Oliy talimning tanazzuli millatning qulashidir. Oliy talim vaziriga ochiq xat

Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori, Buyuk kelajak ekspertlar kengashi azosi Azamat Akbarov oliy talim vaziriga ochiq xat yollab, unda mamlakat oliy talim tizimida kuzatilayogan tanazzul sabablari haqida oz fikrlarni bayon qildi. Daryo ushbu xatni elon qiladi. Foto: Oliy talim vazirligiTaraqqiyot eng avvalo talim tizimining yaxshi yolga qoyilganiga bogliq. Zero, talimdagi islohotlar taraqqiyotga zamin yaratadi. Mamlakatimizda bu sohada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunday jarayonlarga guvoh bolish, hissa qoshish, yorqin kelajakni his etish ozgacha quvonch bagishlaydi. Oliy talim tizimi ham bundan mustasno emas.Songgi uch yilda juda katta imkoniyatlar ochilgan bolsa ham, oliy talim tizimida ancha hal qilinmagan muammolar talaygina. Prezident har bir masalaga markaziy etibor berib kelayotganligini korib turibmiz va bir kun kelib bu masalani ham kotarishi tabiiy, demak, shaxsan mamlakat prezidenti bu muammolarni ortaga tashlamaguncha, nimani kutib turibmiz va nega ularni hal qilmayapmiz? Demak, biz qoshimcha vazifalardan qorqyapmiz, yoki sovet davridagi kabi yuqoridan buyruqlarni kutishda davom etyapmizmi? Eng muhimi, ilgari imkoni bolmagan siyosiy va iqtisodiy sharoitlar yaratildi, demak imkoni qadar vaqtdan va berilgan imkonlar unumli foydalanish kerak.2019-yil 24-may kuni Ozbekiston Milliy universitetida oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan bolgan uchrashuvda Ilmni, tarbiyani togri qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar ozlari rivojlantiradi, degandi prezidentimiz. Shundan kelib chiqqan holda, men ham ushbu davlatning har bir fuqarosi singari oliy talimdagi muammolarga yechib topish uchun oz takliflarimni bermoqchiman.Oliy talim vakillari innovatsiyalar va yangi yonalishlar paydo bolganini kuzatib borayotgandir, bundan xabarim yoq. Shuning uchun, oliy talim tizimini tez vaqtda tiklash va dastlab markaziy Osiyoda va keyinchalik dunyoda ham raqobatbardosh bolishga erishish uchun vazir janoblariga 16 bosqichdan iborat oz yol xaritamni taklif etmoqdaman.1. Oliy malumot olish osonroq bolishi uchun nima qilish lozim?Bu muammo har tomonlama va izchillik bilan yondashuvni talab qiladi. Masalan, 2020-yildan boshlab, pulli oqishga kiradigan talabalar kirish imtihonlarini bir necha marta yanvar, mart, iyun va avgust oylarida topshirish imkoniyatiga ega bolishi kerak. Misol uchun, agar 11-sinfdagi talaba yanvar oyida sinovdan otsa va qabul qilish uchun belgilangan ball olgan bolsa, u darhol tanlangan universitetga hujjat topshirishi va shartli oqishga kirgan deb hisoblanishi va bemalol maktabni tugata olishi mumkin.Bunday tartib yangilik emas uni Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda keng qollashadi. Masalan, ularning vakillari qishda yaqin qoshni davlatlarga borib, imtihon testlari otkazishadi va qabul qilishga yetarli ballar olgan yigit-qizlar darhol Rossiya oliygohlariga qabul qilinadi.Agar maktab yoki kollej bitiruvchisi davlat granti hisobiga oqishga imtihon topshirishni xohlasa, u avgustda otkaziladigan imtihon testlarini topshirishi lozim, faqat shu imtihon testlari natijalari asosida bepul talim grantlari konkurs va taqsimlanishi otkaziladi. Yanvar, mart, iyun oylarida imtihondan otgan talabalar faqat pullik oqishga kira oladilar. Universitetlarga kirish imtihonlarni maktablarning davlat imtihonlari qatorida tashkilashtirsak ham boladi.2. Talim davrida talabalarning qiziqishlariga kora fanlarni tanlashBu usulni allaqachon joriy qilish lozimligi oz-ozidan ayon.Dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida yonalish tanlash haftasini otkazishda birinchi kurs talabalari tanlov kurslarida royxatdan otkaziladi. Har bir oliygohda oz tanlab oqiladigan fanlar royxati bor. Oliygohlarda fanlarning royxati, ularning qisqa tarifi bilan keltirilgan katalog mavjud. Talabalarda ozi uchun fan kursi, oqituvchi va talimning suratini tanlash imkoni bor. Agar talaba joriy semestrda birvarakayiga beshta fanni ozlashtira olmasligini bilsa, aytaylik, uch xil fanni tanlab royxatdan otkazadi. Kredit talim tizimining vazifasi olinadigan bilimlar hajmini unifikatsiya qilish (bir xillashtirish) bilan birga, talimni maksimal ravishda individuallashtirish va mustaqil ishning ornini oshirishdan ham iborat.Avval bakalavriat talim tizimi uchun tort yilni tashkil qilgan normativ talim muddati tushunchasini bekor qilish lozim. Bundan keyin talaba ozi uchun necha yil oqishi lozimligini ozi belgilasin. Ushbu bilim darajasini olishning asosiy mezoni talim dasturini ozlashtirish va 120, 180 yoki 240 kredit ballari toplashdan iborat. Bu masala talabaning tanloviga bogliq u dasturni besh yil ichida yoki, aksincha, agar qoshimcha yozgi yoki qishki sessiyalarda oqicha uch yilda ozlashtira olishi mumkin.Shuningdek, oliy oquv yurtlariga talabalarning mamlakatning boshqa oliy oquv yurtlarida oqishlari va shundan keyin kreditlarni qayta hisoblash uchun vaqt rejalashtirish huquqini beradigan kredit mobilligi va harakatlanish bosh davri tushunchalarini joriy qilish kerak. Afsuski, hozirgacha bizning talabalarimiz mobillik dasturiga kora biror joyga borib oqish uchun ular bir yoki ikki semestr oqishni otkazib yuborayotganliklari sababli akademik tatil olishlari kerak edi. Ularni ragbatlantirish orniga ularni jazolar edik. Bazida hayron bolaman, vazirlikda juda kop mutaxassislar bor bolsa-da, ammo hech kim bu muammoga etibor bermagan, biroq vazirlikda koplab universitetlarning vakillarini qabul qilishganiga aminman.3. Yangi davr ixtisosliklarini joriy qilishMamlakatimiz raqamli texnologiyalarning faol bosqichini boshlashi lozim, shu sababli bizga ushbu soha mutaxassislari juda ham kerak. Hozirgi kunda mamlakatimiz oliygohlari oldida kelajak ixtisosliklari deb nomlanadigan royxatdan yangi talim dasturlarini joriy qilish kabi vazifa turishi kerak.Smart-texnologiyalar, Kompyuter mexatronikasi, Katta hajmli malumotlarni tahlil qilish, Kiberxavfsizlik, Kriptologiya, Raqamli kriminalistika, Malumotlarning intellektual tahlili, Robot texnikasi tizimlari, Dasturiy injiniring, Raqamli gumanitaristika va boshqa sohalar boyicha yangi talim dasturlari 2019-yilning ozidayoq ishlab chiqilishi va joriy qilinishi lozim.Talim togrisidagi qonunga ozgartirishlar kiritish bilan universitet talim dasturlarini muntazam yangilab borish masalasi, nihoyat, hal etilishini yodda tutish kerak endilikda ularning qollari ochildi deb aytish mumkin. Universitetlarda standart oquv dasturlari mavjud bolmasligi kerak. Oquv dasturlarining kamida 80 foizi oliygohlarning ozida tuzilishi kerak. Agar 2020-yildan boshlab chet ellik talabalarni Ozbekistonga jalb qilmoqchi bolsak, barcha talim dasturlari 2019 yil oxirigacha yangilanishi kerak.4. Ozbekistonda olingan oliy malumot chet ellarda tan olinishiga erishishYevropa hududida Ozbekistonda olingan oliy malumot va ixtisos natijalari turli sabablarga kora tan olinmasligining bir necha sabablari mavjud: mamlakatimiz Bolonya deklaratsiyasini imzolamagan va kredit talim texnologiyasi hamda ECTS asosida baholash tizimi bizning talim tizimimizda joriy etilmagan. 2019-yilga kelib Strasburgda joylashgan Yevropa Kengashiga azo barcha davlatlar Bolonya jarayoni konvensiyani ratifikatsiya qildi. Konvensiyani Yevropa Kengashiga azo bolmagan Avstraliya, Belarus, Kanada, Isroil, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Yangi Zelandiya kabi davlatlar ham ratifikatsiya qilgan. AQSh konvensiyaga imzo chekkan, biroq hali ratifikatsiya qilgani yoq. Afsuski, Markaziy Osiy mamlakatlari orasida faqat Ozbekiston va Turkmaniston Bolonya jarayoni hujjatlarini ratifikatsiya qilmagan.5. Mavjud oliy talim tizimini ozgartirish OTMlarga kengroq avtonomiyaOliy talim tizimini takomillashtirish doimiy jarayon bolib, aynan oliy talim vazirligi hozirda faol bu ish bilan shugullanishi kerak. Bugungi kunda asosiy vazifa oliy oquv yurtlari, ilmiy, boshqaruv va moliyaviy tizimlar uchun keng avtonomiya berish, shuningdek, talim sifatini oshirishdir.Shu bilan birga, akademik va boshqaruv erkinligini oshirish universitetlarning masuliyatini oshirishni ham talab qiladi.6. Universitet diplomlarini sertifikatsiya qilishUshbu tizim ish beruvchilarga ishga kiruvchining ozi elon qilgan kasb va malaka talablariga muvofiq kelish-kelmasligini tasdiqlash imkonini beradi. Yani, diplom mavjudligi ishga joylashish huquqini bermaydi.Shu asnoda, ushbu tajriba allaqachon muvaffaqiyatli tarzda amalda qollanilmoqda va bir qator mamlakatlarda, masalan, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Norvegiya, Turkiya, Finlyandiya, Koreya Respublikasi kabi mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. Masalan, siz huquqshunoslik ixtisosligi bolimini tugatishingiz mumkin, ammo bu diplom sizga advokat bolish huquqini bermaydi advokat bolish uchun siz mustaqil tashkilot masalan, advokatlar kollegiyasi yoki uyushmasi otkazadigan maxsus imtihondan otishingiz kerak. Yoki auditorlar uchun auditorlik diplomi auditorlik faoliyati bilan shugullanish huquqini bermaydi. Buning uchun auditorlar uyushmasidan ham sertifikatsiyadan otish kerak. Tibbiyot sohasi diplomi holatida ham xuddi shunday tibbiyot oliygohidan diplom olganingiz sizga shifokor sifatida ishlash huquqini bermaydi buning uchun siz maxsus imtihon topshirishingiz kerak va sertifikat olganingizdan song, ushbu kasbda ham va yana bir qator yonalishlarda ham ishlashingiz mumkin.Bunday tizim bozordan qoloq oliy oquv yurtlari va dasturlarini chetlatadi hamma ushbu oliygohlarni bitirganlar oz malakalarini tasdiqlay olmas ekanlar, demak ishga joylasha olmasliklarini bilishadi.Yana bir chora davlat namunasida diplomlarini bekor qilish va har bir oliy oquv yurti oz diplomlarini chiqarishini joriy qilishdan iborat. Diplom ortida davlat emas, balki muayyan oliygohning nomi va obrosi bolsa, bozor muayyan oliy oquv yurtining diplomini baholaydi.7. Oliy talimda xalqarolashuvOliy talim tizimining jozibadorligi xalqarolashuv darajasi bilan isbot qilinadi. Songgi 41 yil ichida dunyoda xalqaro talabalar soni 8,3 barobar oshdi va ular soni qariyb 5 million kishiga yetdi. YuNESKOning bashoratlariga kora, 2025-yilga borib, xorijiy talabalar 7 millionga yetadi.Oliy talimni xalqarolashtirish qisqa vaqt ichida maksimal iqtisodiy foyda keltirib, mamlakatning geosiyosiy mavqeini mustahkamlaydi. Masalan, 20132014-oquv yilida Fransiya chet ellik talabalarni jalb qilish uchun ajratilganidan 1,5 barobar kop pul topdi: stipendiya va subsidiyalar uchun 3,5 milliard dollar sarflandi, chet ellik talabalar esa yashashlari, yol xarajatlari va sayohatlari uchun 5,4 milliard dollar sarflashgan. 20142015-yillar mobaynida chet ellik talabalar Buyuk Britaniya universitetlarida oqish uchun 4,8 milliard dollar tolashdi, turli xil tovarlar va xizmatlar uchun ular bunga qoshimcha yana 5,4 milliard dollar sarflashdi va bu bilan 207 ming ish orniga imkon berishdi.2020-yilga kelib Xitoy chet ellik talabalar uchun Osiyodagi eng jozibali joy bolishni rejalashtirmoqda hukumat rejasiga kora 500 ming chet ellik talabalar Xitoy universitetlarida oqishi kerak. Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish boyicha kengash 2017-yil may oyida Rossiya oliy oquv yurtlarida tola muddatli chet ellik talabalar sonini uch barobar oshirish vazifasini maqulladi: 2017-yilda 220 ming talabadan 2025-yilda 710 minggacha. Turkiyada 115 ming xorijiy talaba bor. Maqsad talabalar sonini 350 ming nafarga yetkazib, xorijiy talabalar soni boyicha birinchi beshta mamlakat qatoriga kirish.8. Talim va akademik madaniyatning sifatiOliy talim muassasalari orasida raqobat yoq. Ozbekistonda abituriyent faqat bitta davlat oliy oquv yurtiga hujjat topshirish huquqiga ega va ushbu muassasalarga qabul qilish tanlovi haqida gapirmasak ham boladi.Yaxlit madaniyatini yaratish va saqlab qolish samarali talim berish, organish va tadqiq qilishning ajralmas qismidir. Akademik yaxlitlikning buzilishi organuvchi jamoalarning negizi bolgan haqiqat, akademik erkinlik, jasorat, sifat va erkin intellektual baholash ruhini yemiradi. Haqiqatda ham barcha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini plagiat dasturi orqali tekshiramizmi? Barcha nomzodlar dissertatsiyalarini himoya qilishdan oldin plagiatga qarshi hisobotini topshirishadimi?Universitetlarning shaffofligini kuchaytirishi mumkin bolgan dissertatsiyalarning onlayn nusxalari bormi?Fikrimcha, plagiat muammosi bilimlarning yetishmasligi bilan izohlanadi va aksar hollarda buning sababi ragbat yoqligi masalasi bilan bogliq, bu esa oz navbatida maruza davomida zerikararli va tushunib bolmaydigan malumotlar berish bilan izohlanishi mumkin. Plagiat tahliliy konikmalarni, ijodiy fikrlash qobiliyatini, oquvchilarimizning akademik potensialini oldiradi. Tasavvur qilib koringchi, bunday talabalar iqtisodimizni qanday qilib rivojlantirishi yoki yosh avlodni qanday tarbiyalashi mumkin? Biz oqitish sifatini oshirishimiz, keraksiz fanlarni olib tashlashimiz hamda IT-texnologiyalarni oquv jarayoniga joriy qilishimiz va plagiatdan chetlashishimiz kerak.9. Diplomning mavjudligi ishga joylashishni kafolatlamasligi kerakUniversitetlar oz namunalariga kora diplom berishlari lozim. Universitetlar oz mavqelari, bilimlar sifati, professor-oqituvchilar tarkibi bilan kafolat berishlari lozim, va davlat nusxasidagi diplomlar bekor qilinishi kerak, chunki bu omil ham oliy talim sifatiga tasir qiladi. Talim tizimida sertifikatsiya juda muhim masalaligicha qolmoqda. Sifatni taminlovchi chora sifatida qaraladigan va milliy kvalifikatsiya tizimining ota muhim elementlaridan biri bolmish sertifikatsiya otkazish tartibi joriy qilishini lozim.Bizda professional standartlarning yetarli soni yoq, maxsus sertifikatsiya markazlari yetarlicha tayyorlanmagan, va shu sababdan bizda yechilishi lozim bolgan muammolar talay. Diplom bolsa, juda ham yaxshi, ammo diplom egasi oziga muayyan kvalifikatsiya berilganligi haqida sertifikat ham olib kelishi lozim. Ushbu tizim allaqachon bir necha mamlakatlarda amal qilinyapti.10. Sirtqi talim qaraganda part time tizimi samaraliroq emasmi?Sirtqi bolimlarda tahsil oluvchilar kunduzgi bolim oquv dasturining umumiy bilimlar hajmining atigi 5060 foizini ozlashtirishadi xolos. Shunda ham doimo sifatli ozlashtirish kuzatilmaydi. Shuningdek, sifatsiz talim mamlakat xavfsizligiga tahdid ekanligini takidlab otishimiz lozim. Mutaxassislar qarorlar qabul qilish lozim bolgan sohaga ishga kelishsa. Masalan, gayka notogri burab qoyilsa, bir kun kelib qurbonlarga olib kelishi mumkin. Pedagog yoki muhandis tegishli va orgatishi lozim bolgan togri talimni bermasa, jamiyatga zarar keltiradi.Biz part time tizimi zarurligini anglashimiz kerak. Odamlar turli-tuman vaziyat va sharoitda yashayotgani uchun ularda bunday imkoniyatga ehtiyoj bor. Ammo bu tizimga biroz ozgartirishlar kiritish lozim. Hozir tegishli huquqiy-meyoriy hujjatlar tayyorlanishi lozim. Biroz ozgartirishlar kiritilgan korinishda part time bizda joriy qilinishi lozim. Birinchi ozgartirish talabalarga davlat umumtalim standartiga kora tegishli oquv dasturi darslari hajmining 65 foizini emas, balki 100 foizini oqitish lozim. Ikkinchidan, masofali oqitish texnologiyadan foydalanishni joriy qilishimiz lozim. Bu esa maxsus tizim ishlab chiqishni talab qiladi.11. Qishloq kvotalari asosida universitetda tahsil olish imkoniyatini oshirish kerakSonggi bir necha on yillikda Ozbekiston shaharlari markazlaridan tashqi tomonga qurilish davom etayotgan shaharlar cheti hududlari shahar aglomeratsiyalarida yashash imkoniyati sharoitlari va barqarorligini oshirish uchun qoidalar ishlab chiqish lozim. Qishloqlarda yuqori malakali ekspert-mutaxassislarning va savodli yosh avlodning yetishmasligi kabi yana bir muhim muammoga duch kelish mumkin. Qishloqlarda mutaxassislarning yetishmasligi masalasi dolzarbligi tufayli davlat qishloqdan kelgan abituriyentlar uchun muayyan imtiyozlar taklif qilishi lozim. Qishloqdan kelgan abituriyentlar uchun davlat hisobidan oqishga qabul bolish uchun kirish ballari shaharlik abituriyentlar uchun qoyiladigan ballarga qaraganda pastroq bolishi lozim. Tahsil tugagach, universitetdagi maxsus komissiya bitiruvchi 3 yil qaysi qishloqqa borib ishlab berishini belgilashi lozim. Qishloq kvotasi boyicha tahsil olish grantlarini olgan talabalar tahsil tugagach qishloq hududlarida 3 yil ishlab berishlari kerak. Bu talab pedagogik, tibbiy va veterinar ixtisoslar bolimlarini bitiruvchilarga qollanilishi lozim.12. Universitetlarda kongillilik tizimini boshlash kerakOzbekiston oliy va orta maxsus talim vazirligi vaucher tizimini joriy qilishi mumkin. Shartli ravishda olsak, vazirlik kongilli talabalarga soatiga 5 ming som tolashi mumkin. Mintaqa va talabalarning hunarlari va bilimlaridan kelib chiqib, tolov narxi turlicha bolishi mumkin. Ijtimoiy talabalar vaucheri ijtimoiy yonalishda ish olib boradigan, ijtimoiy foydali ishlar bilan shugullanadigan talabalarga beriladi.Ushbu loyihada universitet talabalariga ikki xil vaucherlar taklif qilinishi mumkin:Birinchi turi 20 soat kongillilik faoliyati uchun. Bu vaucher asosida oldidan tasdiqlangan fan boyicha kelishilgan ballar qoshilgan holda 100 ming som pul tolanadi yoki kelishilgan fanlar boyicha ikki akademik kredit qoshiladi.Ikkinchi turi 50 soat kongillilik faoliyati uchun oldindan tasdiqlangan fan boyicha belgilangan ballar qoshgan holda 250 ming som pul tolanadi yoki kelishilgan fanlar boyicha besh akademik kredit qoshiladi.Ijtimoiy talabalar vaucheri quyidagi yonalishlar boyicha ijtimoiy yonaltirilgan, ijtimoiy foydali faoliyat olib boruvchi talabalarga beriladi:1) inklyuziv talim;2) repetitorlik (ozbek tili, rus tili, ingliz tili, kompyuter savodliligi);3) tarbiyasi ogir balogatga yetmagan bolalar bilan ishlash;4) mahalla/hovli va sport klublari tashkil qilish;5) qariyalar bilan ijtimoiy ish.Ushbu loyihaga yiliga 50100 ming talabani jalb qilsa boladi.13. OTMlarning dolzarb muammolari past saviyali kadrlarTalim xizmatlariga bolgan talabning oshishi talim muassasalari sonining oshishiga olib kelibgina qolmay, adolatsiz raqobatni ham keltirib chiqaradi. Talimning notizim olib borilishi xavfi mavjud, yani oqitiladigan kurslar majmuasi soha oqituvchilarining bor-yoqligiga asoslanib tanlanadi. Kop hollarda chiroyli nomlangan kurslar ortida obyektiv shaklda eski mazmun yotadi. Dasturlarni shakllantirish jarayonida, aksar oliy oquv yurtlari bilimlar tizimi haqida oylamasdan, balki talim xizmatlarining kompetent bolmagan istemolchisining talablarini qondirishga urinishadi.Mutaxasislar yoshining qarib borayotganii zamonaviy universitetlarning dolzarb muammolaridan biridir. Yosh oqituvchilarni tayyorlash talabalar soni oshishi suratidan sekinroq otmoqda. Shu sababdan universitetlar malaka saviyasi past oqituvchilarni ishga olishga majbur bolayotganliklari holatlari kopaygani kuzatilmoqda.Universitetlar bilan birga davlat ham barcha imkoniyatlarni ishga solib professor-oqituvchilarning faolligini oshirishga intilishi lozim. Buning uchun talim sohasida maoshlar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, grantlar taklif qilish yoli bilan ilmiy faoliyatni ragbatlantirish lozim.14. Ilmiy daraja tizimini xalqaro standartlarga moslash kerakXalqaro tajribada oliydan keyingi talimda bir bosqichli doktorantura tizimi amal qiladi: bakalavr-magistr-fan doktori. Yuqori pogona falsafa doktori (PhD). Agar biz Ozbekiston talim tizimining jozibadorligini oshirishni maqsad qilib qoysak, uni raqobatbardosh qilish, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va qabul qilish jarayonini tezlashtirish va zamonaviy tizimlarga rioya qilishimiz kerak. Ozbekistonda ikkita doktorlik darajasi bor: tayanch falsafa doktori va oliy fan doktori. 2012-yilda OAK bir bosqichli doktorlik (bazaviy doktorantura nomzodlik) tizimiga otdi. 2017-yilda yana ikki bosqichli tizimga otildi. Nimaymish, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun fan nomzodini falsafa doktoriga almashtirish boldi, yani bu yerda nomdan boshqa hech narsa ozgarmadi. Yani, hozirgi tizimda talablar birmuncha kuchaytirilgan, nomlar yevropalashtirilgan, xolos. Xalqaro amaliyotda fan nomzodi darajasi va falsafa doktori darajasi bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalar. Albatta, hozirgi tizim, 20122017-yilda amal qilgan bir tabaqali tizim mamlakatimiz ilm-fan rivojiga korsatgan katta salbiy oqibati sababligina undan yaxshiroq korinadi. Afsuski, 20122017-bir bosqichli doktorantura tizimini ijod qilganlar ishni boshlashgan-u undan keyingi bosqich shartlarni amalga oshirishmay ishni chala tashlashgan. Chalasavodlik bilan boshlangan islohot na sovet davri doktoranturasiga, na Garb doktranturasiga oxshab qoldi.15. Raqamli talim maydoni va yangi texnologiyalarRaqamli platforma va yangi texnologiyalar talim jarayonini tubdan ozgartirib yubordi. Hammani bir joyda yigib yoki harbiylashtirilgan, yani sinf xonalarda barcha talabalarga bir vaqtning ozida bir xil bilim beradigan uslub qaytarib bolmas darajada eskirib qolganligiga qaramasdan bizda amal qilishda davom etmoqda.16. Davlat har bir grant orni uchun universitetga pul tolanishini kafolatlashi kerakGrantlar sonini kopaytirish masalaga bolgan yechimlardan biridir. Masalan, 2017-yilda Qozogistonda 2016-yilga nisbatan davlat grantlari soni 10 mingga kopaydi. 2018-yilda hukumatning say-harakatlari tufayli grantlar soni qoshimcha 20 mingga kopaygan. Natijada grant tanlovi boyicha oliy oquv yurtida bir talaba orni uchun 1,4 nafar abituriyentni tashkil etdi. Korib turganingizdek, davlat misli korilmagan miqdordagi grantlarni ajratmoqda. Oylaymanki, biz ham kelajakda grantlar sonini qisqartirishmas, balki oshirib borishimiz kerak.Davlat har bir grant orni uchun universitetga pul tolanishiga kafolat berishi, yani universitet uchun ajratilgan grant uning gardanida bepul oqiydigan talaba bolib qolmasligi kerak, vaholanki universitetlar bepul oqiydigan talabalar soni kop bolishini xohlashmaydi, ularga koproq shartnoma asosida oqiydigan talabalar kerak.* * *Universitetlarimizni jozib holga keltirish uchun, oliygohlarimizning rahbariyatining ishlash tarzini ozgartirishimiz kerak, har birining ozgacha monopoliyasi bor. Bazan ishlayotgan, kuchli, bilimli olimlarni yoqotishga harakat qilishadi. 2530 yoshli besh oqituvchi muallifligida 32 betli bir necha risolacha, qollanmalar ikki yillab nashr rejaga kiritaladiyu, amalda bir sahifa ham yozilmaydi. Ishga olingan yosh domlalar bir yilda bitta tezis yozmaydi. Qanaqa ilm va ilmiy kompetensiya haqida gap ketishi mumkin. Repetitorlik avjiga chiqqan, dars paytida oqituvchi talabalarga topshiriq berib, narigi honada repetitorlikka chopadi. Oqituvchilarni, yosh kadrlarni moliyaviy qaramlikdan qutqarish zarur.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0