Toshkent shahrida sutka davomida 34 nafar boshpanasiz shaxs tibbiy muassasalarga joylashtirildi

Toshkent patrul-post xizmati brigadasi shaxsiy tarkibi tomonidan ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda shahar hududida muqim yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: IIBB matbuot xizmatiJumladan, 11-fevraldan 12-fevral kuniga qadar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi 34 nafar shaxs joylardagi tibbiy muassasalarga joylashtirildi.Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, issiq ovqat hamda yotoq bilan ta’minlandi.Hozirda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий