Buxoroda odam savdosi jinoyati bilan ayblanib, 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosini olgan ayol jazodan ozod qilindi

Buxoroda Jinoyat ishlari boyicha viloyat sudi raisi orinbosari Abdumannon Shaydoyev raisligida olib borilgan sud ishida Buxoro shahrida yashovchi Madina Gafurovaning (ism-sharifi ozgartirilgan) apellyatsiyasi korib chiqildi. Jinoyat ishlari boyicha Vobkent tuman sudi tomonidan Ozbekiston Jinoyat Kodeksining 135-modda 2-qismining ye bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib odam savdosi jinoyatini sodir etish) va JKning 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) bilan qollanilgan 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosidan ozod etilgan.Madina Gafurova 1991 yilda Buxoro shahrida tugilgan. 2 nafar farzandi bor, ayni paytda homilador. Muqaddam sudlanmagan.2019-yilning 5-fevral kuni Jinoyat ishlari boyicha Vobkent tuman sudyasi Mahmud Oripov raisligida otkazilgan sud ishi korsatmasiga kora, fuqaro Madina Gafurova bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirgan. Odamlardan shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yollab, jabrlanuvchini xorijga olib otib, odam savdosi jinoyatini sodir etgan. U tekin boylik orttirish uchun 1978-yilda tugilgan samarqandlik fuqaro Shahlo Xolmurodova (ism-sharifi ozgartirilgan)ni fohishalik bilan shugullantirish uchun uni Ozbekiston Respublikasining davlat chegarasidan Bahraynga olib otish maqsadida unga viza ochtirgan, elektron chipta olib bergan. Toshkent shahridagi ToshkentDubayBahrayn yonalishidagi samolyot orqali jonatmoqchi bolgan vaqtida Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.Hukmda jinoyat ishi boyicha jabrlanuvchi, deb korsatilgan Shahlo Xolmurodova 2018-yilning 20-avgust kuni Buxoro viloyati IIB boshligi nomiga ariza yozgan. Arizaga kora, Madina Gafurova uni avvaliga Turkiya davlatiga yaxshi daromadli ish borligini aytib, keyin esa uni Turkiyaga emas, balki Bahrayn davlatiga fohishalik bilan shugullanib, pul topish uchun aldab jonatayotganligidan xabar topganligi va unga nisbatan qonuniy chora korishni soragan.Sud jarayonida fuqaro Madina Gafurova oz korsatmalari orqali bu ayblovlarni rad etgan. Sudda jabrlanuvchi sifatida korsatilgan Shahlo Xolmurodovaning Bahraynga uchib ketishiga ozining aloqador emasligini, u IIB xodimlari komagi bilan ketishga ulgurganini bildirgan. Himoya tomonning fikriga kora, ushbu jarayon shu yonalishda faoliyat olib borayotgan ichki ishlar idoralarining sohaviy xizmat tarmoqlari xodimlari tomonidan oylab topilgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor qidiruv tadbirini amalga oshirgan holda qonunga xilof ravishda sahnalashtirilgan soxta jinoyat bolgan. Voqealar rivoji aslida quyidagicha bolgan edi. 2018-yilning may oyida Bahrayn davlatiga borish uchun chiqish vizasi olish maqsadida Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni ramiylashtirish bolimiga bordim. IIB vakili Sanjar Ochilov (ism-sharifi ozgartirilgan) men bilan suhbat davomida oz taklifini bildirdi. Uning taklifiga kora, odam savdosi bilan bogliq masala yuzasidan ularga tadbir uyushtirib berishga komaklashishim, yani xorijga chiqib ketayotgan qizlarni ushlab berishim va buning evaziga xorijga chiqish vizasi tez kunda qolimga tegishi kerak edi. Sanjar Ochilov menga kuzatuv oynasi orqali notanish ayolni korsatib, uni tanish-tanimasligimni soradi. Men uni haqiqatan tanimasligimni aytdim. Shunda meni xonadan chiqardi-da, u ayolni chaqirdi. Hayal otmay, ayol oldimga kelib, men bilan tanishish istagida ekanligini, nima ish bilan shugullanishimni soradi. Men atir-upalar savdosi bilan shugullanishimni aytganimdan song u ham bunga qiziqishi borligini bildirib, qol telefonim raqamini oldi va ketdi. Sanjar Ochilov meni yana oz oldiga chaqirib, u otkazajak tadbir uchun nima ish qilishim kerakligini tushuntirdi. Uyga kelib, juda kop oylandim. Vijdonimga qarshi chiqolmasligimni tushunib yetdim. IIB vakili esa tinimsiz qongiroq qilishdan toxtamasdi. Siz bilan tanishgan ayolning ismi Sabina. Siz uni tanimaysiz. U qiz savdosi bilan shugullanadi. Siz bizga uni qolga olishimizga komaklashasiz, dedi. U ayol esa turli jinoyatlar sodir etib, bir necha bor sudlangan ekan. Men ozimdan qorqib, Sanjar Ochilovning men orqali tadbir uyushtirishiga qarshilik korsatdim... Afsuski, mening bu shartga konmaganim ozimga qimmatga tushdi, dedi Madina Gafurova.Ozini Sabina deb tanishtirilgan ayol Buxoro shahar markazidagi ijara uyga fuqaro Madina Gafurovani taklif etib, undan bir million somdan ortiq bolgan atir-upalarni qarzga olgan. Keyinchalik Madina qarzlarini bir necha bor sorashiga qaramasdan, Sabinadan pulni undirib olishda qiyinchilikka duch kelgan. Oradan kop otmay, Madina atir-upalar savdosi bilan shugullanish maqsadida sayohat vizasi bilan 15 kun muddatga Bahrayn davlatiga ketgan. Qizim Bahraynga atir-upalar savdosi maqsadida ketgach, unga tegishli qarzlarni undirib olish uchun Buxoro shahri markazidagi uyda ijarada yashovchi Sabina ismli ayolni izlab keldim. Afsuski, mahalla-koy, uchastka nozirining aytishicha, u Sabina emas, aslida Rano Jumayeva (ism-sharifi ozgartirilgan) ekan, dedi qiziga tegishli tegishli pullarni talab qilib borgan Madinaning onasi Malika Rustamova (ismi-sharifi ozgartirilgan), bu ayol qiyin-qistovimdan song, qarz evaziga olgan qimmatbaho atir-upalar haqini turli bahonalar bilan boshqa tovarlar berish orqali toladi.Madina Gafurova Bahrayn davlatida safardalik chogida Imo ijtimoiy tarmogi orqali unga ozini Shahlo Xolmurodova (ism-sharifi ozgartirilgan) deb tanishtirgan ayol ozini Ranoning dugonasi ekanligi, Ranoning firibgar va yulgich ekanligi, ozini ham juda kop bor chuv tushirgani, ayni paytda Bahraynga chiqish masalasida Madinadan yordam kerakligi, unga chiqish vizasini yuborishini soragan. Mening xatoim unga sayyohlik vizasi ochtirib berganim boldi. Bahraynga kelgach, viza haqini tolashini va xuddi konglim sezgandek, bunda hech qanday odam savdosi jinoyati yoqligini tushuntirdim. Bundan tashqari, Shahloga begona davlatga bir ozi yolgiz kelmasligini, meni kutishini, 18-avgust kuni Toshkentda bolishimni ham bildirgan edim. Qizim tugma nogiron. Uni davolatish uchun 23 oy davomida Toshkentda yurishimni, balki keyin birga kelishimizni ham bildirgan edim. Ammo Shahlo vizani bekor qilmaslikni, ozi xorijdan qaytguncha mening mehmonxonada emas, uning uyidan foydalanib turishimni, buning evaziga 500 AQSh dollari tolashimni soradi. Men rozi boldim va xorijdan turib, Shahloning Toshkentdagi uyida qizimni davolatib yashashim uchun tanishim orqali Samarqandga 300 AQSh dollari yetkazdim. Shahlo esa xorijdan qaytayotganimda ozi uchun atir-upalar ham olib kelishimni tayinladi, dedi Madina Gafurova.Otgan yilning 18-avgust kuni Madina Gafurova xorijdan Toshkentga qaytgan. Shahloning Bahraynga borish uchun samolyotga uchish chiptasi 19-avgust kuniga olingani sababli, u ham shu kuni Toshkentga kelgan. Madina Shahlodan oldindan tolovini amalga oshirgani uchun undan uyining kalitini olish maqsadida Toshkentda korishishni taklif qilgan.Ular korishgan payt Shahlo Xolmurodova IIB tomonidan otkazilayotgan tadbirda Madinani tutib berishi kerakligini, ammo bunday qilmoqchi emasligini aytadi. Madina, sizga uyimning kalitini bera olmayman, chunki ayni paytda uyimda Rano hamda IIB vakillari bor. Sizning orqangizdan organ vakillari tushgan. Menga esa hozirgi suhbatimizni ham yozib olish xizmati topshirilgan. Sumkamda diktofon ham bor. Ammo uni ochirib qoyganman. Menga 1000 AQSh dollari berishni vada qilishgani uchun ular uyushtirayotgan tadbirga qoshilib qoldim. Qizim homilador. Pul uchun shunday qilishga majbur boldim. Siz menga yaxshilik qilib, xorijga chiqish uchun viza ochtirib berdingiz, sizga endi yomonlik qilish niyatidan yiroqman. Ularning tadbiri amalga oshmasligi uchun menga 100 AQSh dollari bering, men Bahraynga uchish kunimni ozgartiraman, deydi Shahlo Xolmurodova.Ularning suhbati chogida haqiqatan Sanjar Ochilov Shahlo Xolmurodovadan topshirigining qanday kechayotganini sorab, qongiroq qilgan. Shahlo Madinaning oldida telefon ovozini balandlatib, Madina bilan korishmagani, ayni paytda homilador qizi bilan dokon aylanib yurgani, tadbirni uyushtirolmay qolishi mumkinligini bildirgan. Sanjar Ochilov esa dabdurustdan ayni paytda Madina Gafurovaning fohishalik bilan shugullanayotganlikda ayblagan. Ozim haqimdagi bunday nojoiz sozlarni eshitib turish men uchun oson bolmadi. Qaysi aybim uchun, degan savol meni qiynardi. Nahotki, ozim qilmagan ishlar uchun qonunga xilof ravishda sahnalashtirilayotgan soxta jinoyatlar qurboniga aylanayotgan bolsam, deb qorqib qoldim, dedi Madina Gafurova. Qorqib, ozimni yoqotib qoyganim uchunmi, osha tobdayoq Shahloga 100 AQSh dollari berib, meni tinch qoyishini, togri niyatda unga xorijga chiqish vizasini ochishda komaklashganimni bildirib, yiglab ketib qoldim. Shunday bosim holatida Shahlodan uyi uchun oldindan tolovini amalga oshirganim ozimga tegishli bolgan 300 AQSh dollarini ham, 120 AQSh dollariga teng atir-upalarning pulini ham olishni unutibman.Shu kunning ozida Madina Gafurova Shahlo Xolmurodova nomiga ochtirgan sayyohlik vizasini bekor qildirgan. Oziga ochilgan sayyohlik vizasi bekor qilingach, Shahlo Xolmurodova oziga tegishli yollar orqali viza ochtirib, 2018-yilning 22-avgust kuni Bahraynga uchish uchun samolyotga chipta xarid qilgan. U oziga qaysi yol bilan viza ochtirganidan xabarim yoq edi. Shu kuni u onamga qongiroq qilib, qoyarda-qoymay, mening aeroportga borishimni, qarzlarini qaytarishini va bagajlarini tashishga komaklashimni iltimos qildi. Ertalab soat oltiga aeroportga bordim. Telefon qilyapman, kotarmadi. Shu tobda viloyat IIB xodimlari qarshimdan chiqishdi. Qoqqisdan kelib, 20-avgust kuni ustimdan shikoyat arizasi tushganini aytib, meni xizmat mashinasi bilan Buxoroga olib kelishdi. Advokat olmaganim uchun avvaliga hech narsani isbot qila olmadim, sozida davom etdi Madina Gafurova. Ammo sud jarayonida men bilan Sanjarni yuzma-yuz uchrashtirishmadi. Hatto, sudda goyoki jabrlanuvchi bolgan Shahlo Xolmurodova ham qatnashmadi. Vaholanki, u tadbirni uyushtirishda komaklashib, allaqachon xorijga jonab ketgan edi. Jinoyat mening yelkamga ortildi. Menga shuncha ayblov odam savdosi bilan ayblandim, delo esa mening ishtirokimsiz topshirilgan. Na jabrlanuvchi, na guvohlar bor edi. Men komak berishni istamagan, sahnalashtirilishi lozim bolgan tadbir boshqa ayol orqali mening jinoyat ishi bilan jabr korishimni taminladi.Sud tergovi davomida soroq qilingan viloyat IIB tezkor xodimi Sanjar Ochilov oz korsatmasida 2018-yilning 20-avgust kunida Shahlo Xolmurodova ariza bilan murojaat qilgani va ular shu arizaga kora, bir fuqaroning odam savdosi qurboniga aylanishi mumkin, degan xulosaga kelib, zudlik bilan tadbir elon qilinganini bayon etgan.Daryo muxbiri holat boyicha tahririyatga murojaat etgan Madina Gafurova etirozlari yuzasidan Sanjar Ochilov bilan telefon orqali boglangan. Men ariza boyicha material toplaganman. Sud vaqtida esa holat boyicha tushuncha berganman. Sud jinoyatni korib chiqqan, hukmini chiqargan, jazosini tayinlagan, tamom. Qanday malumot kerak bolsa, sudga murojaat qilib, hukmdan foydalaning, deb javob bergan Sanchar Ochilov. Shikoyatchi arziga kora, sudgacha bolgan holatlar yuzasidan munosabatingizni bildirsangiz... Sudgacha hech qanday voqea bolmagan. Qanday xohlasangiz, shunday yozing! degan asabiylik bilan Sanjar Ochilov.Aytish orinliki, jurnalist qanday xohlasa, shunday yozishdan yiroq turadi: jurnalist tomonlar fikriga va ular tomonidan keltirilgan manbalarga, shuningdek, sud hukmiga tayanadi.Buxoro viloyat IIB boshligi nomiga yozilgan ariza yuzasidan olib borilgan tadbirda ishtirok etgan viloyat IIBning yana bir tezkor vakili Sobir Saidjonov (ism-sharifi ozgartirilgan) quyidagilarni malum qildi: Ariza yuzasidan biz tomondan olib borilgan faoliyat qanchalik qonuniy yoki qonuniy emasligiga prokuratura organi va sud baho beradi. Bu boradagi tekshiruv ishlari tegishli tartibda amalga oshirilgan. Holat boyicha aniqlangan hujjatlarni sudga taqdim etganmiz. Jinoyat ishi qozgatilgan. Tergov bolgan. Sud otkazilib, hukm chiqarilgan. Agar biz noqonuniy xatti-harakat olib borganimizda, bu sud tomonidan qonunga xilof, deb topilgan bolardi. Jinoyat Protsessual Kodeksining 46-moddasida ayblanuvchining huquq va majburiyatlari korsatilgan. Aytish orinliki, har bir ayblanuvchi ozini oqlashga, turli bahona yoki vajlar korsatishga harakat qiladi. U aldashi, notogri korsatma berishi yoki umuman korsatma bermasligi ham mumkin. Shunga kora, ayblanuvchi aybiga iqror bolishi shart emas. Fuqaro Madina Gafurovaning ham korsatmalari esa ozini oqlash uchun qilinayotgan vajlar, xolos. Unga nisbatan Jinoyat ishlari boyicha Vobkent tuman sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari yuzasida hukm chiqarilgan.Jinoyat ishlari boyicha Vobkent tuman raisi Mahmud Oripov: Madina Gafurovaning jinoyat ishini haqiqatan men korganman. Jabrlanuvchi Ozbekiston Respublikasidan chiqib ketganligi tasdiqlanib, undan korsatma olish imkoni bolmadi. Taraflarning fikrlari inobatga olinib, jinoyat ishi belgilangan tartibda va belgilangan muddatda korib chiqib, qonuniy hal qilindi. Yani Madina Gafurovaning muqaddam sudlanmagani, jinoyatdagi ishtiroki darajasi inobatga olinib, JKning 57-moddasiga asosan 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan edi. Sudlanuvchida apellyatsiya shikoyati berish huquqi bor. Ayni paytda viloyat prokurori protsessiga yengil jazo sorab qilgan murojaati Jinoyat ishlari boyicha Buxoro viloyat sudiga korib chiqib, qonuniy qonuniy hal qilish uchun yuborilgan, dedi.Sud sudlanuvchi Madina Gafurovaga nisbatan jazo tayinlash masalasini muhokama qilganda, uning shaxsini, oilaviy sharoitini, qaramogida 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini hamda ayni paytda homilador ekanligi, aybiga qisman iqrorligini, shuningdek, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar, deb baholagan. U Ozbekiston Jinoyat Kodeksining 135-modda 2-qismining ye bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan JKning 57-moddasi qollanilgan. Jinoyat ishi boyicha himoyam ostidagi Madina Gafurovaning aybini tasdiqlovchi biror-bir dalil mavjud emas. Biroq tergov organi uning aybi guvohlarning korsatmalari, viza, avia chipta hamda Madina Gafurova va Shahlo Xolmurodovalar ortasidagi telefonga yozib olingan ovozlar stenogrammasi bilan tasdiqlanishiga havola qilgan. Biroq stenogramma bayonnomasida 1-shaxs va 2-shaxs ortasidagi yozuvlarda faqatgina Shahlo Xolmurodovaning suhbati qoldirilgan. Madina Gafurovaning uning gaplariga qay tarzda javob berganligi haqidagi yozuvlar mavjud emas. Madina Gafurovaning ushbu holat yuzasidan stenogrammani tuzgan mutaxassisni soroq qilinishi taklifiga sud tomonidan oydinlik kiritilmagan. Bundan tashqari, ilgari bir necha marotaba odam savdosi, chegarani qonunga xilof ravishda kesib otish, firibgarlik jinoyatlari bilan bir necha bor sudlangan va javobgarlikka tortilgan Rano Jumayeva ayni jinoyat ishini tergov qilish jarayonida shubhali ravishda goyib bolgan. Tergov harakatini otkazish chogida unga zarurat tugilgan bolsa-da, tergov organi zarur tergov harakatini otkazmasdan jinoyat ishini sudga yuborgan. Xuddi shunday holat ariza muallifi Shahlo Xolmurodova bilan ham kuzatilgan. U ariza yozgach, tergov organiga yuzlashtirish, tergov harakatlarini otkazish lozim bolsa-da, shubhali tarzda goyib bolgan. Bu oz-ozidan ayollarning mansabdor shaxslar, yani IIB ayrim tezkor xodimlari bilan til biriktirib, oldindan oylangan va sahnalashtirilganini korsatadi. Shahlo Xolmurodova ilgari ham shaxsga nisbatan tuhmat qilish, jinoyat haqida yolgon xabar berish kabi jinoyatlarni sodir etgan, dedi advokat Rustam Sadullayev.Birinchi bosqich sudi tomonidan Madina Gafurova jinoiy harakatlari Ozbekiston Respublikasi JKning 135-modda 2-qismining ye bandi bilan kvalifikatsiya qilingan. Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida korish amaliyoti togrisidagi qarorining 25-bandida apellyatsiya instansiyasi sudi JK 70-72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bolganda mahkumni jazodan ozod qilishga haqliligi tushuntirilgan.Sudlanuvchi Madina Gafurova oz huquqlaridan foydalangan holda hukmdan norozi bolib, Jinoyat ishlari boyicha Buxoro viloyat sudiga 2019-yilning 3-aprel kuni apellyatsiya tartibida kiritgan shikoyat arizasi odilona qanoatlantirilgan.2019-yilning 2-may kuni Jinoyat ishlari boyicha Buxoro viloyat sudi binosida kassatsiya instansiyasining ochiq sud majlisi bolib otgan. Viloyat kassatsiya instansiyasi ajrimiga kora, Madina Gafurovaga nisbatan jinoyat ishlari boyicha Vobkent tuman sudining 2019-yil 5-fevraldgi chiqargan hukmi ozgarishsiz qoldirilgan. Biroq Ozbekiston JKning 70-moddasiga asosan sud hukmiga kora, tayinlangan ozodlikni cheklash jazosidan ozod etilgan. Yaqinlarim, qavmu-qarindoshlarim, qoni-qoshnilarim oldida men uchun bu yukni kotarib yurishning ozi judayam ogir boldi. Bugungi odil sudlov davlatga, jamiyatga bolgan ishonchimni yana bir karra oshirdi, dedi Madina Gafurova.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0