kimdir senga oz tovarini otkazmasligi mumkin, shuning uchun sotuvchilar bizni inkor etishdi. U menga oshanda shunday dedi Aka, kochada och qolaman, sizning texnikangizni qoya olmayman. Bir necha magazinlarda ham shunday javob berishdi. Shunday qilib bozor qatorlari boylab yurdim, hamma yerda rad javobini oldim.Dokonlardan birida meni tanib qolishdi. Oshanda Akfa haqida bilishardi va sotuvchi men bilan salomlashib, nega biz faqat gaz plitasini sotuvga qoyayotganimizni soradi.Mantiqan togri, odamlar turli ishlab chiqaruvchilar texnikasini sotib olishni xohlashmaydi, bunda servis xizmati harajatlari oshib ketadi. U menga texnikani komplekt qilishni maslahat berdi. Biz bir yil hech narsa sota olmadik, chunki faqat gaz plitalari chiqargandik. Bu sizga qanchaga tushdi? Artelni Akfaning pullari hisobiga rivojlantirdik. Qariyb bir yil omborga ishladik, savdo deyarli yoq edi. 1,5 mln $dan ortiq mablag sarfladik. Savdo dokonlari boylab qilgan ekskursiyadan juda hafa bolib qaytdim, chunki yana loyiha ish bermaydigan va odamlar ishini yoqotadigan bolib korindi. Bu ahir butun boshli zavod, biz uni qurib boldik.Lineykani kengaytirish, maishiy texnikani toplam qilib ishlab chiqarish haqida qaror qildik.Ishlarni bolib oldik, men muzlatgich ishlab chiqarish, orinbosarim -sovutgich, qolgan hamkorlarimiz televizor va boshqa buyumlar ishlab chiqarish bilan shugullandik. Hamma yangicha ishlaydi. Chet ellarga boramiz, jihozlar olib kelamiz, quramiz, yolga qoyamiz.Va butun kelasi yil davomida biz bir-birimiz bilan musobaqalashdik. Umuman, biz doim shunday chellenjlar otkazardik kim yaxshiroq, koproq ishlab chiqaradi, kimning maxsuloti xaridorgir boladi.Savdo dokonlaridagi osha voqeadan bir yarim yil keyin biz bozorga tola komplekt bilan chiqdik. Juda tez brendni aylantirdik, talab ulkan. Va bu biznesda hech qanday imtiyoz yoq, faqat maqbul pullarga sifatli mahsulot bor xolos. Foto: Yevgeniy Sorochin / SpotArtel mahsulotlari nafaqat bizning bozorda sotiladi, mening bilishimcha, kompaniya hozir ham kop eksport qilmoqda, xali men borimda eksport ancha salmoqli edi, yaqinda eshitishimcha, AQShga ham mahsulot yetkazib bera boshlashdi. Siz har doim odamlar, ularni yoqotish sizga ogirligi, biznesni ular tufayli tashlamaganingiz haqida kop gapirasiz. Sizga sotqinlik qilishganmi? Yoq. Gapirishga arzigulik darajada hech qachon bunday bolgan emas. Qandaydir mayda-chuyda qilmishlar bolgan mening yigitlarimda, ehtimol kichik mojarolar. Ammo sotqinlik qilishmagan.Akfa Groupda 35 mingdan ortiq kishi ishlaydi, ularni hech kim zorlik bilan ushlab turmaydi. Ular bu kompaniyani har kuni tanlaydi, demak, ularni nimadir ushlab turadimi?Men hiyonatga loyiq bolish kerak, deb hisoblayman.Bu menig tushuncham. Agar sen oz vaqtida odamlar bilan muloqot qilsang, uning mehnatini xolis va odilona baholasang, u bilan muammolar haqida ochiq gaplashsang, ular nega seni sotishsin? Muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, birinchi navbatda nima qilasiz? Avvaliga asabiylashaman. Keyin bundan qanday xulosa chiqarish, foyda olish haqida oylayman. Har bir salbiy holat men uchun ijobiy, har qanday muvaffaqiyatsizlikdan foyda olishim mumkin. Kamida tajribam oshadi. Albatta, jiddiy tangliklar bolgan, oshanda menejment bilan otirib muammolarni zudlik bilan hal qilganmiz. Siz qatiqqol rahbarmisiz? Talabchan. Biroq hech qachon urushmayman. Shunday rahbarlar bor, xodimlarga ovozini kotarishi, ularni sokishi mumkin. Kompaniyadagi 15 yillik faoliyatim davomida men sokinish nima ekanini butkul unutdim. Umuman, qandaydir qattiqqollik zarur bolgan vaziyatlar juda kam bolgan.Hozir davlat xizmatida, albatta, asabiy vaziyatlar kop. Men muammoni odamlardan qidirmaslikka harakat qilaman, biznes uchun ozim javobgarman. Odam, umuman, odatda oziga ozi muammo. Sizga odamlarni ishdan boshatish juda qiyin. Buni juda yomon koraman. Xato qilganini his qilaman. Buning ustiga xodimgina emas, mening ozim qayerdadir xatoga yol qoygan bolaman, uni ishdan boshatishgacha olib kelgan vaziyatni oldindan korabilmaganman.Agar men rahbar ekanman hammasi uchun shaxsan ozim javobgarman. Boshqalar emas. Siz biznesni qarindoshlaringiz bilan qurgansiz. Yoq, ozim. Qolingizda qarindoshlaringiz ishlashganmi? Yuqori lavozimda emas, bu prinsipial vaziyat. Hamma uchun umumiy shart-sharoitlar.Men bu agar biznesga xavf tugdiradigan bolsa, qarindoshlarim bilan ishlamaslikka harakat qilaman.Agar loyiq bolmasa, ularning hech birining lavozimi ham kotarilmaydi. Men uchun umuman ishda qarindosh degan tushuncha yoq, hamma uchun tartib bir xil. Hozirgi savolimni berishni istamasdim, biroq uni kop eshitaman, shuning uchun soramoqchiman. Nega sizning xodimlaringiz hamma yerda sizni himoya qilishadi? Buning ustiga boshqalarning fikrini eshitmaydilar? Himoya qilishadimi? Aftidan ha. Nima deb oylaysan? Mana hokimlikda, qara hozir qanday? Bilmadim, bugun masalan dam olish kunimi, bu yerda juda jim-jit. Kompaniyadami, bu yerdami, xohlagan odamingdan sorashing mumkin. Ular qayerda men bilan ishlashmasin, doim oz odamlarimni himoya qilaman, Ularning hammasi buni aniq bilishadi. Xatto ular haq bolmasalar ham (pauza).Bu ichki ish, xato bolishi mumkin, men ozim keyin ular bilan buni aniqlashtiraman. Biroq, agar bu odam ataylab xato qilmagan bolsa, uni oxirigacha himoya qilaman. Mamlakatdan ketmoqchi bolgansiz? Ha. 2013 yilda. Nega, bu biror narsa bogliqmidi? Osha vaqtdagi siyosat bilan. Nega qoldingiz? Ortimda qancha odamlar bor edi, agar men qochib ketsam ularga nima bolardi? Meni taqib qilishgandi, agar qochsam kompaniyani yopishardi, on minglab odamlar kochada qolgan bolardilar. Men shunday oyladim mayli, meni qamashsin biroq bu odamlar ishsiz qolishmasin. Bu oson qaror emas edi. Bu yerda hech qanday qahramonlik yoq. Men vatanda qolganim uchun zorman yoki qahramonman, demoqchi emasman. Umuman, Yaratgan senga qancha boylik, pul, resurs va imkoniyatlar bergan ekan, huddi shuncha muammo va sinovlarga ham duch kelasan. Masalan, bir million pul ishlab topsang, uning muammosi ham millionga teng boladi. Osha ikki yil, yani 2012?2013 yillar barcha biznesmenlar uchun juda murakkab bolgan. Sizga bosim otkazishdimi? Ha, hammaga kabi. Men yana bu shaharni juda yaxshi korganim uchun ketganim yoq. Bu yerda mening oilam, dostlarim, tarixim. Boshqa biror joyda men kim bolardim? Biznesdan chiqqan odam uchun siyosatda qiyin bolsa kerak? Qiyin. Eng qiyini nimada? Biznesda hamma narsa tez xal boladi. Siyosatda uzoq vaqt kerak. Har bir sozingni oylab gapirishing, kop muloqotda bolish, ochiqlik va mashhurlik lozim. Sizga mashhur bolish yoqmaydimi? Yoq mutlaqo. Men hech qachon bunga intilmaganman. Agar mashhur bolishni xohlaganimda, ehtimol, qoshiq yozarmidim (kuladi). Biznes bilan shugullanayotganingizda nega hech qachon intervyu bermagansiz? Odamga mashhurlik nimaga kerak? Pul uchunmi? Agar menda pul shunday ham yetarli bolsa? Menda xatto Facebook yoki Instagram ham yoq edi. Hozir bor, vaqt taqozosi. Biroq ommaviylikda hech qachon biznes yoki ozim uchun imkoniyat korganim yoq. Menga buning qizigi yoq.Keyin, ommaviylikka bolgan bu trend tez orada otib ketadi, deb oylayman. Bir yildan song ozini bloger, media kishisi deb atash hozirgidek urf bolmay qoladi. Men uchun jurnalist va blogerlar boshqa kasb egalari kabi odamlar. Foto: Yevgeniy Sorochin / SpotNega men masalan, jurnalistlar bilan uchrashuv tufayli kimnidir qabul qilmasligim kerak? Qandaydir imtiyozlarni berish, ularning shaxsiy masalalarini navbatdan tashqari korib chiqishim kerakmi? Shaharda hammaning muammosi bir xil.Hozir men ozimni yaxshilab piar qilishim uchun hamma resurslar bor, chiroyli suratlar chizish, hech narsa qilmay, kop intervyu berish va mashhur bolish. Men bunday qilmayman.Mening piarim bu ish, aniq ozgarishlar. Mayli, muvaffaqiyatsizliklar, negativ, murakkab muloqotlar, mening shaxsiy xatolarim evaziga bolsin. Bu ishlarning natijasi korinadi, ularga chiroyli maqolalar yoki reportajlarning hojati yoq. Keling, biznesingizga qaytamiz. Boshqaruvidan butunlay chiqib ketdingiz. Bu ruhan ogir boldimi? Men nimaga va nima uchun ketayotganimni bilganman. Bilasanmi, bu Yaratganning ishi. Hech qachon seni nima kutayotganini bilmaysan.Siz jamoangizni toplab Boldi bolalar, endi meni ofisda har kuni kormaysizlar, men ketyapman degan kuningizni eslaysizmi?Shunday bolganini sen qayoqdan bilasan? (jilmayadi). Haqiqatan shunday majlis otkazganman, ornimga odam taklif qilganman, oz rejalarim haqida gapirganman. Men kopdan beri bu kompaniyaning yagona egasi emasdim va uning istiqbol taqdiri haqidagi qarorni birgalikda qabul qilganmiz. Tabiiy, ketish oson bolmadi. Jamoa sizning ketish haqidagi qaroringizga qanday qaradi? Axir rahbarni mamlakat prezidentining shaxsan ozi bunday lavozimga tayinlagandan keyin ular qanday munosabatda bolishardi? Albatta, ular men uchun xursand bolishdi. Bu ulkan masuliyat. Men uni rad etishim mumkinmi? 32 mln fuqaro orasidan meni tanladi, men osha damlarda haqiqatan baxtli edim. Prezident sizni hozir ham qollab-quvvatlayaptimi? Qollab-quvvatlayapti. Kuniga necha soat ishlaysiz? Har xil. Ilgari ertalab yettida boshlardim, hozir soat sakkizdan yarim tungacha. Bazan oqshom soat sakkizlarda ish tugaydi. Ortacha 16?17 soat. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Siz Kirill Altmanga (Alter Ego boshlovchisi Spot izohi) bergan intervyuingizda tort oy mobaynida faqat bir marta oilangiz bilan kechqurun birga ovqatlanganingizni aytgansiz. Yaqinlaringizni kam korayotganingizga achinmaysizmi? Kecha kechqurun birga ovqatlandik. Hozir ularga sal koproq vaqt ajratishga harakat qilyapman. Qattiq achinaman, biroq boshqa ilojim yoq. Bunga qaramay, rafiqam, farzandlarim meni juda qollab-quvvatlashadi. Agar men kabinetda otirsam va hech narsa qilmasam, bu vaqtni behuda otkazganim uchun qattiq xafa bolgan bolardim. Shokolad fabrikasiga [Crafers] mablag kiritish goyasi qanday yuzaga keldi? Men unda shahar hokimi emas edim, menga yaxshi tanishim qongiroq qildi va qandolat-shokolad fabrikasiga sarmoya kiritishni tashkil qildi.Men xayron boldim unga biznesim butunlay boshqa yonalishda va men mahsulot yoki boshqa biron narsa bilan shugullanishni rejalashtirayotganim yoq, deb aytdim. Biz uzoq gaplashdik va u meni bu sohaga investitsiya kiritish masalasini oylab korishga kondirdi. Bu mening Akfa Groupdagi murakkab, oxirgi loyiham edi. Nega Amilov Crafersga ozgartirildi? Egasi nomi shov-shuv bolishini istamadi. Shunchaki ommalashishdan chochidi, bu normal holat. U mashhurlikka ancha tobi yoq odam, brendni oz nomi bilan boglanishini xohlamadi. Biznesdagi oxirgi qarorni qabul qilish sizda qolgan. Yoq, bolmagan gap. Mening fikrim kop fikrlarning biridir. Barcha qarorlar kollegial qabul qilingan, boshqaruv kengashining har bir azosi ularning muhokamasi va qabul qilinishiga oz tasirini otkazishi mumkin edi.***Intervyuning katta qismini biz Jahongir Obidovich bilan birga shaharda amalga oshirdik. U bizga ish kunlari qanday yolga qoyilgani, shahar hokimini Toshkentni aylanganda nimalar tashvishlantirishi haqida sozladi.Tashkent Cityga eng oxirida kelamiz. Bu yerda, MDHda oxshashi yoq noyob musiqiy favvora yonida turib, u bizga ushbu loyihaga hech kim ishonmagani haqida hikoya qiladi.Qurib bitkazilgan Hilton mehmonxonasi, Tyusso xonim muzeyi, kop qavatli yangi binolar qurilishlari, ulkan parkni korib, men shaharning bu qismini zorga taniyman va ozimizning Toshkentda turganimga ishongim kelmaydi.*** Intervyuingizda siz Tashkent Cityga mablag kiritishni taklif qilgan deyarli barcha investorlar buni rad etganlarini aytgansiz. Nega? Ular bu loyiha amalga oshishiga ishonmadilar. Ularni ishontira olmadingizmi? Bu otish davri edi, xali konvertatsiya ochilmagandi, islohotlar bilan bundan keyin nima bolishi mavhum edi. Ularning aksariyati qurilishni boshlaganimizdan keyin Ozbekistonda bolishdi, hozir hayron qolishyapti. Har bir yangi rad etishdan qanday xulosa chiqardingiz? Menga ular telbadek tuyuldi. Shunday vaqtlar boldiki, muzokaralardan konglim aynidi. Kuniga 20?30 besamar uchrashuvlar bolardi. Rad etish ortidan rad etish, loyihaga ozimning ham ishonchimni yoqotmaslik oson emasdi. Biroq men negadir kor-korona u amalga oshishiga ishondim.Xohlaysanmi, borib koramiz? U yerda binolardan tashqari chiroyli park, noyob favvora, yana koplab boshqa ajoyib maskanlar boladi.Xulosa faqat bitta qulay shart-sharoitlarni kutmasdan ishga kirishish lozim.Hozir kopchilik biz agar yana Tashkent City lotlarini taklif qilsak, muzokaralarda ular ozlarini boshqacha tutishlariga ishonaman. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Siz shahar mamuriyati boshqaruviga biznes-mexanizmlarni joriy etishingiz haqida gapirdingiz. Eng qiyini nima? Bu holatda xalq kim hamisha haq boladigan mijozmi yoki sizni aktivlarni boshqarish uchun yollagan minoritar aksiyador? Mijoz emasligi aniq. Bu shahar odamlarniki, ular barcha jarayonlarning bevosita qatnashchisi. Aksiyadorlar? Bolishi mumkin, biroq ular biznesda CEOni yollaydilar va agar oz dividendlarini olib turishsa, uning ishiga aralashmaydilar.Men uchun bu juda togri qaror bolardi, biroq joriy voqelikda bunday emas. Ular meni saylaganlari yoq, biroq shaharliklar keyinroq bonuslarini olishlariga ishonaman.Agar bu qiyoslashni davom ettirsak, hozir men shahar resurslarini rejalashtirishga, keyinroq, bu rejalarni amalga oshirishga biznes-yondashuvni joriy etishni rejalashtiryapman.Shahar pul ishlashi kerak. Poytaxtga ogir sanoat inshootlari kerak emas, bizga koproq xizmatlar kerak, Toshkent servis sektorini rivojlantirishi zarur. Umumiy ovqatlanish, biznes-markazlar, gozallik salonlari, magazinlar, xizmat korsatish sohalarining turli yonalishlari. Yani qanday? 1 000 000 somlik rejalashtirib, chontagingga faqat ming som tushsa bu yomon. Hozir men tizimni shunday tuzyapmanki, shahar qisman oz harajatlarini qoplasin. U faqatgina soliq tolovchilar pullariga yashay olmaydi bu mohiyatan notogri yondashuv. Hokimlik pul topishi mumkin va buni qilishi lozim.Misol keltiraman. Koryapsanmi, shaharda hozir har oyda, har xaftada turli tadbirlar otkaziladi. Kelasi yili shahar bu iventlardan reklama va ishtirokchilar uchun joylar hisobidan 250 mlrd somdan koproq mablag oladi. Shu bilan birga shaharliklar uchun bu tadbirlarning barchasi bepul bolib qoladi. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Hokim bolib ishlash mashaqqatli va ayni paytda tabir joiz bolsa, qadrsiz ish. Siz yaxshi bilasiz, shahar uchun ham, undagi ozgarishlar uchun ham hech kim rahmat demaydi. Buning ustiga kop narsa katta mashaqqat, bazan dahshatli hodisalar evaziga amalga oshiriladi. Biznesdan chiqish va shahar boshligi bolish har qalay siz uchun nima, muvaffaqiyatsizlikmi yoki omad? Buni vaqt korsatadi. Hozircha muhokama qilish erta. Biroq, agar biznesdagi xatolarim, tajribam bolmaganda bu yerda bolmagan bolardim.Vaqtim tugayapti, shahardagi tadbirni korishga borishim kerak (suhbat Mustaqillik kunining 28 yilligi bayrami kunlari bolib otdi Spot). Men bir necha obyektlarga borishim lozim, ular mening ozimga ham juda yoqadi, kel, suhbatni u yerda davom ettiramiz. Yaxshi.***Yolga chiqishdan avval men Jahongir Obidovichdan ishdagi eng yaxshi korgan joyi haqida soradim. U menga shu vaqtgacha korgan muzokaralar stollari orasidagi eng gayritabiiysi mo'jazgina oshxonani korsatdi. U kabinetiga qaraganda bu yerda koproq boladi. Bu yerda uning bevosita qol ostida ishlovchilar bilan tezkor uchrashuvlar otadi. Shu yerda hokim navbatdagi bir finjon achchiq qahvani ichadi.***Biz yolda ketayotganda, bosh vaqtlaringizda nima bilan shugullanishingiz haqida sozlab bering?Agar bosh vaqt topsam kitob oqiyman, uxlayman, davolanaman. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Agar bosh vaqtingiz bolsa, nima qilgan bolardingiz? Pianino chalgan bolardim. Kopdan beri pianino yoniga kelmadim, u juda yaxshi tinchlantiradi odamni. Jahongir Obidovich, biz hozir Anxor yaqinidagi park boylab ketyapmiz. Bu yerdagi snoslar bilan bogliq voqeani eslayman. Siz snoslarga qanday munosabatda ekaningiz haqida sozlab bering, odamlarni uylaridan kochirishingiz, ularning muammolarini hal qilish zarurligini tushunish va tunlari xotirjam uxlashbu nima? Men hozir boshqa misolni eslayapman. Sebzor yaqinidagi uylarni buzganlarini. Menga bir kecha-kunduz vaqt berishdi. Men shaxsan bordim. Xali xanuz tunlari osha dahshatlar tushimga kiradi.Sen uy oldida turasan, chekasan va hozir bu odamlarga ularning uyi buzilishini aytishing kerakligini bilasan. Buning ustiga bu sozlar sorash manosida aytilmaydi.Bunday majburiyatdan meni baxtli, deb oylaysanmi? Bu butun faoliyatim davomidagi eng ogir lahzalar bolsa kerak (pauza).***Biz uzoq vaqt jim qolamiz. Jahongir Obidovich kop chekadi. Va ayni shu yerdan Qoraqamishdagi sohil boylarini korish uchun borishni taklif qildi, bu joylar qachonlardir jinoyatchilikda yetakchi edi, endi esa har oqshom sayr qilib yurgan aholini korasiz. Bu sohilboyini qurganlarida shaharga odamlardagi qorquvlarni bartaraf etish uchun kop vaqt va kuch-gayrat sarflashga togri keldi.***Osha tunda men umuman uxlaganim yoq (pauza). Odamlarga noqulaylik, tashvish va ogriq keltiruvchi har bir snos mening ogrigim, bu bilan hisoblashmay bolmaydi. Birinchi marta garchi men shahardagi eng kongli bosh odam bolmasam ham tomogimda nimadir tiqilib turardi.Men uchun ishdagi ikkinchi ana shunday hissiyotli lahza qachon bolganini bilasanmi? Men bu odamlarga ularning uylari kalitini topshirish uchun kelganimda. Buni sen yozolmasang kerak, biroq uylar shahar pullari hisobidan emas, balki xususiy mablaglar, shu jumladan, Akfa Groupning yangi egalari va rahbarlari qaroriga kora kompaniyaning pullari hisobidan sotib olindi.Bu piar uchun aytilgan sozlar emas. Men haqiqatan, quruvchilar, biznesmenlar, developerlar xato qilgan va odamlarga munosib tovon puli bermagan har bir holatni oz muvaffaqiyatsizligim debgina bilmayman, shaxsan aralashishga, buning uchun javobgarlikni zimmamga olishga harakat qilaman.***Biz park boylab borarkanmiz, hokim bilan kop suratga tushishadi, kopincha bizga otishga ham qoyishmaydi.*** Siz tanqidni ozingizga ogir olasiz. Yoq, juda ijobiy yondashaman. Muhimi, tanqid ish boyicha bolishi kerak, biroq men xalq meni yomon koradi yoki men ularda faqat negativ uygotaman, deb oylamayman. Agar meni xalq yomon korsa, hozir sen bilan shahar markazida xotirjam suhbatlashib keta olarmidim? Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Biznesda ayollarga qanday munosabatdasiz? Sen audiyozuv haqida soramoqchimisan? Ayollarga munosabatim yaxshi, kompaniyamda har doim ishtiyoqmand, faol va juda chiroyli ayollar ishlagan. Men ularnig lavozimlari osishiga hech narsa halaqit bermasligini shaxsan ozim kuzatib yurardim.Osha vaziyatda, birinchidan, yozuvni kesib olishgan. Ikkinchidan menga ayol kishi ozini erkaklar kabi tutishi yoqmaydi. Oshanda ayni shuning uchun ozimni tutolmadim. Bunday qilish kerak emas, ayollarni ehtiyotlash, ezozlash, baxtli qilish lozim.Osha kuni shunday bolganiga hozir ham juda afsusdaman va men hozir rasman bayonot beraman menda ularga nisbatan hech qanday yomon munosabat yoq. Ayollarni juda xurmat qilaman, ayiqsa biznesdagi ayollarni. Oz xatolaringizdan qanday asosiy saboq oldingiz? Ozingga mos bolmagan biznesga hech qachon kirma. Qaysi biznesga siz hech qachon kirmaysiz? Neftgaz sektori, oltin, paxta. Sizning xatolaringiz pulga chaqqanda millionlab dollarga tushgandir? Hech qachon sanamaganman. Ehtimol. Endigi savolni men bu turkumdagi intervyuni nihoyalayotganda hammaga beraman, u kop takrorlangan, biroq muhim. Muvaffaqiyatsizliklar qimmatga tushadi, biroq Muvaffaqiyatsizliklarda ham yaxshi pul topish mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0