Toshkent kayfda!

Toshkentni dorixona narkomaniyasi zabt etgan. Kattalar, yoshlar va hatto maktab oquvchilari ham pregabalin, zaleplon va tropikamidni ommaviy ravishda istemol qilmoqda. Narkodorixonalarning sirli olami va ularning mijozlari haqida hamma narsa Nikita Makarenkoning Gazeta.uzda elon qilingan surishtiruvida. Foto: Gazeta.uzKocha boylab ketayotib, oyoq ostiga etibor bilan nazar soling. Ayniqsa, dorixonalarning oldida. Uyoq-buyoqda yotgan olovrang yozuvli oq flakonchalarni koryapsizmi? Bu bugungi kunda Toshkentda burun orqali nafas yoliga yoki venaga yuborilayotgan Tropikamid koz tomchilaridir. Bir-ikki tabletka uchun moljallangan kumushrang blisterlarni payqadingizmi? Ularni pregabalin va zaleplon ishqibozlari tashlab yuborgan. Atrof bunday dori vositalari chiqindisiga tola ekanini korgach, tushunib yetasiz bu epidemiya.Toshkent kayfda. Dorixona narkotiklari ni yoshlar ommaviy tarzda sotib olmoqda. Haydovchilar istemol qilmoqda. Hatto maktabdagi bolalar ham totib kormoqda. Ular xamyonbop, qonuniy sotib olish mumkin va shuning uchun ham mashhur. Foto: Gazeta.uz. Tropikamid va pregabalinning Toshkent kochalariga tashlab ketilgan bosh qadoqlari.Chilonzor-tripBiz Andrey Samko bilan birga Chilonzor tomon yol olamiz. U Shuhrat dokoni oldidagi chorraha oldida istiqomat qiladi va yoshlar orasida yoppasiga tarqalgan dorixona narkomaniyasiga kopdan beri etiborni jalb etishga harakat qilib keladi. Andrey menga ozi narkodorixonalar deb ataydigan dorixonalarni korsatyapti. Qatortol kochasi, 11-uy. Ichkarida bolayotgan ishlarni korishga imkon bermaydigan oyna. Gapiruvchi nom: ANY BUSINESS MChJ. Lirika bormi, deb soraymiz. Pfizer kompaniyasining mazkur savdo belgisi ostida barcha narkomanlar pregabalinni biladi. Bor, bitta tabletkasi 20 ming som. Dorixonaga iflos kiyingan bir kishi kirib kelib: Selafan bormi?, deb soraydi. Yoq, hammasini olib ketishdi. Selafan bu Selofen, zaleplon uyqu dorisining jargoncha nomi.Bu ancha mashhur joy, kechalari bu yerda mashinalar navbatda turadi, deydi Andrey. Lekin shahardagi eng mashhur narkoaptekalar Shirin chorrahasi va Grand Mir Hotel mehmonxonasi oldida. Ularni hamma biladi.Al-Xorazmiy kochasi, 5-uy. Dorixona barcha yoshlardagi erkaklarga tola. Xaridor koz ongimizda pregabalin tabletkasini yutib yubordi. Kuzatib turibman u kochaga chiqib, kulrang Sparkka otirdi va oz dosti, haydovchini ham tabletka bilan siyladi. Shu bilan ular bu yerdan ketdi. Dorixona peshtaxtasi oldida yoqimtoy farmatsevt qiz. Sizda Andante bormi?. Qiz yoq degandek bosh silkidi. Dorixona mehmonlari bizga: Agar Andante kerak bolsa, Shiringa boringlar!, deb tavsiya berdi.Shirin va Lutfiy kochalari chorrahasi. Odatdagi sokin bir joy. Avtobuslar, paket kotargan odamlar uyoqdan buyoqqa otib yuribdi, ishchilar yolni tamirlamoqda. Lekin yaxshiroq razm solinsa, shaharning behalovat hayoti ortidagi ikkinchi, kishi sezmas qatlamini korasiz. Mana, avtobus bekati ortidagi 14-uy oldida yosh erkaklar va ayollar guruhi chokkalab otiribdi. Ular adekvat emas, kayfiyati ham dostona emas.Ularning ortida esa dorixona. Ichkarida uch xaridor, yosh ayollar. Katta qora kozoynak taqib olgan qiz stolga bir dasta pul qoydi ular kop pregabalin sotib olyapti. Mallasoch qizning burni ostida esa kok doglar qolgan. Andrey undan sorayapti: Nima boldi senga? Andante hidladingmi?. Yosh farmatsevt, tirjayganicha, bizga Andantening bitta tabletkasini 35 ming somdan sotdi. Giyohvandlar uni kukunga aylantirib, burun orqali qabul qiladi. Foto: Gazeta.uz. Muallif 20-iyun kuni retseptsiz Andante preparatini sotib olgan Shirin kochasi, 14-uydagi dorixona. Relisa Granovskaya olgan surat.Burchakdagi, 42-uyga boramiz. Yana bir dorixona. Oldimizda bir yigit oltita Lirika va ikkita Selofen tabletkalarini sotib oldi. Biz ham Selofen va Lirika soradik. Keksa sotuvchi bizni togri tushunib javob berdi: Ha, selofenjonmi! Bor, albatta! Olinglar. 42 ming som toladik. Andrey qachonlardir bu dorixonada bir narkoman topponcha bilan tahdid qilib, dorilarni tekin olishga uringani haqida gapirib berdi. Topponchali osha narkomanga nima boldi?, deb soradi Andrey sotuvchidan. Qamab yuborishgan bolsa kerak, bilmadim, dedi quvnoq sotuvchi.Kechasi bu yerda odamlar navbatda turadi. Atrofda zombilar galasi tentirab yuradi. Xaridorlarning yarmi haydovchilar. Inspektor esa ularga qarshi hech narsa qila olmaydi axir bu alkogolga oxshab qondan chiqmaydi, taqiqlanmagan. Shu mavzeda burniga tropikamid sepayotgan ikki homilador ayolni korgandim. Bundan battar yana nima ham bolishi mumkin?, deya xafa bolib ketadi Andrey.Dorixonalar quchogidaBugungi kunda uchta modda Toshkentdagi eng ommabop dorixona narkotiklari hisoblanadi. Bu Lirika va Regapen savdo belgilari ostida sotiluvchi epilepsiyaga qarshi pregabalin preparati. Andante yoki Selofen nomi bilan tanilgan zaleplon uyqu dorisi. Va xuddi shu nomdagi tasir qiluvchi moddaga ega Tropikamid koz tomchilari.Odam uchinchi-tortinchi qabul qilishdayoq pregabalinga organib qoladi. Kuniga tortta tabletkadan boshlab, oxiri 14 tagacha kopaytirishadi. Men tabletkalar uchun kuniga 200 ming somdan sarflardim. Tropikamidning bir flakoni 70 ming som turadi, masalan. Dorixona narkomaniyasi oziga toq odamlar orasida tarqalgan. Juda kop pul kerak. Menimcha, ofis xodimlarining 30 foizi mana shu yaramas narsani istemol qiladi, dedi menga kop yillik tajribaga ega sobiq narkoman Konstantin (ismi ozgartirilgan).Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligining bosh narkologi Oleg Mustafinning malum qilishicha, pregabalin Ozbekistonda 2012-yildan boshlab ommalasha boshlagan. Preparat kattalarga moljallangan bolib, asab tizimi ishdan chiqishi bilan bogliq ogriqlarni yoqotish uchun ishlatiladi.Preparatni uzoq vaqt davomida yuqori dozalarda istemol qilish oqibatida preparatni qayta qabul qilish istagi bilan bogliq eyforiya paydo boladi. Preparatni muntazam ravishda eyforiyaga tushiradigan dozalarda qabul qilish qaramlik sindromini keltirib chiqaradi, sutkalik doza miqdori 1500 mg va undan ham ortib ketadi, dedi Oleg Mustafin. Mamlakat bosh narkologining qayd etishicha, xumor tutish holatida xavotir darajasi keskin oshib ketib, odam hatto oz joniga qasd qilish haqida oylay boshlashi mumkin.Farzandim Lirikadan halok boldi. Biz buni uning olimidan song bildik. Uni ozini dost deb atagan bir odam doriga orgatgan ekan. Ular tabletkalarni Grand Mir Hotel oldidagi dorixonadan sotib olishgan. Lirika oz joniga qasd qilish istagini paydo qiladi, shunday boldi ham. Lirika istemoli boshlanib, fojia yuz berganiga qadar atigi tort oy otdi, xolos. Boshqa oilalarda shunday hodisalar bolmasligi uchun ham bu voqeani sizga aytib beryapman, dedi qizi halok bolgan Marina (ismi ozgartirilgan). Foto: Gazeta.uz. Grand Mir Hotel mehmonxonasi oldidagi, Shota Rustaveli, 13-uy manzilida joylashgan dorixona. Muallif bilan suhbatlashgan har bir respondent uni Toshkent markazidagi pregabalin va tropikamid sotish boyicha eng mashhur joy deb atadi.Men toplashga muvaffaq bolgan koplab dalillar pregabalin va tropikamid haydovchilar orasida juda mashhur ekanini korsatdi. Shahar kochalaridagi ayrim avariyalarni ehtimol aynan shu moddalarning istemol qilinishi bilan izohlash mumkindir.90 A avtobusi edi shekilli, osha avtobusning songgi reyslaridan birida, kechasi, men yagona yolovchi edim. Haydovchi menga bir xizmat borligini aytdi. Shunday dorixonaga kirib, Lirika olib chiqib berishni soradi. Hatto dorixonachining ismini ham aytdi. Evaziga meni uyimga yaqinroq joyda tashlab ketishni vada qildi. Yol-yolakay bu tabletkalar beradigan huzur-halovatlar haqida sozlab ketdi. Yarim yilcha oldin bolgandi bu voqea, deydi Maksim (ismi ozgartirilgan).Men tropikamidni totib korganman. Oziga xos alohida bir kayf bermaydi. Tez organib qolasan va tort haftadan song zaharlanganlik hissi doimiy hamrohingga aylanib qoladi. Keyin u kamlik qilishni boshlaydi va doim hidlab yurishga togri keladi. Eng yomoni, tropikankaning tasiri ostidagi odam rulda ozini boshqara olmaydi. Bir safar dostim bilan burnimizga sepib olib, rulga otirgandik, bir joyda qayrilmoqchi bolgandik beton bordyurni ozimiz bilan birga sudrab ketdik.Yaqinda bir dostim tropik hidlab olib, qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketdi, bitta mashinaga borib urildi, 200 metr otib, svetoforda boshqa mashina bilan toqnashdi, deydi dorixona narkotiklari ni faol istemol qiluvchi Sanjar (ismi ozgartirilgan).Tropikamidni suiistemol qilish sanoqli haftalar ichida doriga qutulish qiyin bolgan ruhiy qaramlikni keltirib chiqaradi. Xotira juda tez sustlashadi, shaxsning buzilishi kuchayadi. Kayfiyat juda tushkun bolib qoladi, oz joniga qasd qilish fikri tez-tez kuzatiladi, bemorlar ilojsizlik hisidan aziyat chekadi. Bemor sezilarli vazn tashlaydi, terining rangi sariq, mum korinishini ola boshlaydi, mushak toqimalari skeletdan ajralishni boshlaydi, deydi Oleg Mustafin.Mamlakat bosh narkologining qoshimcha qilishicha, tropikamid istemolchisining ortacha umr davomiyligi ikki yildan oshmaydi.Hayot maktabiDorixona narkotiklarining istemolchilari bilan otkazilgan koplab suhbatlardan song, ortacha narkomanning ijtimoiy qiyofasini chizish imkonsizligi ayon boladi. Hamma yosh yigit va qizlar, aql-zakovatli odamlar, ishchi va xizmatchilar, ijodkor ziyolilar, taksi haydovchilari istemol qilyapti. Men bilan suhbatda hatto huquqni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlari ham xizmat vaqtida tabletkalarni istemol qilganini tan oldi.Konstantinning takidlashicha, uning fikricha, narkomanlar kriminal olam bilan bogliq emas, ular oramizda yashayotgan sizu biz kabi oddiy odamlar: Dorixona narkomanlari zanjirlarni uzib, sumkachalarni tortib ketmaydi. Bu ahmoqona tasavvur. Buning uchun kuch kerak. Tropikamid istemol qilgan odamni barmoq bilan turtsangiz, yiqilib tushadi. Dorixona narkomanlari kun-u tun davomida ozini yomon his qiladi. Uning butun tanasi, har bir mushagi ogriydi. Uning qolidan hech narsa kelmaydi u shunchaki sabzavotga aylanib qoladi.Kattalar mustaqil ravishda tanlov qilayotgan bolsa, dorixona narkomaniyasiga jalb etilayotgan bolalar haqida bunday deb bolmaydi. Andrey Samko diqqat qilishga chaqirmoqda: Maktablar atrofidagi ariqlar boylab yurib, yaxshilab qarang, maktab devorlarining ostini ham. Barida baralgindan qolgan bosh qadoqlarni topasiz.Har bir bola dorilar haqida shuncha kop narsa gapirib berishi mumkinki, eshitib tepa soching tikka boladi. Bolalar ontalab baralgin tabletkasini ichadi, tropikamidni burniga purkaydi. Oglim oqiydigan maktabda bir bola dozani oshirib yuborishdan oldi. Bu dorilarni dorixonalarda sotib olish mumkin, maktabda ham dilerlar bor.Bu ish bilan yaxshi, uy bolalari shugullanadi, ularni ataylab shu ishga tortishadi. Bizning oilamiz ham bu korgilikdan otgan, oglimni kochada oziga keltirishga togri keldi. Endi uning har bir qadamini kuzatib yurishga togri kelmoqda. Muammo kopchilik oylaganidan kora ancha jiddiy. Barcha faktlar yashirilmoqda, tez yordamlar chaqirilmaydi, dedi Chilonzordagi mavzelarning birida yashovchi Shahnoza (ismi ozgartirilgan). Foto: Gazeta.uz. Muallif 20-iyun kuni retseptsiz Regapen va Selofen preparatlarini sotib olgan Lutfiy kochasi 42-uy manzilidagi dorixona. Relisa Granovskaya olgan surat.Bolalar Tropikamidni novokain bilan aralashtirib istemol qiladi. 16?17 yoshli bolalar. Ular shundoq darsning ozida buni ichib yuborishi mumkin. Buning nimaligini hamma oqituvchilar ham bilmaydi. Oquvchilar Lirikani bemalol sotib oladi. Oquvchi qizlardan biri 15 yoshidan beri istemol qilishini tan olgandi, deydi Toshkentdagi maktablardan birining oqituvchisi Irina (ismi ozgartirilgan).Men suhbatlashgan maktab xodimlarining guvohlik berishicha, dorixonalardagi farmatsevtlar oquvchilarga pregabalin va tropikamidni xotirjam va hech bir muammosiz sotmoqda. Men barcha ota-onalarning etiborini dorixona narkomaniyasi muammosi tasavvur qilinganidan kora yaqinroq ekaniga qaratmoqchiman. Farzandlaringizga koz-quloq boling. Sinf rahbari bilan gaplashing. Shunday tahdid mavjudligini bilarmikin u ozi?Qanday qilib bu ahvolga tushib qoldik?Sizda allaqachon koplab savollar tugilib ulgurgan bolsa kerak. Qanday qilib bunday bolib qoldi?, Odamlar qayoqqa qarayapti? va hokazo. Hozir javoblar boladi. Lekin ozgina sabr qilaylik, tarixni eng boshidan hikoya qilish kerak.1998?2003-yillarda hamma geroinga otirib qolgandi. U hammayoqda bor edi. U urfda edi. Uni Andijondan olib kelishardi, ozim ham olib kelganman. U yerda arzimagan pulga sotishardi. Yangi pachkani ochsang, sassiq sirka hidi butun xonani tutib ketardi. Kattalar dozani tekinga berishardi, ikki-uch ming som bolardi. Stolda yolcha qilinardi, uch santimetrlik. Shuni hidlab, burunga tortish kerak edi. Keyin har safar yolchani uzaytirish kerak edi. 20 santimetrgacha chozilib ketardi. Yoqsa kayf bermasdi. Keyin mushakka ukol qilib yuborish kerak edi. Keyin venaga. Bu vaqtga kelib endi hech kim senga tekinga geroin bermasdi. Politexnika institutining biznes boshqaruvi fakultetida shundoqqina oshxonada geroin chekib otirishardi. Biroq 2003-yilga kelib bularning hammasi barham topdi. Hammani qamashdi. Shundan beri geroinni topib bolmaydi. Hozir u yoq. Hech qanaqa pulga topolmaysan, deydi menga Konstantin.Geroin yoqolib qolgach, hamma boshqa yolini izlay boshladi. Alkogol, tabletkalar.Konstantinning guvohlik berishicha, aynan osha vaqtlarda tramadol ommalashgan va u yaqin-yaqingacha Ozbekistondagi eng mashhur dorixona narkotigi edi. Chilonzorning Shuhrat chorrahasidagi tramadolning qora bozori kop yillar davomida ozining faolligi bilan salbiy shuhrat qozongan edi. Lekin bu bozorning kuni bitdi.2018-yil 27-oktabrida tramadol va Sonnat savdo belgisi bilan tanilgan zopiklon Vazirlar Mahkamasining qarori bilan muomalada bolishi cheklangan narkotik vositalar va psixotrop moddalar royxatiga kiritildi. Ozbekiston prezidenti tomonidan qora bozorga qarshi maqsadida 2018-yil 23-oktabrda imzolangan qonun bilan dori vositalarini dorixonalar va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilganlik uchun mamuriy va jinoyat javobgarlik belgilandi.Shuhrat dokoni oldidagi chorraha otgan yilgacha dorixona narkotiklarini sotish boyicha mashhur nuqta edi.Ishonch va faxr bilan ayta olamanki, endi bu nuqta yoq, u yoq qilingan. Avvalgidek dorixona narkotiklarini ochiq sotayotgan odamlarni endi u yerda uchratmaysiz, dedi Toshkent shahar IIBBning jinoyat qidiruv boyicha tezkor vakili Shavkat Otamurodov.Men bilan suhbatlashgan giyohvandlarning bari Shuhratdagi qora bozor yoq qilinganini, tramadolni esa Toshkentdan topish deyarli imkonsiz ishga aylanganini tasdiqladi. Sobiq qora bozor yaqinida yashovchi Andrey Samko ham buni tasdiqlayapti.Tramadol yoqoldi. Biroq narkomanlar yoqolib qolgani yoq. Aynan shu lahzada sahnaga pregabalin, tropikamid va zaleplon chiqib keldi. Qarang, tramadol istemol qilish epidemiyasi tugadi, bu fakt. Uning ornini yangi preparat tropikamid egalladi. Bir yil avval, agar bilsangiz, tropikamid bu qadar mashhur emasdi, deydi Shavkat Otamurodov.Lekin bunga yana bir tasodif ham oz tasirini korsatgan. Mening fikrimcha, aynan shu tasodif dorixona narkotiklarining aqlbovar ommalashuviga sabab bolgan. Qanchalik galati jaranglamasin, avvallari bu dorilarni olish hozirgidek oson bolmagan.2017-yilgacha Lirikani sotib olish qiyin edi. Dorixonadan ololmasding. Biz taksichilarga buyurtma berardik. Ular qongiroq boyicha yetkazib berardi. 2018 yildan boshlab esa uni sotib olish osonlashib qoldi. Yangi-yangi savdo nuqtalari paydo boldi, deydi Lirikaning sobiq faol istemolchisi Asqar (ismi ozgartirilgan).2017-yili nima bolgandi? Prezidentning 2017-yil 14-fevraldagi qarori bilan dorixonalarni litsenziyalash vakolati Sogliqni saqlash vazirligidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga otkazilgan. Shuningdek, retsept boyicha sotiladigan dori vositalari ustidan nazorat ham vazirlikdan olingan. Bundan kozlangan maqsad olijanob edi: narxlar oshishiga qarshi kurash. Lekin bu choralar aks tasiri olaroq dorixona narkotiklarini sotib olish osonlashdi.Epidemiya formulasi shunday: dorixonalar ustidan nazoratning susayishi + tramadol bozorining yoq qilinishi = dorixona narkotiklari istemolining oshishi. Narkomanlar tramadolga orinbosar izlayotgandi hamda tabletkalar va tropikamidni oson olish yoli paydo bolganida, bundan juda quvondi. Bu dori vositalari haqida xabarlar bir zumda shahar boylab tarqalib ketdi.Endi diqqat qiling: pregabalin, tropikamid va zaleplon retsept asosida beriladigan preparatlar hisoblanadi. Ular Sogliqni saqlash vazirligining 2018-yil 22-oktabrdagi 50-son buyrugiga kiritilgan, shu bois bu preparatlar faqat va faqat shifokor retsepti asosida berilishi kerak. Nazariy jihatdan.Amalda nima bolyapti? Hech kim hech qanday retseptni sorayotgani yoq. Bir necha dorixonada pregabalin va zaleplonni hech qanday retseptsiz sotib olganimni ozim tasdiqlayman. Etibor bering qoldan emas, dorixonalardan. Qora bozor yoq, uning keragi ham yoq. Dorining nomini aytish ham shart emas provizorga 20 ming som uzatib, bitta desang kifoya. Shaharda onlab shunday narkodorixonalar bor. Ularning royxati tahririyati ixtiyorida bor. Foto: Gazeta.uz.Muallif tomonidan 20 iyun kuni turli dorixonalarda sotib olingan (chapdan ongga) Andante, Regapen (pregabalin) va Selofen preparatlari.Toshkentda retsept boyicha sotiladigan dori vositalarining qatiy retsept asosida sotilishi uchun kim javob beradi? Dorixonalarni kim nazorat qilishi, qonunlarochiqchasiga va tizimli ravishda buzilayotgani, yoshlar va bolalar zaharlanayotgani uchun kim dorixonalarning boshiga urib turishi kerak? Qanchalik galati korinmasin, bunga Toshkent shahar hokimligi javobgar. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorigakora shunday.Sogliqni saqlash vazirligidan malum qilishlaricha, litsenziat (dorixonalar) tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda bunday organ viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisoblanadi.2017-yilga qadar dorixonalarga litsenziya Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan berilardi. Farmnazorat dorixonalarni tanlab tekshirish huquqiga ega edi. 2017-yili barcha vakolatlar hokimliklarga otkazildi. Toshkent shahar Sogliqni saqlash bosh boshqarmasida nazariy jihatdan dorixonalarni nazorat qilish bilan shugullanishi mumkin bolgan faqat bitta odam bor. Farmnazoratda esa 20 nafar professional mutaxassisdan iborat jamoa bor edi. Hozir shaharda nechta dorixona borligini ham bilmayman. Biz bu bilan shugullanmaymiz. 10 mingdan ortiq bolsa kerak. Bir kishi ular bilan qanday ham ishlay olardi? dedi Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi huzuridagi DUK axborot-tahlil bolimi boshligi Muhabbat Ibrohimova.SSSR davrida va hozir ham xorijda, masalan, Daniyada dorixonalar sogliqni saqlash muassasalari hisoblangan. Bizda esa bu tadbirkorlik. Men buni notogri deb hisoblayman. Ularni hech kim tekshira olmaydi. Tadbirkorlarni tekshirishga moratoriy bor. Dorixonalar nazoratdan toliq chetda qoldi. Hokimlik va soliq qomitasi rejadan boshqa hech narsaga qiziqmaydi, deydi Muhabbat Ibrohimova.Agar retsept bilan beriladigan dorilar ustidan hech kim nazorat qilmasa, ehtimol, tramadol bilan bolgani singari, pregabalin, zaleplon va tropikamidni ham aylanmasini cheklab, narkotik yoki psixotrop moddalar royxatiga qoshish kerakdir? Axir tramadolni yengishda bu choralar yordam berdi-ku. Shunday muhokamalar ham bolgan. Biroq bu dorilarni narkotiklar royxatiga kiritmaslikka qaror qilingan retsept bilan beriladigan dorilar royxatiga kiritishning ozi yetarli, deb hisoblangan. Foto: Gazeta.uz. Al-Xorazmiy kochasi 5-uydagi dorixona. Bu yerda 20-iyun kuni muallifning guvohligida retseptsiz kelgan xaridorga pregabalin sotilgan. Relisa Granovskaya olgan surat.Aytmoqchimanki, har qanday dorining biror-bir aks tasiri bor. Shuning uchun ham biz barcha dorilarni taqiqlay olmaymiz. Sogliqni saqlash vazirligining ishchi guruhi 2018 yili tropikamid va pregabalinni taqiqlangan dorilar royxatiga qoshishga qarshi chiqqan. Biz faqat kuchli tasir qiladigan moddalar aylanmasini cheklaganmiz, deya tushuntirdi tezkor vakil Shavkat Otamurodov.Lirika dori vositasi narkotik BMTning 1961, 1971, 1988-yillardagi Konvensiyalari royxatida korsatilgan narkotik vositalar va psixotrop moddalarga mansub emas. Narkotik vositalar va psixotrop moddalar royxatiga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qaror loyihasini tayyorlash jarayonida olib borilgan organishlar ushbu preparat dorixonalardan tashqarida sotilganini korsatdi, deydi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi DUKning Narkotiklarni nazorat qilish qomitasi raisi professor Ismatjon Azizov.Uning sozlariga kora, pregabalin suiistemoliga qarshi chora uning dorixonalardan tashqarida sotilishiga qarshi taqiq ornatilgani boldi.Tropikamid dori vositasi boyicha shuni malum qilamizki, ishchi guruhning faoliyati davomida ushbu preparatni suiistemol qilish bilan bogliq faqat bir necha axborot rasman royxatga olingan. Shundan kelib chiqib, shuningdek, Tropikamid kimyoviy tuzilishi va farmakologik tasiri jihatdan narkotik vositalar va psixotrop moddalarga mansub emasligi bois, ushbu preparatni royxatga kiritish masalasi korib chiqilmagan, deya qoshimcha qildi professor Azizov.Ismatjon Azizov tasdiqlashicha, tropikamidning suiistemoli 2018-yil oktabrida tramadol va zopiklon nazorat qilinadigan moddalar royxatiga kiritilgach kopaygan. Professorning qoshimcha qilishicha, agar huquqni muhofaza qilish organlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish Davlat komissiyasining ishchi guruhiga murojaat bilan chiqsa, tropikamid nazorat qilinadigan moddalar royxatiga kiritilishi mumkin.Sodda tilda tushuntiramiz. Lirika, Tropikamid, Selofen, Andante taqiqlangan moddalar royxatiga kiritilmagan. Kiritilishi mumkin, agar hukumat ushbu epidemiyaga etibor qaratsa. Ana shunda ularni taqiqlashadi va, agar tramadol bilan holatdan xulosa qilinsa, bu dorilarning bozori kasodga uchraydi. Ikkinchi yol ham bor retsept bilan sotiladigan dorilar ustidan qatiy nazorat ornatish.Rossiyada yuqorida zikr etilgan har ikki yoldan yurib korishgan va birinchisini tanlashgan. Rossiya Ichki ishlar ishlar vazirligi 2017-yili dorixonalar ustidan nazoratni kuchaytirish orqali pregabalin va tropikamidga qarshi kurashishga zor ishtiyoq bilan kirishgan edi. Biroq yakunda IIV taslim boldi. Yaqindagina, shu yilning 6-iyun kuni Lirika va Tropikamid narkotik preparatlar royxatiga kiritildi. Endi Rossiyada bu dorilarni sotib olgan va otkazgan shaxslar sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.Orni kelganda qayd etish joiz, Sogliqni saqlash vazirligi malumotlariga kora, 1-may holatiga kora Ozbekistonga 447 ming 110 qadoq Tropikamid olib kirilgan. Bu minglab parokanda qilingan umrlar, degani.Chuqurroq nafas oling. Bu hali hammasi emas. Davomi yanada qiziq boladi, oxirida esa qandolat dokoniga kirib otamiz.Ziravorlardan qoshamizQonunlarga aniqlik kiritib, dorixona narkomaniyasi ustidan galaba qozonish mumkin. Dorixonalarning egalari malum. Qora bozorga qarshi alohida qonun bor. Lekin Toshkentga yopirilgan yana bir yangi baloni maglub etish unchalik ham oson emas.Gap spayslar yoki chekiladigan qorishmalar haqida. Toshkentning bir bu, bir u devorida maxsus Telegram-kanallarni reklama qiluvchi graffitilar paydo bolib qolyapti. Bu kanallarda kim tomonidan, qayerda, qanday formula asosida ishlab chiqarilgani nomalum zaharli sintetik narkotiklarning porsiyalariga erkin buyurtma berish mumkin. Va, ehtimol, ularni istemol qilgandan song, tirik qolish ham mumkin. Foto: Gazeta.uz.Spays sotuvchilarga tegishli Telegram-kanallarning Toshkent kochalari va podyezdlaridagi reklamalari. Fotosuratlar Effekt Makarenko kanali mushtariylari tomonidan taqdim etilgan.Spayslar tarkibida, qoidaga kora, sintetik kannabinoidlar boladi. Ularning inson organizmi tasiri yaxshi organilmagan. AQSh va Yangi Zelandiya olimlarining tadqiqotlari spays istemoli uzoq davom etadigan psixoz va ruhiy holatning otkir buzilishiga sabab bolishini korsatgan.Koplab mushtariylar graffitilar bevosita maktablar yaqinida paydo bolayotgani uchun ham ayniqsa xavotirda. Spays sotuvchilarning shaxsi nomalum. Ular Telegramdagi kanallarni xorijiy sim-kartalardan foydalangan holda ochadi. Ularni aniqlash juda qiyin. Telegram esa, oz navbatida, na maxsus xizmatlar bilan, na huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik qiladi.Dilerlar oldindan tolov usulida ishlaydi. Zarur miqdordagi pulni otkazib berganingizdan song, ular sizga oz tovaringizni olib ketishingiz mumkin bolgan maxfiy joy manzilini aytadi. Etika nuqtai nazaridan biz spays tarqatuvchilarning sahifalariga havolalar bermaymiz. Lekin ishoning bu ham oziga xos bir epidemiya. Bunday kanallarni onlab topsa boladi.Vijdonsiz dorixonalar va ularning tabletkalaridan farqli olaroq, spayslar bilan bogliq vaziyat jiddiyroq. Ular 2015-yildan beri Ozbekistonda taqiqlangan moddalar royxatiga kiradi. Ularni saqlash, sotib olish va otkazishga jazo bor. Huquqni muhofaza qilish organlari ularga qarshi kurashyapti ham.2018-yili IIV prokuratura, DXX, Bojxona qomitasi va boshqa idoralar bilan hamkorlikda narkotiklarning internet orqali tarqatilishiga qarshi kurash boyicha maxsus guruh tuzilgan. Maxsus reja ham tuzilgan bolib, tezkor chora-tadbirlar siri sabab uning tafsilotlarini oshkor qilish mumkin emas.Bu yil biz giyohvandlik moddalarini noqonuniy aylanmasi bilan bogliq 350 ta holatni aniqladik. Shundan 40ga yaqin holat spayslar bilan bogliq edi. Uchta holatda narkotiklarni sotish internet orqali amalga oshirilgan. Lekin internetda katta yetkazib beruvchilar ishlamaydi. U yerda narkotiklarni kilolab sotishmaydi. Spayslarni mamlakatga qol yuklarida, shuningdek, yuk yetkazib berish kanallari orqali olib kirishga urinish holatlari ham qayd etildi. Ikkita holatda spaysni dorixona moychechagiga aralashtirib, pochta orqali yuborishga urinishgan, dedi Shavkat Otamurodov.Yana bir holatda huquq-tartibot organlari spays tarqatuvchilar zanjirini fosh etishga muvaffaq bolgan.Xodimlarimiz profaylingni professional darajada ozlashtirgan ular kochada giyohvand odamni korinishidanoq ajrata oladi. Shu yil yanvar oyida Shayxontohur tumanida xodimlar kochada 27 yoshli Jahongirni (ismi ozgartirilgan) ushlagan, u ozini noadekvat va shubhali tutgan. Xolislar guvohligida gumonlanuvchining yonidan hidsiz osimlik moddasi solingan oram olingan. Oram tahlil uchun IIV laboratoriyasiga yuborildi, va ular bu spays ekanligini tasdiqladi, deydi Otamurodov.Tergov davomida Jahongir oz yetkazib beruvchisi, 37 yoshli Sarvarni (ismi ozgartirilgan) sotgan. Sarvarning xonadonidagi tintuv vaqtida 1 gramm spays olingan. Sarvar, oz navbatida, unga spaysni Jalol (ismi ozgartirilgan) yetkazib berishini malum qilgan, Jalolda ham spayslar topilgan. Jalol esa spayslarni internetdan sotib olgan. Shu bilan zanjir yoqqa chiqqan va ish sudga oshirilgan.Turgan gapki, huquqni muhofaza qilish organlari Telegramda yashirinib otirgan asosiy yetkazib beruvchilarni fosh qilish uchun mashaqqatli mehnat qilishi kerak.Hozircha esa fuqarolarni yana bir bilvosita xavf haqida barcha fuqarolarni ogohlantirib turgan maqul. Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ish taklif qilish bilan bogliq elonlar kopayib qildi. Odatda, reklamada katta maosh tolanadigan kurerlar ishga olinishi aytiladi. Tahririyatga malum elonlarning birida Ozbekiston fuqarolariga Gruziyada, Tbilisi va Batumida ishlash taklif qilinadi. Kompaniya Toshkentda kuniga 120?240 ming somlik maosh bilan malaka oshirish kurslarini, Gruziyaga uchib borish, u yerda yashash xarajatlarini qoplashga tayyor va kuniga 100?130 dollardan maosh taklif qilyapti. Foto: Gazeta.uz. Chapda VKontaktedagi soxta akkauntda chop etilgan ish haqidagi odatiy elon. Ortada va ongda ish beruvchi bilan bolgan suhbatdan parchalar. Skrinshotlar Effekt Makarenko kanali mushtariyi tomonidan taqdim etilganBunday jozibador takliflarga aldanib qolmang. Bu mijozlar uchun tovar yetkazib beradigan kurerlar toplayotgan spays dilerining eloni. Ehtimol, ular haqiqatan ham kuniga 100 dollardan pul tolar. Lekin bunday kurerning faoliyat davri bir oydan ortiq davom etishi ehtimoli juda past. Politsiya bunday kurerlarni qolga tushirishni juda yaxshi biladi va oxir-oqibat bir necha yilni xorij qamoqxonasida otkazishga togri keladi.Hammani qamab qoya olmaysanAndrey Samko bilan birga Qatortol bozoriga kirdik. Eng ongdagi darvozalar orqali, rossiyskiy, dollar degan gapi hech ozgarmaydigan valyutafurushning yonidan otib, qandolat mahsulotlari bilan savdo qilinadigan bolimga kirish mumkin. Bu yerda hamma kimga nima kerakligini biladi, deydi Andrey.Dokonlardan biriga kiramiz. Koknor bormi?, deb soraydi Andrey. Vaholanki sorashga ham hojat yoq yerda bulochkalarga sepish uchun moljallangan uch qop koknor uruglari turibdi. Mana yaxshisi, deydi yosh sotuvchi ayol. Yoq, haqiqiysini, qorasini korsat! deb qatiy soraydi Andrey. Foto: Gazeta.uz. Qatortol bozoriga kirish joyi. Bino ichkarisida, chap tomonda qandolatchilik uchun moljallangan koknor sotiladi. Relisa Granovskaya olgan surat.Sotuvchi ayol yana bir qop koknor urugi yashirilgan shkaf qutisini ochdi. Mana, eng qorasi! Bugun allaqachon bir qopini sotib boldim!, dedi faxrlanib u. Koknor urugining bir kilosi 120 ming som turadi. Ozimizni haqiqiy giyohvandlardek tutishga urinib, yana bir-ikki dokonni aylandik. Darhaqiqat, sotuvchilar birdan barini anglamoqda. Savdo juda qizgin ekani shundoqqina korinib turibdi.Koknorni shu yerdan sotib olsa ham boladi, lekin xojalik dokonidan olish osonroq. Chunki boshqa masalliqlar ham, masalan, eritgich (rastvoritel) ham kerak, deydi Andrey. Turli kimyoviy moddalar va koknor uruglari yordamida narkomanlar vint deb ataladigan koknor surrogatini tayyorlaydi. Uruglarda koknorning kuchsiz izlari qoladi, ana shularni qaynatib, ishlov berish kerak, deya hikoya qiladi Andrey.Xojalik dokoniga boramiz. Qatortol kochasi, 10/1-uy. Ichkariga kiramiz. Andrey fitnakorlarga xos tarzda pichirlab, sotuvchidan soraydi: Koknor kerak. Bormi?. Bor, deb tasdiqlaydi sotuvchi. Korsat!. Sotuvchi oylanib turib, song yashirib qoygan joyidan bir kosa koknor uruglarini oladi: Qorasi, ol. Korib, u yerdan ketamiz. Koryapsanmi, bu yerdagi hamma odam barcha narsani biladi bu yerda, deya xulosa qiladi Andrey. Foto: Gazeta.uz. Koknor uruglarini realizatsiya qiladigan Qatortol kochasidagi xojalik dokoni. Relisa Granovskaya olgan surat.Odamlar oz rohati uchun istalgan narsani istemol qilishi mumkin. Yodimda, Nima? Qayerda? Qachon?ning bilimdonlaridan biri menga denaturat, togora va juda kop tuz yordamida spirt olishning oqilona bir yolining tafsilotlarini tushuntirgan edi. Ogir Gorbachyov zamonida kashf qilingan usul. Agar ijtimoiy asosi yoqotilmasa, giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish befoyda.Bizning yangi strategiyamiz bu ularning tarqalishiga qarshi kurash emas, balki istemoldan ogohlantirishdir. Chunki hamma sotuvchilarni qamab qoyish imkonsiz, orniga yangilari paydo bolaveradi. Dorilarni ham taqiqlab bolmaydi, u holda davolanishga hech narsa topolmaysiz. Shunday qilish kerakki, narkotiklarni sotib oladigan odam bolmasin. Narkotiklarga qarshi kayfiyatni tarbiyalash kerak. Biz shu yonalishda ishlayapmiz, dedi Toshkent shahar IIBB tezkor vakili Shavkat Otamurodov.Hammasidan otganman. Geroin ham, aroq ham, tabletkalar ham istemol qilganman. Besh yilda toqqiz marta klinikaga yotdim. Toqqizinchi safar Respublika narkologiya markazida Yelena Nikolayevna Xan meni tabletkalardan davoladi. Shundan beri ogzimga olmayman. Qay bir vaziyatda pregabalin sabab notavonga aylanib qolayotganimni, oilam, yaqinlarim, ota-onamni yoqotayotganimni tushunib yetdim. Song klinikaga ozim bordim, deydi Konstantin.Togri tushuning, narkomanlar mana shu tabletkalar uchun 20 yildan qamoq berilishini xohlaydi. Ular bularning hech biri bolmasligini xohlaydi. Nima qilsangiz qiling, lekin bu yaramas narsani dorixonalardan yoqoting, deya iltimos qilib qoldi Konstantin.Gazeta.uz tahririyati ixtiyorida muallif tomonidan keltirilgan iqtibos va faktlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi materiallar bor. Ismlar surishtiruv qahramonlarining iltimosiga kora ozgartirilgan.Muallif surishtiruvni otkazishda korsatilgan yordam uchun Toshkent shahar IIBB va Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatlariga, shuningdek, yordam korsatish haqidagi iltimosga labbay deb javob bergan befarq bolmagan barcha toshkentliklarga minnatdorchilik bildiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0