Militsiya boshligi uyimga bostirib kirib tintuv otkazgach, bolalarim qorqib ketgan. Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zoravonligini fosh etdi

Daryo internet-nashriga kelib tushgan navbatdagi murojaatda IIB boshligining zoravonligi haqida soz boradi. Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Charogil qishlogida yashovchi fermer Bekzod Farmonov tuman IIB boshligi Bahodir Arslonov doimiy ravishda uni haqorat qilib kelganini, joriy yilning 21-iyul kuni esa uning xonadoniga tosatdan bostirib kirib, tintuv otkazganini aytmoqda. Fermerning bildirishicha, IIB boshligining tasodifiy tintuvi tarvuz yeb otirgan 4 va 6 yoshli farzandlarini qorqitib yuborgan. Eng yomoni fermerning ayoliga kuch ishlatgan IIB boshligi voqea songida ozini jabrdiyda korsatish maqsadida telefoni va kozoynagini sindirib, maxsus guruh chaqirtirgan. Bekzod Farmonov.Foto: DaryoDaryo muxbiri Otabek Qoldoshev murojaat asosida voqea tafsilotlarini organdi. 21-iyul kuni dalada ishlayotgan paytim fermer xojaligimga biriktirilgan tuman agroximiyaning boshligi Tolib aka telefon qilib, kechki payt soat 18:30 da yigilish borligini aytib, borishimni tayinladi, deydi fermer Bekzod Farmonov. Shunda Tolib akaga aka, paxtam bir yarim oydirki suv ichmayapti, tuman hokimi va IIB boshligidan suv sorayverib charchadim, kelib suv olishimga komaklashing, paxtani sugoraylik, dedim. Shunda Tolib aka gapni kopaytirma, yigilishga borasanmi yoqmi, dedi. Jahl ustida bormayman, dedim va ishimni davom ettirdim.Fermer Bekzod Farmonovning aytishicha, uning 7 gektarlik paxta dalasi 12-iyun kunidan buyon umuman sugorilmagan. Charogil hududi tuman IIB boshligi Bahodir Arslonov sektori bolgani bois, ushbu hududda joylashgan fermer xojaliklariga suv berishni IIB boshligi nazorat qilgan. Fermer otgan fursat davomida IIB boshligiga ham, tuman hokimi Gayrat Begaliyevga ham kop marotaba murojaat qilsa-da, suv berilmagan. Fermer Bekzod Farmonovning paxta dalasi.Foto: DaryoBundan 3 yil ilgari qayta tashkil etilgan Parizoda Roziqulova fermer xojaligi egasi Bekzod Farmonovning aytishicha, fermer va agrokimyo boshligi ortasidagi suhbat tez orada tuman IIB boshligi qulogiga yetib boradi. Boshliq esa osha zahoti fermerga qongiroq qiladi. Dala ishlari bilan bandligim va telefonim mashinada qolgani bois, tuman IIB boshligining qongirogini keyin kordim va tezda qaytib telefon qildim, deydi Bekzod Farmonov. Shunda IIB boshligi majlisga bormayman debsan, dedi. Jahl ustida bormayman deb aytib yuborganimni, ammo majlisga albatta borishimni aytdim. Shunda boshliq majlisni qoy, men uyingdaman uyingga kel, dedi. IIB boshligining uyimga borganini eshitib, tezda uyga yetib bordim. Borsam, uyimda tintuv bolyapti. Bolalarim va ayolim qorqib ketgan. Bahodir Arslonov.Foto: IIVFermerning aytishicha, u uyiga borishidan 1015 daqiqa ilgari IIB boshligi MMTP raisi Sherali Qiyomov hamrohligida uning xonadoniga dabdurustdan bostirib kirib, tintuv otkaza boshlagan. Oqibatda fermerning tarvuz yeb otirgan ayoli, 4 va 6 yoshli farzandlari qorqib ketgan. Uyimga kelganimda IIB boshligi uyimni tintuv qilayotgan ekan, deydi fermer. Uyda dala ishlari uchun olingan 80 litr solyarka bor edi. Bizda yonilgi shoxobchasi yoqligi bois, kerakli solyarkani uyda saqlashga majburmiz. Dala ishlari uchun traktorga solyarka kerak bolganda, shundan foydalanamiz. Charogil qishlogidagi faoliyatini toxtatgan yonilgi shoxobchasi.Foto: Daryo Charogil qishlogidagi faoliyatini toxtatgan yonilgi shoxobchasi.Foto: DaryoFermerning aytishicha, IIB boshligi uyni kozdan kechirib bolgach, solyarka xususida soragan. Fermer solyarka yonilgi tarqatish shoxobchasi yoqligi sabab, uyda saqlanayotganini aytgach, ortga qayta boshlagan. Ajablanarlisi, IIB boshligi fermerga nima sababdan kelganini ham aytmagan. Shunda fermer IIB boshligidan dalasi uchun yana suv soragan. Paxtasi oxirgi marotaba 12-iyun kuni sugorilganini, ayni kunda dalasi suvga muhtojligini tushuntirib, suv bering degan. Tayinli javob ololmagach, IIB boshligiga paxta uchun berilayotgan suv Charogil massivida ekilgan 200300 gektar qovun-tarvuzga ketayotganini aytib, ushbu holatni rasmga olganini, bu haqda viloyat hokimiga murojaat qilishini bildirgan. Bu gapni eshitgan IIB boshligi esa Sen nima deyapsan, deb shu zahoti tuman yongin xavfsizligi xodimini chaqirgan. Xodimga fermer xonadonidagi 80 litr solyarkani rasmiylashtirishni buyurgan. Poliz ekinlari va paxta dalasiga suv beriladigan Mirishkor kanali.Foto: Daryo Poliz ekinlari va paxta dalasiga suv beriladigan Mirishkor kanali.Foto: Daryo Yongin xodimi bilan mashinada solyarkani rasmiylashtirayotgan paytimiz IIB boshligi hali qurilishi bitmagan uyimga kirib, nimalarnidir izlay boshladi, deydi fermer. Bu mening gashimga tegdi. Hujjatlarga qol qoyib, ichkariga kirdim va uyimdan nimalarnidir izlayotgan boshliqqa dalaga ketishim kerakligini aytib, uydan chiqishini soradim. Shunda IIB boshligi meni har doimgidek kurakda turmaydigan sozlar bilan haqorat qilib, Aziz va Ilyosning kunini boshingga solaman, dedi.Bekzod Farmonovning Daryo muxbiriga malum qilishicha, IIB boshligi tilga olgan Aziz Norov hamda Ilyos Rahmonovlar yer maydoni ushbu hududda joylashgan fermerlar bolib, ular IIB boshligi qahriga uchraganlardan. Fermerning aytishicha, Aziz Norov ismli fermer joriy yilgi galla orimi paytida shudring tushib qolgan gallasiga kombayn tushishiga qarshilik korsatgach, IIB boshligi talabi bilan qamab qoyilgan. Ilyos Rahmonov ismli fermer esa galla rejasini ortigi bilan bajargach, IIB boshligidan 1 gektar maydondagi gallasini oziga qoldirishini soragan va gallaning orib olinishiga qarshilik korsatgan. Oqibatda Ilyos fermer ham qamalgan.Fermer Ilyos Rahmonovning holatga oydinlik kiritishicha, IIB boshligi uni bir kun qamoqda emas, tuman shifoxonasining narkologiya bolimida majburan ushlab turgan. Ilyos Rahmonov.Foto: Daryo Shartnoma boyicha joriy yil 28 tonna galla topshirishimiz kerak edi, deydi Ilyos Rahmonov. Qariyb 31 tonna topshirdik. Shunda 1 gektar maydondagi gallani ozimga qoldirishlarini soradim. IIB boshligi topshirasan deb turib oldi. Nechchi oy ishlaganimni, galla olishga haqqim borligini aytdim. Va gallani orishlariga qarshilik korsatdim. Shunda IIB boshligi talabi bilan Jiguli mashinasida IIBga olib ketildim. IIBda rosa haqorat qilishdi. Ilgariroq asab boyicha davolanganimni pesh qilishib, majburiy tartibda tuman shifoxonasining narkologiya bolimida bir kun ushlab turishdi.Aniqlanishicha, fermer va IIB boshligi ortasidagi mojaro boshlangan payt IIB boshligi Charogil QFY raisi Mirjamil Eshmurodovni ham chaqirgan. IIB boshligi meni chaqirib, fermer xonadonida 80 litr solyarka saqlayotganini, aslida solyarka 20 litrgacha bolsa uyda saqlash mumkinligini aytdi, deydi Charogil QFY raisi Mirjamil Eshmurodov. Qonuniy tartibi qanday bilmayman, ammo mening bilishimcha, fermer ham solyarkani ilojsizlikdan xonadonida saqlagan. Boisi, bizning hududda yonilgi tarqatuvchi shoxobcha yoq. Eski binosi bor, ammo u talabga javob bermaydi. Yonilgi Beshkentdan keltiriladi.Osha kungi voqealar rivojiga kora, fermer Bekzod Farmonov IIB boshligi uni haqorat qilishda davom etgach, ayoliga voqeani telefonga syomka qilishni buyurgan. IIB boshligini meni haqorat qilishda davom etgach, ayolimga telefonimni berib, holatni syomka qilishini buyurdim, deydi Bekzod Farmonov. Ayolim IIB boshligining meni haqorat qilayotganini telefonga yoza boshladi. IIB boshligi telefonni ochirishni talab qildi. Songra 5 metr narida turgan ayolimga tashlanib, qolini qayirib telefonni tortib oldi. IIB boshligining ayolimga tashlanganini korgan bolalarim baqirib yigladi. Shunda ayolimga tashlangan IIB boshligiga ayolimdan uzoqroq tur deya uni quchoqlab orqaga tortdim. Shunda ikkalamiz ham baravariga yiqildik.Malum qilinishicha, IIB boshligi fermerning ayolidan telefonni tortib olayotgan payt uning qoliga ozor yetkazgan. IIB boshligi turmush ortogimni haqorat qila boshlagach, voqeani telefonga syomka qila boshladim, deydi fermerning ayoli Manzura Roziyeva. Shunda IIB boshligi menga tashlandi. Qochishimga qaramasdan qolimni qayirib, telefonni tortib oldi. Qolimni tirnab olgani bois, qolim qonadi. Shunda erim u kishini quchoqlab orqaga tortdi. Ikkalasi ham baravariga yiqilgach, IIB boshligining telefoni yerga tushdi. Men ham uning telefonini olib qoydim. Manzura Roziyeva.Foto: DaryoIIB boshligi Bahodir Arslonov ornidan turgach, unga viloyat hokimi telefon qilishi mumkinligini aytib, qishloq fuqarolar yigini raisi Mirjamil Eshmurodovdan telefonini olib berishini soragan. Telefonini mendan olgach, yerga urib sindirdi, deydi Manzura Roziyeva. Kozoynagini ham olib, uniyam yerga otdi. Ustidagi kiyimining tugmalarini yulib olib, erimga Sen meni urding, xizmat vazifamni bajarishimga tosqinlik qilding, deya shantaj qilishga otdi. Va maxsus guruh chaqirdi. Uyimizni IIB xodimlari bosdi.Malum bolishicha, Qarshi tuman IIB boshligi telefoni va kozoynagini yerga urib sindirgach, IIB va tuman prokuraturasidan vakil chaqirib, ozining jabrlanganini malum qilgan. Haqiqatdan ham IIB boshligi unga viloyat hokimi telefon qilishi mumkinligini aytib, fermerning ayolidan telefonini olib berishimni soradi, deydi rais Mirjamil Eshmurodov. Telefonini olib berganimdan song, Bahodir Arslonov bu telefon ozi yaxshi ishlamaydi deb telefonini yerga urdi. Taqib yurgan kozoynagini qoliga olib, uni ham otdi. Shunda IIB boshligining qolida kiyimining singan tugmasi ham paydo boldi. Mirjamil Eshmurodov.Foto: DaryoMalum qilishlaricha, voqea songida IIB boshligi tomonidan chaqirilgan IIB xodimlari va tuman prokuraturasi tergovchilari voqea sababini organgan. Qanday xulosa qilingani esa bizga qorongi. Sababi bu xususida viloyat prokuraturasidan malumot olishga urindik. Ammo har doimgidek viloyat prokuraturasi malumot berishni paysalga soldi.Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida P.Qurbonov fermer xojaligi rahbari Gulnora Mirzayeva ham tuman IIB boshligining xatti-harakatlaridan aziyat chekayotganini aytdi. 11-may kuni paxta chopigini tugatgandik, deydi fermer Gulnora Mirzayeva. 21-may kuni hududdagi paxta dalalarining ahvoli organildi. Shunda 6 ta fermer dalasining ot bosib yotgan holati aniqlangan. IIB boshligi bizning paxta dalamiz toza bolsa-da, dalasini ot bosgan fermerlarga qoshib bizni ham royxatga olgan. Tuman hokimi bu fermerning yeri toza-ku, nega royxatga kirityapsan deb soraganda, bu insofsiz seminarga qatnashmaydi, degan. Notogri va asossiz tuzilgan dalolatnoma sabab, bizning yerimiz tuman zaxira yer fondiga topshirib yuborildi. Ammo sud orqali qaytarib oldik. Ammo ancha sarson boldik. Gulnora Mirzayeva.Foto: DaryoFermer Gulnora Mirzayeva tuman IIB boshligi Bahodir Arslonovning qishloq xojaligini tushunishiga shubha qilmoqda. IIB boshligining qishloq xojaligini, dehqonchilikni tushunishiga ishonmayman, bu borada bilim-saviyasi yoq, deydi Gulnora Mirzayeva. Ammo aql orgatadi. Gallamni korib, bu gallang bolmaydi deb yerga urardi. Mana 34 tonna reja orniga, 55 tonna galla topshirib, belgilangan rejani 161 foizga bajardim. Uyalib qoldi.Gulnora Mirzayeva IIB boshligini kozboyamachilik qilishda ham ayblamoqda. 16-iyul kuni tuman hokimi IIB sektoridagi 16 nafar traktorchiga 500 ming somdan pul va 5 litrdan yog tarqatdi, deydi fermer. Hokim sovgani topshirib, ketishi bilan IIB boshligi pul va yoglarni qaytarib oldi. Kozboyamachilik qilishdan ham uyalmaydi. Nega bunday qildingiz deb sorasak, Menga pul berib qoyganmiding, deydi.Daryo muxbiri bilan suhbatlashgan Qarshi tuman IIB boshligi Bahodir Arslonov shikoyat xususida eshitgach, togridan togri malumot berolmasligini, viloyat IIB matbuot xizmati orqali malumot olishimiz mumkinligini aytdi. IIB matbuot xizmatiga savollarimizni yubordik. Ming taassufki, Bahodir Arslonov savollarga javob berishdan bosh tortdi. Hatto IIB matbuot xizmati ham bu ishni eplolmadi. Matbuot xizmatining aytishicha, Bahodir Arslonov bu holatni prokuratura organayotganini rokach qilib, prokuraturadan malumot olishimiz lozimligini aytgan.Kuzatuvlarimizga kora, haqiqatdan ham Charogil massiv hududida gektarlab yerlarga poliz ekinlari qovun, tarvuz ekilgan. Qovun-tarvuz egalari asosan vodiy viloyatlaridan kelgan dehqonlar ekanligi malum boldi. Ushbu hududda ishlovchi fermerlarning gapiga kora, qovun-tarvuzlar paxtaga deb chiqarilgan suvdan sugoriladi. Dehqonlar esa egalik qilayotgan yerlarining gektariga 1 million somdan haq tolaydi. Charogil massividagi poliz ekinlari.Foto: Daryo Charogil massividagi poliz ekinlari.Foto: Daryo Charogil massividagi poliz ekinlari.Foto: DaryoQarshi tuman hokimi orinbosari Javlov Dosanovning Daryo muxbiriga malum qilishicha, Charogil massiv hududida jami 60 gektar yerga qovun-tarvuz ekilgan. Poliz ekinlari yetishtiruvchi dehqonlar oz hududiga suv keltirish uchun motor ornatib, tok tortib kelgan. Poliz ekinlari uchun alohida suv beriladi. Orinbosarning aytishicha, eng muhimi qovun-tarvuz xorijga eksport qilinmoqda. Ammo otgan yillar davomida qovun-tarvuz eksportidan tumanga qancha valyuta kirgani hokim orinbosariga ham nomalum ekan. Tarvuz-qovun yetishtiruvchi dehqonlar chaylasi.Foto: DaryoQuvonarlisi, har bir dehqon yeridan kuniga 2 ta Damasda 250 tagacha qovun va tarvuz ichki bozorga olib kirilmoqda. Bu degani hududda deylik 10 nafar dehqon bolsa, bozorga kuniga 5000 dona poliz ekinlari kiryapti. Ammo uning daromadidan davlatga qancha foyda tushayotgani faqatgina tuman masullariga malum. Foto: DaryoQarshi tuman IIB rahbarining xatti-harakatidan aziyat chekayotgan fermerlar arzi-dodiga va tumanning chekka hududida bolayotgan ozboshimchaliklarga mutasaddilar tez orada etibor qaratishadi degan umiddamiz. Mavzuga albatta, qaytamiz.Eslatib otamiz, avvalroq Daryo internet-nashrida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani IIB boshligi Chori Kocharov fermerlar uchun otkazilgan dala seminarida 11 kishiga kishan taqqani, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bolgani haqida maqola elon qilingandi. Maqola elon qilingach, Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan Kasbi tumani IIB boshligiga nisbatan xizmat tekshiruvi otkazishni boshladi. Bu orada tuman hokimligi Chori Kocharovni oppoq qilishga urindi. Ichki ishlar vazirligi esa xizmat tekshiruv yakunlariga kora Kasbi tumani IIB boshligi podpolkovnik Chori Kocharov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0