Behzod Hoshimov iqtisodiy islohotlar haqida: Niyat bilan natija orasida katta farq bor (audiosuhbat)

Daryo xodimi Eldar Asanov AQSh poytaxti Vashingtonda ozbekistonlik yosh iqtisodiyotchi va bloger, Telegramdagi Iqtisodchi kundaligi kanali asoschisi Behzod Hoshimov bilan suhbat qurdi. Quyida intervyuning asosiy qismlari bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, intervyuning audio formatdagi toliq variantini eshitishingiz mumkin.- Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? Vashingtonga yaxshi yetib kelib oldingingizmi?- Assalomu alaykum. Yaxshi yetib keldim, rahmat. Foto: Behzod Hoshimovning shaxsiy arxiviSpring Meeting haqida- Bilamizki, ozingiz Viskonsinda yashaysiz. Vashingtonga esa Jahon banki tomonidan otkazilayotgan Spring Meeting tadbirida qatnashish uchun keldingiz. Lekin hamma ham bu tadbir haqida xabardor emas, uning nima ekanligini yaxshi bilmasligi mumkin. Oquvchilarimizga shu haqda ozgina tasavvur bersangiz. Bu qanday tadbir? Unda Ozbekiston vakillari ham ishtirok etdi Jamshid Qochqorov bilan suratga tushibsizlar. Uning Ozbekiston uchun qanday ahamiyati bor?- Ozbekiston uchun qanaqa ahamiyati borligi haqida gapirishim qiyinku, lekin tadbir haqida aytib berishim mumkin. Tadbir har yili boladi. Birinchi marta otgan yili kelgandim. Tadbirga asosan juda kop mamlakatlarning moliya vazirlari va xususan G20 moliya vazirlari keladi, Markaziy banklar boshliqlari keladi. Ular soat tekshirish maqsadida uchrashib, gaplashadi. Shuningdek, ularning muhim bir majlisi ham boladi. Undan tashqari, juda kop seminarlar, panel sessiyalari, har xil mavzudagi tadbirlar otkaziladi. Iqtisodiyotchilardan tashqari, mashhur insonlar ham kelib turadi yozuvchilar, siyosatshunoslar, iqtisodiy jurnalistlar.Bu juda texnokratik yigilish desa boladi. Siyosatchilar juda kam, koproq texnokratlar. Ular bazan omma uchun maruzalar otkazadi, hamkasblari bilan uchrashadi. Xullas, yaxshi bir anana.- Tushunishim boyicha, tadbir doirasida katta ozgarishlar bolmaydi, asosan uchrashuvlar otkaziladigan, yil yakunlari gaplashiladigan tadbir- Shunday. Otgan yil eslanadi. Iqtisodiyot oldida xatarlar bordir balki, ular muhokama qilinadi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgarmasi dunyo iqtisodiyotining rivojlanishiga juda katta hissa qoshishga harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy hayotda tahdidlar bormi, siyosatda turbulentlik bormi, shular organadi. Masalan, hozir siyosat sahniga populistlar kelgan va Jahon bankiga bosim kuchayib ketgan. Turkiya deysizmi, Argentina deysizmi, juda kop mamlakatlarda aynan iqtisodiyot nuqtai nazaridan katta bosim bor. Texnokratlar shu muhitda siyosatchilar bilan qanday til topishish masalalarini muhokama qiladi.Yollarning yopilishi va byurokratiya haqida- Spring Meeting tufayli Vashington Downtownda, yani shahar markazida kattagina hudud yopib qoyildi. Bu malum noqulayliklar tugdirdi. Xususan, mening universitetim shu atrofda bolgani bois unga borish uchun aylanma yollardan yuradigan boldim. Mavzuni Ozbekistonda ham, AQShda ham koradigan narsalarimizga burmoqchiman. Toshkentda yollar yopilsa, bundan norozi bolamiz, lekin yol yopilishi Vashington uchun oddiy holat. Bunaqa noqulayliklar faqat bizlarga xos emas ekan deb oylab qoldim. Bundan qanday xulosa qilsak boladi? Yollar hamma davlat uchun odatiymi yoki gap boshqa yoqdami?- Aslida ular faqat ozlariga tegishli hududni olgan. kochalarni yopish masalasida AQShni eng demokratik mamlakatlardan biri deb bilaman. Rossiyaga qiyoslaydigan bolsak, yaqinda Moskvada Gaydar forumi boldi, bosh vazir hamda Finlyandiya parlamenti raisi keldi. Agar u yerda yollarni qanday yopib tashlashganini korganingizda edi, farqni sezgan bolardingiz.- AQShga kelganimga ancha boldi. Ikki narsaga etibor qaratdim. Birinchidan, byurokratiya hajmi juda katta. Biz ozimizda, Ozbekistonda qogozbozlikdan noliymiz, lekin, tushunishim boyicha, hamma joyda ham qogozbozlik yetarli, gap faqat uning samaradorligida, shunday emasmi?- Dunyoda hamma narsa yollarni yopib tashlash va byurokratiya bilan olchanmaydi. Qogozbozlikning ham turi bor, shu bois har bir vaziyatga alohida yondashish kerak. Aytaylik, OVIRdagi qogozbozlik bu bemani qogozbozlik. Eksport qilish boyicha qogozlar Belarusda tort soatda yigilarkan, Polshada nol soatda yigilarkan, Ozbekistonda 174 soatda yigilarkan.AQShda esa qogozbozlikning kop qismi, masalan, soliq bilan bogliq yoki legal qonunchilik atrofida kop, lekin oddiy narsalarda: pasport olish, haydovchilik guvohnomasi olish kabilar juda ham oson.- Demak, byurokratiya orinli yo orinsiz, samarali yo samarasiz bolishi mumkin?- Shunday. Ammo bu yerda ham hamma narsa ideal demoqchi emasman. Idealga yaqinroq. AQShdaqa boy mamlakatni boshqara olayotgan byurokratiya diqqatga sazovor. Qanchalik yaxshi institutlar qurishganini tasavvur qilish qiyin. Masalan, AQShda odam nolegal faoliyat olib borishi mumkin. Masalan, ozbek turistik viza bilan keldi. Keyin qolib ketdi va ishlay boshladi. Ammo shu odam har yili soliq tolaydi. Har yili soliq qomitasiga xat yozib, necha pul ishlaganini aytadi. Qomita bu odam nolegal ishlashini biladi, lekin migratsion idoraga bu axborotni tarqatmaydi. Faqat sonini aytadi. Bizda, masalan, 15 million soliq tolovchi nolegal bor, degan shaklda malumot yetkazadi.- Nega bunday?- Chunki bu uning qonuniy vakolatida emas.Ozbekistonning iqtisodiy kelajagi hamda niyat va natija nomutanosibligi haqida- Xabaringiz bor, muhokama qilib, chaynab yuborilgan mavzu. Islohotlar bolyapti. Bunga munosabat bildirib bolgansiz, shunga qaramay, mavzuga kirishib olish uchun shu savoldan boshlashim kerak. Iqtisodiy islohotlar ketyapti. Hamma tahlilchilar har xil fikrda. Kimdir ijobiy munosabatda, kimdir buni kozboyamachilik deydi. Sizning munosabatingiz qanday?- Niyat bilan natija orasida katta farq bor. Niyat haqida gapira olaman. Niyat xolis. Rostdan ham islohot qilishmoqchi. Endi natija haqida gaplashaylik. Bu haqda shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotdagi islohotlar juda kam sohalarda bolyapti, siz oylaganchalik keng emas. Kop narsada orqaga qaytish ham bolyapti. Shunga qaramay, menimcha, bu masalada siyosiy iroda bor. Bu ham yaxshi. Shu nuqtada haqiqiy ozgarishlar bolyapti deb oylayman.Deylik, men maqola yozishim, oz fikrimni ayta olishim mumkin. Faloncha qonun yaxshi emas deb ayta olishim ham, menimcha, islohotlardan darak. Hozir oz maqolalarimni aynan erkinlik borligi uchun yozyapman. Shaxsiy senzuradan boshqa senzura yoq. Shuning ozi bitta katta islohot.- Bu tushunarli. Lekin iqtisodiy sohadachi? Ozgarishlarga qanaqa baho berasiz?- Iqtisodiyot vakuumda turgan bir narsa emas. Bu uyni tamirlaganday gap. Quvurlarni almashtirmay tamirlash tamir emas. Hamma narsani ozgartirish kerak. Shundan kelib chiqib, mana bunaqa xulosa berishim mumkin. Iqtisodiyotni isloh qilishmoqchimi? Qilishmoqchi. Yaxshi qilishyaptimi? Aytish qiyin. Aniq umumiy fikr bildirishdan qorqaman. Konkret sohalarni alohida korib chiqish mumkin xolos.Soliq islohoti haqida- Shunday qilaylik mayli. Soliq islohotiga otsak. Yakuniy loyiha yoq, lekin takliflar bor. Shularga nima deysiz?- Matematiklar doim lokal va global yechim bor deb gapiradi. Lokal yechimda loyihaning mana bu yeri dabdala deb aytishim mumkin, lekin bu masalani hal qilmaydi. Masalaga fundamental ravishda yondashsak. Bizda soliq qonunchiligi bilan qonun chiqaruvchi idora, yani Oliy Majlis shugullanishi kerak. Konstitutsiyada aniq-ravshan bu narsa belgilangan. Bizda soliq amaliyoti bilan shugullanadigan idora, yani soliq qomitasi bu ish bilan shugullanyapti. Oldingi soliq kodeksimiz ham yomon edi, buni hamma tan oladi. Bu millatni umumiy maxrajga olib keladigan masalalardan biri hamma shunday fikrda. Lekin keyingisi qanaqa bolishi borasida hamma har xil fikr aytyapti.Nima uchun oldingi kodeks masalasida hamma bir fikrga keldi, bilasizmi? Chunki bu kodeksning yozilishi xalq manfaati yoki iqtisodiy osish nuqtai nazaridan yoki spetsifik guruhlar manfaati nuqtai nazaridan olib borilmadi, oddiygina byurokratiyadan kelib chiqdi. Soliq qomitasi kodeksni oz ishini osonlashtirish uchun ozgartira oldi.AQShda soliq masalasi juda ogir, lekin bir yaxshi tarafi bor: Kongress soliq qonunchiligini yozadi, soliq qomitasi va moliya vazirligi esa bu qonunlarga amal qilishi kerak. Ular qonun yozadigan organ bolishi kerak emas.Tasavvur qiling, politsiyachilar jinoyat kodeksini yozsa. Galatiku. Sudsiz qamab qoyaman deb yozadida, chunki ular ham xohlagan narsasini qilgisi keladi, oz ishini osonlashtirgisi keladi. Ular ham odam, kamroq ish qilgisi keladi. Shuning uchun bizning organlar ham tushumdan soliq sanagan, foydadan emas va h.k. Xullas, ular oz ishini yengillashtiraman deb iqtisodiyotga juda katta zarar keltirdi.Boshida kodeks yaxshi yozilgan bolishi mumkin. Keyin egovlangan. Xosh, soliq yaxshi terilmayapti, bu yerini ozgartiramiz, deydi. Nariga tomonidan suv oqib ketganidan song yamash boshlanadi. Bizning soliq kodeksimiz qonun emas, yamalgan teshik togorani eslatadi. buyogini bekitsa, buyogidan soliqdan qochishadi, va shu tarzda egovlash davom etadi.Sud tizimi haqida- Ikkinchi masala sud tizimi. Kop aytganman bu misolni, yetti yuz sakson beshinchi marta aytyapman. Bitta ortogimning qahvaxonasi bor. Soat 12:00 da ochilishi kerak. 11:45 da soliq idorasi vakili kelib, qahva soradi va dostim chek bermadi, chunki chek 12:00 da ochilishi kerak. Va qahvaxona egasi jarimaga solinadi.Normal mamlakatlarda, masalan, Amerikada soliq tolamagan odamni tutish uchun qomita rosa kop ishlashi kerak. Chunki sudda ular yutqizib qoyishi mumkin. Deylik, soliq vakili menga chek bermadi deydi, teskari tomon oldinroq kelgani uchun bermadim deydi. Va soliq vakili oz fikrini isbotlab berishi juda mushkul masala. Shuning uchun ham soliqchilar AQShda kichkina bizneslarga odatda teginmaydi. Negaki ular bilan sudlashishga, tortishishga ketadigan vaqt va xarajat olinadigan soliq miqdori bilan qoplanmaydi. Ular faqat katta soliq qallobliklariga urgu beradi va bu holda ular juda yaxshi ishlaydi.- Men ham fikrimni qistirib otsam. Normal davlat dedingiz yuqorida. Menimcha, bizning ulardan farqimiz davlat idoralari xalqdan ustunroq his etadi ozini. Har qanday holatda xulosa yoki sud hukmi davlat foydasiga bolishiga ishonadi. Va xalq ham buni bilib, davlat vakillaridan biroz xavfsiraydi.- Aslida xalqning ustunroq bolishini ham mutlaqo yaxshi deb oylamayman. Iqtisodiyotchilar aytadiki, iqtisodiy rivojlanish mamlakatdagi formal va noformal institutlar munosabatidan kelib chiqadi. Misol keltiradigan bolsam. Masalan, mamlakatdagi hamma tepakallarni soliqqa tortamiz deb, bitta ham tepakal bolmagan fuqaroni soliqqa tortmasa, bu normal holat. Istisnolar qilish, qonunlardan chetlashish esa muammo.Lekin hamma narsaning oxirgi negizi baribir sud tizimi. Normal mamlakatlarda davlat ustun chiqadimi, xalq ustun chiqadimi, buni hal qiladigan instansiya qozi, mahkama, sud. Adliya vazirligi yutish qiyin bolgan yoki kichik mablag ustida bahs bolayotgan vaziyatlarda odatda sudga bermaydi, chunki bu juda katta resurslarni olib qoyadi. Resurslarni esa Kongress beradi. Agar sudlarda kop yutqizsa, Kongress oldida hisobot bera olmay qoladi va oziga muammoni kopaytiradi. Shuning uchun kochada noqonuniy buterbrod sotib otirsam, menga hech kim hech narsa demaydi, chunki shu armigan masala ustida men bilan sudlashguncha tinkasi qurib ketadi.- Fikringizni tushundim. Demak, xalq ustun bolishi ham unchalik togrimas va balki shart emasdir. Lekin bir masalada oz fikrimda qolaman: bizda davlat idoralari xalqqa bemalol bosim otkaza oladi, har qachon oz sozini otkaza va haqqini ola oladi, va bazan hatto haqligingda ham ozingni himoya qila olmaysan.- Bu aslida Ozbekistonda sud yoq deganga yaqinroq gap. Yaqinda oqib qoldim, bizda sud qarorlarining 30 foiziga amal qilinmas ekan. 30! Bu juda katta raqam. AQShda sud qarori amalga kirmaydi degan gap bolishi mumkin emas, chunki undan yuqoriroq turadigan instansiyaning ozi yoq. Vazirlarning qarorlarini qabul qilmasliklari mumkin, lekin sud hukmi doimo amal qiladi. Shu bois sudning orni juda muhim.Xulosa qiladigan bolsam, bizda ham Oliy Majlis soliq qonunchilgi bilan shugullanishi kerak, sud ham yetarlicha kuchga ega bolishi muhim.Singapur mojizasi va unda Li Kuan Yu tutgan (yoki tutmagan) orin haqida- Normal davlatlar haqidagi mavzuni davom ettiraylik. Iqtisodiy osishga erishgan, malum darajada rivojlangan davlatlarni nazarda tutyapmiz, shundaymi? Oshalardan Singapurni kop tilga olishadi bizda. Negadir bizda Singapur, Janubiy Koreyani juda yaxshi koradi. Tushunishim boyicha, bu davlatlarda siyosiy erkinliklar bermay turib iqtisodiy rivojlanishga erishilgan, undan keyin siyosiy erkinliklar berilgan. Ularning yolini negadir bizda ijtimoy tarmoqlar faollari ham, bazi bir ekspertlar ham yaxshi koradi, sharqona demokratiya, bizga mos keladigan yol deb.Lekin, mening nazarimda, bu Sharqqa xos emas, umuman spetsifikadan, zamondan kelib chiqqan narsa. U yol Ozbekiston uchun togri kelmasligi ham mumkin.- Singapur tarixini Ozbekistonda yaxshi bilishmaydi. Bilaman deb oylaydigan odamlar ham yaxshi bilmaydi. Bunda Singapur aybdor deb oylayman. Deylik, hozir biz ikkimiz Singapur iqtisodiy rivojlanish agentligiga boraylik. Borsak, bizga tur qilib berishadi. Va aytadiki, mana bizda Li Kuan Yu ismli bir bosh vazir bolgan, u juda aqlli odam bolgan, mana bunaqa zavod qurgan, boshqa ishlar qilgan, deb bir ertak aytib beradi. Port qurdik, Jurong degan joyda texnopark qurdik va rivojlanib ketdik deydi.Men xuddi shu tarixning teskarisini aytib berishim mumkin. Singapurda davlat ichki xarajatlarini 20 foizdan oshirmagan. Ozbekistonda bu korsatkich 33 foizga teng. Singapurda haliyam 18.Singapurning yana bir ertagi bor: Biz talimga pul tikamiz, tibbiyotga pul tikamiz. Singapur budjetiga qarasangiz, oxirgi 53 yilda biror marta armiyadan kora kattaroq xarajat bandi bolmagan. Talimga armiyadan kam ishlatishadi, tibbiyotga undan kam ishlatishadi. Singapurda pensiya tizimi yoq edi, hozir paydo boldi. Bu ham bolsa odam ozi yigib yurgan pullarni toplab, qaytarish tizimi.Li Kuan Yu qilgan ish mana shu boldi. U iqtisodiyotchilar bergan retseptlarni tatbiq qildi va mojiza bolib qoldi. Bosh vazirman deb tasavvur qilib koring. Shunchaki hamma yerdan davlatni chiqarib tashladim, kutdim, rivojlanib ketdi, degan narrativ sizga yoqmaydi. Oz orningizni oshirib korsatishga harakat qilasiz. Ratsionallashtirishga harakat qilasiz.- Oz orningni korsatishga harakat qilasan yani.- Ha. Li Kuan Yu ham kitobida aytilgan narsani qildim va bir narsa bolib ketdi deb ayta olmaydiku. 580 betlik katta kitob. Albatta ozining donoligini va oldindan kora bilishini aytadi. Juda kop ishlaganini aytadi. Jurong texnoparki 15 yil boshab yotganini aytib bermaydiku sizga. Portdagi muammolarni aytmaydi. Yaxshi taraflarini aytib beradi. Janubiy Koreyada ham general Pak haqida juda notogri narrativlar bor. U yerda ham iqtisodiy osish liberallashishdan keyin boshlangan.- Taxminlarimda malum asos bor ekan. Men ham Singapur tarixini bilmayman, lekin negadir uning rivojlanishida tasodiflarga kop narsa bogliq va Li Kuan Yu obrazida ham propaganda elementlari koproq deb oylardim. Qizigi, deyarli barcha, hatto progressiv fikrlovchilar ham Li Kuan Yuning bu obrazini shubha ostiga olmaydi.- Singapurning talim tizimi yaxshiligini tan olish kerak. Singapurda oqiganman va malum muddat ishlaganman ham. Matematika fakultetida oqib yurganimda talim vazirligi barcha bitiruvchilarga xat yozgan. Oqituvchi bolishni taklif qilgan. Taklif juda zor edi. Unga kora, bir yil pedagogika institutida oqiyman, lekin shu davr ichida ham oylik olaman. 3700 dollar, Singapur dollarida. Ozimizning dollarda 3500 dollar. Bir latifa borku. Bir kishi aytadi: AQShni yaxshi koraman, chunki ozimizning dollarni oladi (kuladi).Xullas, Singapurning talim tizimi yaxshi, lekin bu talim ularni boy qildi degani emas. Boy odam kop kitob oqiydi, lekin kitob tufayli boy bolmagan. Boy odam soglom, lekin sogliq tufayli boy bolgan emas. Analogiyani davom ettirsa boladi. Shuning uchun ham Singapur yoki Janubiy Koreyaning muvaffaqiyatlariga ehtiyot bolib yondashishi kerak. Ular qilgan ishni qilsam menam boyib ketaman deyish notogri boladi.Eng kulgilisi, bittasi yozgandi: Har bir Li Kuan Yuga onta Mugabe togri keladi. Nechta nodemokratik davlat bor? Mingta. Nechtasi rivojlangan? Bittasi.- Har bir rahbar ham ozini juda muhim va buyuk deb oylashi mumkin, aslida esa uning muvaffaqiyatlari shunchaki sharoit taqozosi bolishi mumkin. Bazan esa xalaqit bermaganining ozi katta yordam bolishi mumkin.- Aynan. Li Kuan Yu port ham qurgan, texnopark ham qurgan, lekin hamma jinniliklarini ana shu 20 foiz ichida qilgan. Agar u 60 foizga kotarib yuborsa edi, Maduro bolardi, Singapur Venesuela bolib qolardi. Ularning bitta farqi shu.Tan olish kerak, Singapurning ozida ham ozlari vaziyatni yaxshi tushunadi, ayniqsa iqtisodiyotchilari va ekspertlari. Li Kuan Yuning roliga real baho berishadi va ideallashtirib yuborishmaydi.- Unda uni kim ideallashtiradi?- Avtoritar davlatlarda, rivojlanmagan davlatlarda yashaydigan odamlar Singapur haqida eshitadi, Li Kuan Yuning kitobini oqiydida, ilhomlanadi va umidini unga boglab qoyadi. Shunday qilsak biz ham boyib ketamiz deb oylay boshlaydi.Bir soz bilan aytganda, avtoritar davlatlarda Singapur haqidagi fikr Singapurning ozidagi fikrdan farqli.Liberalizm mojizasi va iqtisodiy farovonlik haqida- Tushundikki, Singapur yoli, Janubiy Koreya yoli deb ozimizni aldab yurgan ekanmiz. Endi oz yolimiz qanaqa bolishi kerak degan savol tugiladida. Albatta, bu juda mujmal savol. Aniq yolning ozi yoq chunki. Bozorga bogliq hamma narsa.Iqtisodiyotchi emasmanu, oddiy mantiq aytib turidbi. Men noprofessional sifatida bu jarayonni quyidagicha tushunaman: biz barcha eshiklarni ochib yuborishimiz mumkin, lekin iqtisodiy rivojlanishga buning ozi kamlik qilishi mumkin. Chunki bozor egallab bolingan, u yerda yangi oyinchi oz ornini topishi, raqobatda golib chiqishi juda murakkab masala. Bu kop mehnat talab qiladi.- Ornimizni topishimiz aniq.- Aniqmi? Aynan Ozbekiston?- Ixtiyoriy mamlakat. Buning sehri mana shunda. Bu mening bashoratim emas. 300 yil oldingi argument bor. Nisbiy afzalliklar deyiladi.Tasavvur qiling, boshqa mamlakatlar hamma narsani tovar va xizmatlarni bizdan arzonroqqa chiqara oladi. Bizda qimmat. Nima qilishingizdan qatiy nazar qimmat. Shunaqa vaziyatda Ozbekiston raqobatbardosh bola oladimi degan savol berishingiz mumkin.- Aynan shu savol meni qiynaydi.- Mana sizga javob. Ular bizdan yaxshi, lekin hamma narsada teng yaxshi emas. Masalan, Amerikada Boeing chiqarish Ozbekistongda Boeing chiqarishdan kora ming barobar arzon. Lekin Amerikada pomidor yetishtirish Ozbekistonda pomidor ostirishdan kora on foiz arzon. Ular asosiy kuchni Boeing ishlab chiqarishga tashlab, pomidorni on foiz qimmatroqqa sizdan sotib olsa, koproq foyda koradi.Deylik, siz mashinani haydovchingizdan yaxshiroq haydaysiz. Tezroq, chiroyliroq, arzonroq, benzinni tejab hayday olasiz.- Aslida unday emasku, mayli deylik.- Lekin ayni paytda vazirsiz. Vazirlikni haydovchingizga nisbatan ming barobar yaxshiroq bajarasiz. Shunda siz vazirlikka koproq etibor berishingiz kerak, haydovchini esa sotib olishingiz kerak.Ozi insoniyatga bir-biriga bogliqlikdan boylik keladi. Mustaqillik qashshoqlik garovi. Hararining kitobini (isroillik tarixchi Yuval Hararining Sapiens. Insoniyatning qisqa tarixi kitobi nazarda tutilmoqda E.A.) oqisangiz, u yerda aytiladiki, insonlar juda katta miqyosda kooperatsiya qila oladi.Atrofga qarang. Inson bir ozi hech narsa qila olmaydi. Men ozim lampochka yasay olmayman. Lekin lampochka sotib ololaman. Nega? Chunki iqtisodiyot haqida maqola yozaman. Bu yozganim ovqatimni, samolyotimni va boshqa narsalarimni taminlab beradi. Siz ham egningizdagi koylakni tika olmaysiz. Lekin kimdir sizdan yaxshiroq tikadi, siz esa sotib olish layoqatiga egasiz. Shu tariqa hayotimiz borgan sari boshqalarning hayotiga boglanib ketaveradi.- Bu ijtimoiylashuv deyiladi.- Buni bilmayman. Bogliqlik haqida gapirmoqchiman. Kim boy? Kop odamlar kimga xizmat qilsa, osha boy. kambagal hamma ishni ozi qiladi: otinni ham ozi yoradi, suvni ham ozi qazib chiqaradi. Eng boy odamlar otin yorish uyoqda tursin, tuxum qovurishni bilmasligi mumkin. Lekin boy.Etirozlar aytiladi. U Robinzonga kabi orolga tushib qolsa olib qoladi qabilidagi. Ha, olib qoladi. Lekin biz Robinzon nuqtai nazaridan yashashimiz kerak emas. Oldin bugdoy mustaqilligi degan gap bolardi. Manoga ega emas narsa bu. Kambagallikdan yomonroq mustaqilsizlik yoq. Boy odam har doim tuxum qovurib bera oladigan odam topa oladi. Kambagal odam qanchalik uquvli bolsa ham, samolyot yasay olmaydi.Buni tushunishimiz kerak. Va qancha tez boshlasak, shuncha yaxshi. Xitoy oldin paypoq tikardi. Hozir iPhone chiqaryapti, samolyot chiqaryapti.- Lekin aslida Xitoy ham kechikdi, faqatgina Den Syaopin davrida boshladi.- Shunday. Lekin Den Syaopingacha Xitoy AQShdan 50 barobar kambagal edi. Oshanda u Amerika bizdan boy, boldi, toxtadik demadi, dunyoga ochildi. Den Syaopindan oldin Amerikada ham paypoq tikilardi. Lekin amerikalik paypoq ishlab chiqaruvchilar aytdiki, Xitoydan ishchi olaylik, oyiga, masalan, 15 dollar haq olarkan. Va Xitoyga ishlab chiqarishni kochirishdi. Undan keyin boshqa sohalarda ham shunady vaziyat kuzatildi.Keyin paypoq tikish Vyetnamga otib ketdi. Hozir endi Kambodjada tikilaypti. Balki Ozbekistonda ham tikilishi kerakdir. Yopilib turib, qachondir mojiza bolib ketishini kutish suzishni organ, keyin hovuzni suvga toldirib beraman deyish bilan barobar.Propiska haqida- Iqtisodiy muammolarda siz korsatgan asosiy sabablar parlament va sudning yaxshi ishlamasligi. Togri tushundimmi sizni?- Togri tushundingiz.- Demak gap iqtisodiyot yo moliya vazirligida emas, parlament va sudda. Ular birinchi orinda shu ishlarga javob berish kerak. Shundan kelib chiqsak, iqtisodiy qarorlarni parlament qabul qilishi kerak. Lekin bu borada biror nazariyot ham bordir. Suhbat davomida aytdingiz, davlat bir paytning ozida hamma narsani rivojlantira olmaydi. Balki qishloqlarni ham shahrga oxshatib rivojlantiramiz demay, mablagni bitta shaharni rivojlantirishga qaratsa, osish yaxshiroq bolar?- Odamlar va mablaglarni bitta maxrajga keltirishimiz kerakda. Men ilgari ham aytganman, bizdagi eng xunuk narsa Toshkent propiskasi. Nafaqat qonuniy tomondan. Iqtisodiy tarafdan ham juda kop asoratlari bor. Odamlarni iqtisodiy imkoniyatlardan chetlashtiryapmiz. Urbanizatsiya shuni korsatadiki, shaharlarda insonlarga davlat xizmatlarini korsatish arzonroq. Yongin kelib chiqqan vaziyatda 15 kilometr yurishdan 500 metr yurish arzonroq. Energetika vazirligi quvur tortib boraman desa, unga ham aholi bir yerda zich yashagani arzonroq tushadi. Bir qishloqqa 30 kilometr quvur tortib, 15 ta oilani gaz bilan taminlaydi. Toshkentda esa 1 metr quvur tortib, 5 mingta oilani gaz bilan taminlash mumkin. Shunday ekan, odamlar koproq Toshkentda yashashi davlatga ham arzonroqqa tushadi.Qishloqda maktab qurish qimmat, shaharda kishi boshiga arzon tushadi. Katta zavodlar kichik zavodlardan samaraliroq. Misollarni cheksiz keltirish mumkin.- Xizmat firmalariga ham bu foyda boladi. Kamroq yurib, koproq mijozga xizmat korsatish manosida.- Toppa-togri. Shaharlar bu mojiza, biz bu mojizadan foydalanmayapmiz. Bunaqa urbanlashmagan, shahar rivojlanishi qiyin.Hozir Toshkentda propiska ochib yuborilsa, hamma kochib kelib oladi degan tasavvur bor. Lekin hamma kelmaydi. Koplarda Toshkentga kochishga mablag yoq. Rossiyada propiska yoq. Lekin chekkalarda yashaydigan rossiyaliklarning 30 foizida yirik shaharlarga kochishga mablag yoq.- Koplar kochib kelgan taqdirda ham, buning yomon tomonini kormayapman.- Shunday, aslida osish boladi. Hamma boyiydi.Haqiqatni tan olish haqida- Bundan tashqari, biz kabi kichikroq davlatlarning osishi oson. AQShning osishi qiyin. Singapurda men yashagan paytlarim 0,1 foiz edi.Yana misol keltiraman. AQSh 2 foiz osadi. YaIMga hisoblasak, 50 ming dollarning 2 foizi ming dollar. Ozbekiston 5 foizga osyapti, lekin unda YaIM 1500 dollar pul. Yani yiliga 7,5 dollarga osish bor. Bular yiliga ming dollarga osyapti, biz 7,5 dollarga. Yani pastdan boshlaganimiz ham muammo emas. Osishimiz nechchidir barobar bolishi kerak. Bizning bolalarimiz yetib olar balki. Biz yetmaymiz, boldi, nuqta qoyilishi kerak bu poygaga. Ozbekiston boy mamlakat emas degan narsani tan olishimiz kerak.Qozogistonga qiyoslab, ularda neft bor, qarzi katta deymiz. Ammo siz kimdandir olti barobar kambagal bolsangiz-u, u odam lotereya yutgan bolsa, bu osha odamning boyligini soxta qilib qoymaydi. Qarz masalasi ham shunday. Qarz kimda kop boladi? Boy odamda kop boladi. Tanishlaringizni eslang, kimda eng katta qarz?- Men shaxsan bilgan eng boy odam eng katta kreditni olgan, togri.- Va bu normal holat. Qarz ola bilish boylik dalolatidir. Eng kam qarz BOMJdan boladi. Chunki unga hech kim qarz bermaydi. Oddiy dokon yoki kichkina oshxona egasidan sorang, millionlab qarzi bor.- Fikrlaringizga toliq qoshilaman. Hamma sohada, jumladan, iqtisodiyotda ham tan olishimiz kerak. Kambagal davlatligimizni va osonlikcha buyuk boib keta olmasligimizni. Bularni tan olsak, xatolar tan olinganidan keyin rivojlanish boshlansa kerak, menimcha.- Menimcha ham shunday.- Vaqt ajratganingiz uchun rahmat deyman. Umid qilamanki, hali yana suhbatlar quramiz.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0