Nukuslik talaba kichik kuchlanishli qurilmalar uchun quvvatlantiruvchi uskuna ixtiro qildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi, al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi Ulbosin Saparova kichik kuchlanishli qurilmalar uchun quvvatlantiruvchi uskuna ixtiro qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Foto: O‘zAMazkur uskuna (quvvatlantirish bloki) elektr toki manbaidan kelib turgan 220 voltli kuchlanishni 0 voltdan 12 voltgacha o‘zgarmas kuchlanishga aylantirib beradi. Xorijiy davlatlardan keltirilgan amaliy texnologik laboratoriyalar kichik kuchlanishni talab qiladigan bo‘lsa, ushbu qurilmadan foydalanish mumkin. U birgalashib bitta vazifani bajaradigan transformator, o‘zgaruvchan rezistor, diod, plata, kondensator, TT-905 markali tranzistorlardan iborat.Qurilma qo‘l telefoni batareyasini quvvatlantirib beruvchi “toshbaqa” deb nomlanadigan uskunaga o‘xshab ketadi. Lekin Ulbosin yaratgan qurilmada quvvatlanish darajasini qo‘l bilan belgilab olish imkoniyati mavjud va uskuna yordamida soat yoki pult uchun maxsus batareyalarni ham quvvatlantirsa bo‘ladi. Sababi, bu kabi kichik batareyalar kam kuchlanishda (1,5-2 volt) quvvatlanadi.Qurilmaning yana bir qulay tomoni — u orqali berilgan kuchlanish o‘zgarmas, ya’ni tok kuchayib-kamayib turgan bo‘lsa ham kuchlanish belgilab olingan darajadan o‘zgarmaydi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий